baholash uslubi intuitiv va analitik uslubni o’z ichiga oladi. Intuitiv uslublarga
ekspertlami
jalb qilishga, amalda bashorat qilish obyektini rivojlantirish
jarayonlarini aniqlash hamda shaxsiy eruditsiya va tuyg’u vositasida kelgusidagi
o’zgarishni baliolashga asoslangan uslublar kiradi. Analitik uslublarga bashorat
qilish obyektini tadqiq qilish jarayoni modelini
mantiqan tahlil qilishga
asoslangan usullari kiradi.
Bozor kon’yunkturasini bashorat qilishda ekspert baholash uslublari,
ayniqsa, intuitiv uslublar keng qo’llaniladi.
3. Ekstropolyatsiya uslubi. Ekstropolyatsiya
uslublari bozor
kon’yunkturasining turli ko’rsatkichlari va xususiyatlarini bashorat qilishda
qo’llaniladi. Ekstropolyatsiya formalar yoki jarayonlaming kelgusidagi holati
qonunlari, nazariyalari hamda tajribasini keng yoyishni taqozo qiladi,
ya’ni bu holda ekstropolyasiya bashorat qilish
amalga oshirilayotgan
obyektning ilgarigi rivojlantirish tendentsiyalariga tayanadi.
Ekstropolyatsiyaning bozor tadqiqotlarida qo’llaniladigan asosiy
modellaridan bin - bu trend modelidir. Trend modellari jarayonlami vaqtga
nisbatan o’zgarishning asosiy yo’nalishlarini ko’rsatadi.
4. Ekonometrik modellar. Ekonometrik modellar
iqtisodiy jarayonlar
param etrlarining stoxastiklarini n azarda tu tg an holda bozor
kon’yunkturasining turli ko’rsatkichlari o ’rtasidagi o’zaro
aloqalar va
proportsiyalami miqdoriy bayon qiladigan regression va balans tenglamalari
tuzish orqali ifodalanadi. Ekonometrik modellash bozor kon’yunkturasini
bashorat qilishda keng qo’llaniladi. Ular ishlab chiqarish va unga ta’sir
ko’rsatuvchi omillar, bozordagi narxlar darajasi, raqobat va unga ta’sir
ko’rsatuvchi omillar; iste’molchilaming ehtiyojlarini tahlil qilish, marketing
tadbirlarini amalga oshirish va unga ta’sir qiluvchi omillar o’rtasidagi va
boshqa jarayonlar o’zgarishni matematik modellar yordamida tahlil qilishga
hamda bashorat qilishga yordam beradi. Ekonometrik modellaming xususiy
holi korrelyatsion va regression modellashdir.1
Bozor kon’yunkturasini tahlil va bashorat
qilish natijalari firmaning
marketing -reja tuzishda yoki firmaning bozordagi butun faoliyatini tartibga
solishda va boshqarishda keng qo’llaniladi.
Qisqa xulosalar
Bozor kon’yunkturasi — bu ma’lum
bir vaqtda, ma’lum bir hududda
talab bilan taklif o’rtasidagi nisbatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: