Тошкент давлат иқтисодиёт университети “Менежмент ва Маркетинг” кафедраси


Download 157.66 Kb.
bet2/9
Sana08.01.2022
Hajmi157.66 Kb.
#235172
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
стати.гурух ва жам

Ma’muriy ma’lumotlarni to’plash. Ma’muriy idoralar(soliq, bojxona, nikohdan o’tkazish va x.k.) statistika organlariga o’z faoliyatlari haqida ma’lumotlarni pulsiz va so’ralgan vaqtda etkazib berishga majburdirlar.

Boshlang’ich statistik ma’lumotlarni to’plash. Ro’yxatdan o’tgan barcha tashkilot, korxona, tadbirkorlar topshiradigan statistik hisobotlar orqali to’planadi.





Statistik organlar to’plagan ma’lumot. Statistika organlari uy xo’jaligini o’rganish uchun maxsus tanlab kuzatishlar o’tkazishadi, aholi ro’yxati va boshqa maxsus kuzatishlar yordamida to’plangan ma’lumot.

Statistik kuzatish tashkil etilishiga qarab: statistik hisobot va maxsus uyushtirilgan statistik kuzatishlarga bo’linadi.

Hisobot (buxgalteriya va statistik hisobotlarga bo’linadi) statistik kuzatishning asosiy shakli bo’lib, u barcha korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi boshlang’ich ma’lumotlarni to’plash uchun imkoniyat yaratadi.

Maxsus tashkil qilingan statistik kuzatishlarni voqea va hodisalarning sodir bo’lishini qayd qilish vaqtiga qarab uch turga – uzluksiz, fursatli va bir yo’la kuzatishga ajratish mumkin.



Bir yo’la kuzatish deb birorta masalani echish uchun o’tkazilgan kuzatishga aytiladi. Masalan, savdo korxonalarini jihozlanish darajasining bozor iqtisodiyoti talablariga javob berishi va bermasligini o’rganish uchun maxsus kuzatish o’tkazish. Bunday kuzatishni keyinchalik o’tkazmaslik ham, zaruriyat tug’ilsa, yana o’tkazish ham mumkin.

Fursatli kuzatish deganda ma’lum muddatlarda o’tkaziladigan kuzatishlar tushuniladi. Masalan, aholi ro’yxati va boshqalar.

Uzluksiz kuzatish deganda hodisalar ro’y berishi bilanoq qayd qilinadigan kuzatish tushuniladi. Masalan, bola tug’ilishi, nikohdan o’tish kabi voqea (hodisa)lar sodir bo’lishi bilanoq, ya’ni o’sha kunning o’zidayoq qayd etiladi.

Download 157.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling