Toshkent davlat iqtisodiyot untversiteti m. S. Qosimova, M. A. Yusupov
Download 0.55 Mb.
|
Toshkent davlat iqtisodiyot untversiteti m. S. Qosimova, M. A. Y-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 Котлер Ф. Маркетинг в третьем тысячелетии: Как создать, завоевать и удержать рынок. - М.: Издательство ACT, 2000.
d e y i l a d i .
Segmentlarga ajratish mezonlarini tanlash ko’p jihatlardan tovar yoki xizmatning turiga, shuningdek korxona bozor faoliyatida hal qilmoqchi bo’lgan masalaga bog’liq. Sanoat tovariari va keng iste’mol tovariari uchun tanlov mezonlari bir- biridan juda keskin farq qiladi. Rejalashtirish ehtiyojlariga juda mos keladigan maqbul mezon tovami bozorda joylashtirish masalalariga umuman to’g’ri kelmasligi mumkin. Mabodo muayyan mezon xaridorlar o’rtasida paydo bo’lgan 1 Котлер Ф. Маркетинг в третьем тысячелетии: Как создать, завоевать и удержать рынок. - М.: Издательство ACT, 2000. www.ziyouz.com kutubxonasi farqlami izoplab berishga imkon bermasa, unda boshqa mezonni kiritish va to bu farqlami ravshan aniqlashga qadar tadqiqotlami davom ettirish lozim. Segmentlashning asosiy maqsadi bozordagi xatti-harakatlami o’iganib, ulaming obrazini (modelini) va kelajakdagi ehtiyoj talablami tasawur qilishdan iborat. Hoziigi raqobatda yutib chiqishning asosiy sharti yangj, yuqori sifatli tovar va kompleks servis texnika xizmatlami hamda samarali sotish usuUarini qo’Uashdan iborat bo’lib qoldi. Ana shu talablar asosida marketing tadqiqotlarining ustuvor turi iste’molchilami o’iganish navbatida bozomi segmentlashdan boshlanadi, chunki bozor bir xil subyektlardan tashkil topgan emas. 8.2. Bozor segmentatsiyasining xususiyatlari Bozomi segmentlash, bozomi o’iganishning asosiy usulidir. Uning yordamida bozor (uning tarkibiy qismlari) segmentlarga bo’linadi. Bozor segmenti-bu iste’molchilar, tovarlar, raqobatchilaming shunday ajratilgan qismiki , ular uchun umumiy xususiyatlar xosdir. Bozomi to’g’ri segmentlash, shu segmentning spetsifik ehtiyojlariga qat’iy rioya qilingan holda kam xarajatlar bilan tovar yetkazib berishni to’g’ri tashkil qilishdan iboratdir. Iste’mol tovariari bozorini tadqiq etishda marketingga oid adabiyotlarda ikki turdagi mezonlar qabul qilinadi. Birinchisi xaridorlaming daromadi, yoshi, jinsi, turar manzilgohi, oilaning hayot sikli, kasbi, turmush taizi va shunga o’xshash umumiy belgilami hisobga oladi. Mezonlaming ikkinchi turi segmentlashni ijtimoiy guruhlaming qadriyatlari tizimi yoki ulaming marketing strategiyasining, masalan, yangi mahsulot, yangi sotish tizimi kabi vositalariga ko’rsatadigan qiziqishlari asosida olib boradi. Amaliyotda birinchi usul ko’proq qo’llaniladi, ikkinchi usulni qo’llash qo’shimcha qiyinchiliklami keltirib chiqaradi, chunki ijtimoiy sotsiologiya va psihologiya sohalarida bevosita tadqiqotlar olib borish yo’li bilan maxsus hisob-kitob ishlarini amalga oshirish talab etiladi. Xaridorlaming munosabatini tabaqalashtiradigan asosiy omil daromad hisoblanadi. Ko’pgina mamlakatlarda daromad bo’yicha u£h guruhga segmentlashdan keng foydalaniladi. Birinchi gurah, eng yuqori daromadga ega bo’lgan xaridorlar, amalda ular jami xaridorlaming 10 foizini tashkil etadi. Ular eng oliy navli tovarlami xarid etadilar, xarid quwati hamda o ’z guruhi izzat nafsi bunga imkon beradi. Bunday guruhlar har bir mamlakatda bor, ulaming daromad miqdori shu mamlakatning umumiy boyligiga bog’liq bo’ladi. Ikkinchi guruh - har bir mamlakatdagi o’rtacha daromad egalaridir, ulaming soni juda ko’p, garchi bu guruh ichida yana o’ziga xos tabaqalanish bo’lsa-da, umuman olganda shu mamlakatda bozoming umumiy standartini www.ziyouz.com kutubxonasi belgilaydigan, yalpi tovarlaming asosiy xaridorlari shular hisoblanadi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling