Qobiliyatlarni
MIQDOR
jihatdan
o‘lchash
muammosi
psixologiyada katta tarixga egadir. XIX asrning oxiri va XX asrning
boshlaridayoq bir qator psixologlar (Kettel, Termen, Spirman va boshqalar)
ommaviy ixtisosliklar uchun kasb tanlashni amalga oshirish zarurati bilan
uzviy bog`liq bo‘lgan talablar ta`siri ostida ta`lim olayotganlarning
qobiliyat
darajasini
aniqlashni
talab
qilib
chiqdilar.
O‘sha paytlarda qobiliyatlarni o‘lchash usuli sifatida
AQLIY ISTE`DOD
TESTLARIdan foydalanildi. Aqliy iste`dod testlarining yordami bilan bir
qator mamlakatlarda (AQSh, Buyuk Britaniya va boshqalar) qobiliyatlarni
aniqlash va maktablarda o‘quvchilarni saralash, armiyada ofitserlik
xizmatini bajarish, ishlab chiqarishda rahbarlik lavozimini tanlash va shu
kabilar amalga oshiriladi.
Aqliy
iste`dod
testlari
o‘zlarining
mazmunlariga
ko‘ra
muvaffaqiyatli echilishi (ko‘pincha sarflangan vaqtni hisobga olib) ball
yoki ochkolar yig`indisi bilan hisoblanadigan bir qator savollardan yoki
masalalardan iboratdir.
Qobiliyatlarning sifat va miqdor harakteristikasi