Тошкент давлат иқтисодиёт университети
Tadqiqotning amaliy natijalari
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
80c2db1a-9e0d-44eb-8065-828bf1239327
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlaridan dividend amaliyotlariga yetarlicha e’tibor qaratilmasligi, minoritar aksiyadorlar manfaatlariga putur yetkazishi tahlillar asosida aniqlangan; xususiy aksiyadorlik jamiyatlari bozordagi nufuzni oshirib borish nuqtai nazaridan dividend siyosatiga alohida e’tibor qaratishi ularning hamda arzon moliyaviy resurs jalb qilish imkoniyatini oshirishi asoslab berilgan; xususiylashtirishga tayyorlash muntazam dividendlar to‘lab borilishi davlat aksiya paketlari bozor bahosining ortishida ijobiy ta’sir ko‘rsatishi asoslab berilgan; IPO yoki SPOga chiqishi belgilangan aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosati bo‘yicha strategiyalarni belgilash va ularni amalga oshirish investorlar ishonchining ortishiga xizmat qilishi ochib berilgan. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi amalga oshirilgan yondashuv, usullar va nazariy ma’lumotlarning rasmiy manbalardan olinganligi, keltirilgan tahlillar va tajriba–sinov ishlari samaradorligining matematik–statistik ishonchlilik intervalida tekshirilganligi, statistik qonuniyatlarda keltirilgan ishonchlilik talablariga javob berishi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Toshkent” Respublika fond birjasi, Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi statistik ma’lumotlariga, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlari va xorijiy kompaniyalarning moliyaviy hisobotlari, amaliy ma’lumotlariga asoslanganligi bilan belgilanadi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyatini ilgari surilgan nazariy xulosalar va ilmiy takliflar aksiyadorlik jamiyatlarining dividend siyosati takomillashuviga hamda moliya ilmi ilmiy nazariy boyishiga xizmat qiladi. Shuningdek aksiyadorlik jamiyatlari moliyasiga doir ilmiy tadqiqotlar jarayonida foydalanish mumkinligi bilan izohlash mumkin. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyalar bozori faoliyatiga doir qonunchilik hujjatlari, aksiyadorlik jamiyatlari dividend siyosati bilan bog‘liq ichki hujjatlar, xususan ustav, “Dividend siyosati to‘g‘risida”gi Nizomlar, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida foyda taqsimoti bo‘yicha qarorlari ishlab chiqilishida foydalanilishi mumkinligi bilan asoslanadi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling