Тошкент давлат иқтисодиёт университети


Tadqiqotning amaliy natijalari


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/45
Sana02.11.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1738920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45
Bog'liq
80c2db1a-9e0d-44eb-8065-828bf1239327

Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: 
davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlaridan dividend amaliyotlariga 
yetarlicha e’tibor qaratilmasligi, minoritar aksiyadorlar manfaatlariga putur 
yetkazishi tahlillar asosida aniqlangan; 
xususiy aksiyadorlik jamiyatlari bozordagi nufuzni oshirib borish nuqtai 
nazaridan dividend siyosatiga alohida e’tibor qaratishi ularning hamda arzon 
moliyaviy resurs jalb qilish imkoniyatini oshirishi asoslab berilgan; 
xususiylashtirishga tayyorlash muntazam dividendlar to‘lab borilishi davlat 
aksiya paketlari bozor bahosining ortishida ijobiy ta’sir ko‘rsatishi asoslab berilgan; 
IPO yoki SPOga chiqishi belgilangan aksiyadorlik jamiyatlarida dividend 
siyosati bo‘yicha strategiyalarni belgilash va ularni amalga oshirish investorlar 
ishonchining ortishiga xizmat qilishi ochib berilgan. 
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi amalga oshirilgan yondashuv, usullar 
va nazariy ma’lumotlarning rasmiy manbalardan olinganligi, keltirilgan tahlillar va 
tajriba–sinov ishlari samaradorligining matematik–statistik ishonchlilik intervalida 
tekshirilganligi, statistik qonuniyatlarda keltirilgan ishonchlilik talablariga javob 
berishi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, 
“Toshkent” Respublika fond birjasi, Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi statistik 
ma’lumotlariga, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlari va xorijiy kompaniyalarning 
moliyaviy hisobotlari, amaliy ma’lumotlariga asoslanganligi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining 
ilmiy ahamiyatini ilgari surilgan nazariy xulosalar va ilmiy takliflar aksiyadorlik 
jamiyatlarining dividend siyosati takomillashuviga hamda moliya ilmi ilmiy nazariy 
boyishiga xizmat qiladi. Shuningdek aksiyadorlik jamiyatlari moliyasiga doir ilmiy 
tadqiqotlar jarayonida foydalanish mumkinligi bilan izohlash mumkin. 
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyalar 
bozori faoliyatiga doir qonunchilik hujjatlari, aksiyadorlik jamiyatlari dividend 
siyosati bilan bog‘liq ichki hujjatlar, xususan ustav, “Dividend siyosati to‘g‘risida”gi 
Nizomlar, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida foyda taqsimoti bo‘yicha qarorlari 
ishlab chiqilishida foydalanilishi mumkinligi bilan asoslanadi. 

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling