Toshkent davlat iqtisodiyot untversiteti m. S. Qosimova, M. A. Yusupov
VII BOB BOZOR KON’YUNKTURASINI TADQIQ
Download 0.55 Mb.
|
Toshkent davlat iqtisodiyot untversiteti m. S. Qosimova, M. A. Y-hozir.org
VII BOB
BOZOR KON’YUNKTURASINI TADQIQ ETISH VA BASHORAT ETISH 7.1. Bozor kon’yunkturasi haqida tushuncha Kon’yunkturani o ’rganish marketing xizmatini ajralmas qismini tashkil etadi. Bizning mamlakatimizda kon’yunkturani o’rganish XX asming 20- yillarida tashkil etildi. “Kon’yunktura” lotincha so’z bo’lib, holat degan ma’noni anglatadi, u keng ma’noda ulaming o’zaro aloqasidan olingan shartlaming yig’indisi, o ’tar sharoit, predmetlarining joylashishidir. Bozor kon’yunkturasi — bu ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir hududda talab bilan taklif o ’rtasidagi nisbatdir. Marketing sharoitini va bozorni tekshirish iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, tabiiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlami tahlil va bashoratni taxmin qiladi. Hozirgi kunda deyarli hamma yirik firmalar xususiy kon’yunktura xizmatlariga egadirlar, ular o ’zining faoliyat doirasida jahon va milliy masshtabda kon’yunkturani rivojlanishini kuzatishadi. Iqtisodiy kon’yunktura bu omillar va qayta ishlash sharoitlarining rivojlanishi va o ’zaro aloqadorlikda talab, taklif, narx omillari asosida bozordagi bir ko’rinishdir. Bu ko’rsatilgan aniqlik o’z ichida kon’yunktura tushunchasining barcha amaliy sifatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Birinchidan, unda iqtisodiy kon’yunktura predmeti ko’rsatilgan, ya’ni bozor, ayirboshlash sohasidagi kon’yunkturani awal olib borilayotgan ishlar bilan bog’laydi. Ikkinchidan, kon’yunkturani faqat ayirboshlash sohasidagini emas, balki butun ishlab chiqarish jarayonini, ya’ni (ishlab chiqarish, taqsimlash, muomala, iste’mol, bo’lar ayirboshlash prizmasi orqali aniqlanadi) o’z ichiga qamrab oladi. Uchinchidan, kon’yunktura dinamik o’sish davrlarida ko’riladi. To’rtinchidan, kon’yunktura ishlab chiqarish jarayoni aniq tarixiy sharoitlari bilan bog’liq, har bir ishlash jarayonining yangi bosqichi uchun omillaming va kon’yunkturani rivojlanishi sharoitlarining mosligi o’ziga xosdir. Beshinchidan, uning asosiy ko’rinish shakli talab, taklif, va narx dinamikasining nisbatidir. Bir so’z bilan aytganda, ayni shu omillar bozoming holatini va dinamikasini aniqlashda markaziy bo’g’in bo’lib hisoblanadi. Kon’yunktura tadqiqotining ikkita obyektiga ko’ra - ya’ni iqtisodiy kon’yunktura www.ziyouz.com kutubxonasi tushunchasidagi xo’jalik va tovar bozori, ikki mustaqil tarkibiy qismga ajratiladi: • umumxo’jalik kon’yunkturasi; • tovar bozori kon’yunkturasi. Umum xo’jalik kon’yunkturani strukturaviy birlik deb, shunga qaramasdan tovar bozorlarining va ko’plab o ’zaro munosabatlar kon’yunkturasini yig’indisi deb qarash mumkin. Tovar kon’yunkturasi umumxo’jalik kon’yunkturasini tashkil etadi, umumxo’jalik kon’yunkturasi esa tovar bozorlari kon’yunkturasini keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham um um xo’jalik k o n ’yunkturani uni tashkil etuvchi tovar kon’yunkturalarini xususiyatlarining arifmetik summasi deb hisoblab b o ’lm aydi. T ovar b ozorlari k o n ’yu nkturasini u m u m x o ’jalik kon’yunkturasini elementi sifatida birlashuvi, bir butun kabi tovar kon’yunkturasini tashkil etuvchilaiga mavjud bo’lmagan yangi sifatni beradi. Shunday qilib, uning butun qismi va bo’g’inlarining belgilari o’zaro ta ’sirchanligi va o ’zaro aloqadorligi shakllarining fe’l - atvorini, umumxo’jalik va tovar kon’yunkturasini rivojlanishni aniqlaydi. Bozomi va awalo butun bozorni kon’yunkturasini kompleks izlanishlar ishbilarmonlar doirasining flkriga ko’ra, ishbilarmonlarga ulaming xo’jalik qarorlarini qabul qilishda xatoga yo’l qo’ymasligi uchun tavakkalchilikni pasaytirishda qurol hisoblanadi. Iqtisodiy kon’yunkturani izlash, faqatgina ayirboshlash sohasini rivojlanishi va uning qayta ishlab chiqarish jarayonining boshqa bosqichlari bilan o’zaro aloqadorligining umumiy qonunchiligini o’rganish bilan chegaralanib qolmaydi. U, u yoki bu tovar bozorda vujudga keladigan asoslangan tahlil va bashorat qilishni amalga oshirishga qaratilgan. Tovar bozori o ’zida, birinchidan, m a’lum bir tovarni ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o ’rtasida, ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar guruhi va iste’molchilar guruhi o’rtasida iqtisodiy aloqalarining tizimini o’zida aks ettiradi. Aloqalaming asosiy ko’rinishining birinchi turi bu oldi-sotdi jarayoni, ikkinchisi esa raqobatdir. Tovar bozorlari tarmoqlararo raqobatning mexanizmi orqali o ’zaro ta’sirga egadir va u milliy bozomi butunlay shakllantiradi. Bozor munosabatlaming tarixiy rivojlanishi davomida milliy chegara doirasidan chetga chiqmaydi va xalqaro tovar bozorlari shakllanadi. 7.2.Bozor kon’yunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko’rsatkichlari hamda baholash uslublari Kon’yunktura tahlili o’z ichiga ishlab chiqarish va iste’molning hajmi, tarkibi, bir tovaming boshqasining o’mini egallay olish imkoniyati, tovar zahiralari, narxning o’zgarishi, reklama xizmati, bozor ishtirokchilarining www.ziyouz.com kutubxonasi o’rganishni oladi. Bozor konyu’nktutasini muntazam ravishda o’iganib borish savdo faoliyatini muvaffaqiyatli yakuniga imkon beradi. Har davrda bozor kon’yunkturasi qaysi tovar chiqarishni ko’paytirish, qaysi tovarga talabning qamayishi haqida aniq ma’lumotlar beradi. Bu ma’lumotlar ishlab chiqarish firmasi uchun ham savdo firmasi uchun ham zarurdir. Bozor kon’yunkturasi bozorda muvozanatni mavjudligi yoki buzilganligi bilan xaraktedanadi. Shunga ko’ra bozor kon’yunkturasi ijobiy va salbiy, qulay va noqulay bo’lishi mumkin. Bozor kon’yunkturasi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilar miqyosiga va sotib oluvchilaming xarid qobiliyatiga bog’liqdir, narx- navoga, modaning o’zgarishiga qarab har xil bo’ladi. Bozoming kelajakdagi holatini ishlab chiqarishning texnikaviy ahvoli, unga sarflangan qo’shimcha resurslar, ulaming qaytarib berish muddatlari, tovar zahiralari dinamikasi, eksport va import, shuningdek narx - navodagi o’zgarishlar yo’nalishiga qarab aniqlash mumkin. Bu bilan tovar taklifi o’rganiladi. Investitsiya summasi va tuzilishiga, mehnat predmetiga bo’lgan talab va korxona, tashkilotlar pul sarfining yo’nalishiga qarab, shuningdek aholi xarid qobiliyatining, uning tovarlar bilan ta’minlanish darajasini hisobga olib talab o’rganiladi. Uzoq muddatli o’sish imkoniyalarini aniqlash va kon’yunktura tahlili bir -biri bilan bog’liq va u bir-birini to’ldira boradi. Sifatli tahlil qilish uchun to’plangan ma’Iumotlami uchta guruhga bo’linadi: -o’tgan davr kon’yunktura ma’lumotlari; -tadqiq qilinayotgan davr kon’yunktura ma’lumotlari; -kelgusidagi kon’yunkturaga ta’sir etuvchi ma’lumotlar. Kon’yunkturani tahlil qilish shakli bo’lib, kon’yunktura sharxi hisoblanadi. Kon’yunkturani tahlil qilish savollariga o ’tishdan aw al kon’yunkturaning ko’rsatkichlar tizimini ko’rib chiqish darkor. Ko’rsatkichlar shartli ravishda makro va mikro ko’rsatkichlarga bo’linadi. Makroko’rsatkichlarga-umumxo’jalik kon’yunkturasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar: yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy daromad, ishlab chiqarish ko’rsatkichlari, tovar aylanmasi ko’rsatkichlari, pul muomalasi ko’rsatkichlari, iste’mol ko’rsatkichlari kiradi. Mikro ko’rsatkichlarga esa alohida tovarlar bozorini tavsiflovchi ko’rsatkichlar kiradi: ishlab chiqarish ko’rsatkichlari, mahsulot sotilishi va iste’moli, narx dinamikasi va hokazolar. Umumxo’jalik kon’yunkturaning tahlilini izlanishni maqsadiga ko’ra ikkita yo’l bilan olib borish mumkin:1 Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling