Тошкент давлат и=тисодиёт университети маънавий-маърифий фаолияти та=димоти
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
14-Мавзу slayd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy qobiliyatlar.
- Maxsus qobiliyatlar
2.
Iqtidorli insonda iste ‘ dod sohibi bo ‘ lish imkoniyati bor. Talant (yunoncha talanton qimmatbaho, noyob narsa, irsiy, tabiiy xislat degan ma‘no anglatadi) muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini ta‘minlaydigan qobiliyat hamda iste‘dodlar majmuasi (yiqindisi) dan iborat individual xususiyatdir. Shaxsga qandaydir murakkab mehnat faoliyatining muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasiga talant deyiladi. Talantning asosiy belgilari: a) muvaffaqiyatni ta‘minlash; b) faoliyatni mustaqil bajarish; v) originallik unsurining mavjudligi; g) qobiliyat hamda iste‘dodlar yiqindisidan iborat ekanligi ; d) individual psixologik xislatligi. Daho (arab.) — favqulodda kuchli aql, xotira va ijodiy iste‘dod; bilim saviyasi, dunyoqarashiga koʻra oʻz davri darajasidan ilgarilab ketgan shaxs. Daholar fan-texnika, madaniyat, xususan badiiy ijodiyot sohasida muayyan millat, davlat miqyosida emas, balki umumbashar, jahon miqyosidagi muhim kashfiyotlar qilishga, ilmiy, badiiy asarlar yaratishga qodir boʻladi. • Umumiy qobiliyatlar. Shaxsning umumiy qobiliyatlari odamga bir qancha faoliyat sohasida ham muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish va natijalarga erishishga imkon beradi. Masalan, texnika oliy o‘quv yurtining talabasi ham ijtimoiy - gumanitar, ham aniq fanlar, ham texnika fanlari sohasidagi bilimlarni o‘zlashtira oladi. Bunda unga umumiy bilimdonlik, nutq qobiliyatlari, tirishqoqlik, chidam, qiziquvchanlik kabi sifatlar yordam beradi. • Maxsus qobiliyatlar. Ma‘lum bir sohada yutuqlarga erishish, yuqori ko‘rsatgichlar berishga imkon beruvchi sifatlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, sport sohasi bilan buxgalterlik hisob-kitobi bo‘yicha ishlayotgan ikki kishida o‘ziga xos maxsus qobiliyatlar bo‘lmasa bo‘lmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling