Toshkent davlat madaniyat instituti vahobjon rustamov


Download 1.35 Mb.
bet2/8
Sana29.08.2020
Hajmi1.35 Mb.
#128106
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Укув кулланма Режиссура Рустамов В (2)


Jumaniyoz Jabborov. 1930 yil 25 oktyabrda Qashqadaryo viloyatining Koson tumaniga qarashli Pulat qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga kelgan. Urta maktabni tugatgach, 1947-1952 yillarda Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi Uzbekiston Milliy Universiteti)ning filologiya fakultetida tahsil olgan. 1952-1953 yillarda Moskvada Oliy adabiyot kursida uqigan.

Asosiy mehnat faoliyatini 1953-1962 yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida bulim mudiri, mas’ul kotib vazifalarida xizmat qilishdan boshlagan, 1962-1964 yillarda esa «Gulxan» jurnali bosh muharriri lavozimida, 1964 –1976 yillar mobaynida «Sovet Uzbekistoni» (Uzbekiston ovozi) gazetasida dastlab adabiyot va san’at bulimi mudiri, keyinchalik bosh muharrir urinbosari bulib ishladi.

1981-1985 yillarda Ғ.Ғulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotining direktori, 1985-1990 yillarda esa Respublika yozuvchilar uyushmasida badiiy tarjima kengashining maslahatchisi vazifalarida mehnat qilgan. 1990 yildan to hozirgi kunga qadar Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi adabiyot, san’at va me’morchilik sohasida Uzbekiston Davlat mukofotlari qumitasida ishlab kelmoqda.

J.Jabborovning adabiy faoliyati 50-yillardan boshlangan. Birinchi she’riy tuplami «Vatanimni kuylayman» nomi ostida 1953 yilda chop etilgan. Shoir uttizdan ortiq she’riy, nasriy va dramatik asarlar tuplamining muallifidir. «Bahor nafasi» (1956), «Maqsad yulida»(1958), «Tog‘lar sadosi»(1961), «Ona yer qushig‘i»(1962), «Subhidam hayollari»(1964), «She’rlar»(1966), «Ilhom daqiqalari»(1971), «E’tiqod»(1978), ikki jildlik «Saylanma»(1980-1981), «Xayolimda uzing»(1985), «Kunglim guzali»(1991), «Ajab dunyo sevgisi» (1996) kabi kitoblari uquvchilar quliga tekkan. J.Jabborov uzbek dostonchiligi taraqqiyotiga ham munosib hissa qushgan adibdir. Ona yurtga muhabbat, uning guzal tabiatini madh etuvchi «Gulshan», «Ona yer qushig‘i», «Sahro sanami», «Yuldagi uylar», «Quyosh yurti», «Muhabbat naqqoshi» kabi unlab dostonlar shoir qalamiga mansubdir.

Jumaniyoz Jabborov iqtidorli dramaturg sifatida uzbek dramaturgiyasi ravnaqiga munosib hissa qushib kelayotir. Uning «Ujarlar», «Tuydan oldin tomosha», «Yillar utib», «Chul chaqmog‘i», «Mening oppoq kabutarlarim», «Al-Farg‘oniy», «Neksiya» kabi sahna asarlari A.Navoiy nomli katta Akademik Davlat opera va balet teatri, Uzbek Milliy akademik drama teatri, Muqimiy nomli uzbek davlat musiqali teatri repertuarlarini boyitdi, qator viloyat teatrlarida, shuningdek Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston respublikalari teatrlari sahnalarida muvaffaqiyat bilan uynaldi. Abdulla Qodiriyning mashhur «Utgan kunlar» romani asosida bastakor Qahramon Komilov bilan birgalikda musiqali drama asarini yaratdi. J.Jabborov uz dramatik asarlari, pesalarida hayotiy muammolarni qalamga oladi, oilaviy-maishiy, zamonaviy va tarixiy mavzularda yozilgan asarlari orqali tomoshabinlar va kitobxonlar qalbiga yul topishga intiladi.

J.Jabborov mohir tarjimon sifatida adabiy-ilmiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan. Jahon adabiyotining mashhur daholari – Bayron, Lermantov, Shevchenko, Tagor, Hofiz Sheroziy, Ubayd Zakoniy, Firdavsiy kabi ulug‘ shoirlar ijodidan qilingan tarjima asarlari uzbek kitobxonlariga manzur buldi, ayniqsa buyuk Sharq allomasi Firdavsiyning «Shohnoma»sini uzbek halqi ma’naviy mulkiga aylantirishda Jumaniyoz Jabborovning mehnatlari e’tiborga molikdir.

Jumaniyoz Jabborov serqirra ijod sohibidir. U Respublika miqiyosida utkaziladigan «Mustaqillik», «Navruz», «Konstitutsiya kuni», «Barkamol avlod» kabi bir qancha bayram va tomoshalarni tashkil etishda stsenariylar muallifi va hammuallif sifatida ishtirok etib kelmoqda.

Buyuk san’atkor, shoir, yozuvchi, dramaturg, stsenarist, jamoat arbobi Jumaniyoz Jabborovning rejissyor Baxtiyor Sayfullayev ijodi haqida, uning ommaviy bayram va tomoshalar rejissurasiga qushgan hissasi haqida suhbatlashganimizda, ular: «Juda tug‘ri mavzu tanlabsiz, Baxtiyor Sayfullayev ijodi haqida oldinroq yozish kerak edi. Men aynan shu mavzuda «Mahorat maydoni» deb nomlangan maqola tayyorlaganman. Uning rejissyorlik faoliyati tug‘risida qanchalik kup yozsak, yosh mutaxassislar uchun foydalidir», – deb ta’kidlaydi.1

Bu ikki buyuk san’atkorning ijodiy faoliyati: Jumaniyoz Jabborovning stsenariychilik mahoratidagi matnning teranligi, she’riyatning musiqa va boshqa badiiy jihatlar bilan uyg‘unligi, Baxtiyor Sayfullayev rejissurasida esa matnga talabchanlik, nutqning ravonligiga e’tibor, kuy qushiqlar, rang tanlashda did kuchliligi hamohanglashib bayram va tomoshaning asosi bulmish stsenariy yaratilishida va uni sahna yoki maydonga kuchishida uzining samarasini bermoqda.

Hozirgi kunda respublika miqiyosida utkazilayotgan barcha bayramlarda yurtimizning kuzga kuringan ijodkorlari Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Bahodir Yuldoshev, Nosir Otaboyev, Jumaniyoz Jabborov, Edvard Kolosovskiy, Rustam Hamidov, Baxtiyor Sayfullayev, Marat Azimov va boshqalar -stsenarist va stsenariy hammualliflari bulib ishtirok etib kelmoqdalar. Ular yurtimizda bulayotgan chuqur uzgarishlarni, Uzbekiston kelajagi buyuk ekanligiga ishonish, Vatanni sevish, uz ishiga, Vataniga, oilasiga mehr-oqibatli bulish, mamlakatni rivojlanishida yoshlarning urnini belgilash, qariyalarga hurmat e’tiborda bulish kabi xususiyatlarni turli badiiy vositalar orqali uz stsenariylariga jo qilib, tomoshabinlar e’tiboriga havola etishga intilmoqdalar va buni uddasidan ham chiqmoqdalar. B.Sayfullayev tuman va viloyatlarda sahnalashtirgan bayram va tomoshalari orqali Uzbekiston timsolini kuklarga kutarishga intilgan.

Ma’lumki, spektakl yaratilishida asosiy manba pesa hisoblanadi yoki boshqacha qilib aytganda, spektaklning dramatik asosi pesadir. Rejissyor spektaklni sahnalashtirishda tayyor manba – pesaga murojaat qiladi va sahnalashtirish jarayonlarini boshlaydi. Bu bilan spektakl sahnalashtirish juda oson ekan, degan fikrdan yiroqdamiz, zero spektaklni sahnalashtirishni uziga xos murakkab jihatlari bor. Ommaviy bayram va tomoshalarni sahnalashtirishda esa tayyor dramatik manba yuq, utkaziladigan joy an’anaviy emas, unda chiroqlar, dekoratsiyalar, xullas, hech qanday sahna jihozlari-yu, anjomlari yuq. Faqat rejissyorning yuqori tashkilotlardan yoki rahbarlikdan shu tadbirni utkazish tug‘risidagi «zakazi», ya’ni buyurtmasi bor, xolos.

Rejissyor esa bu «buyurtma»ni san’at darajasiga kutarib, yaxlit bir «spektakl» shakliga keltirishi zarur buladi. Nega endi spektakl shaklida, degan urinli savol tug‘iladi. Spektakl bulishi uchun uning mavzusi, g‘oyasi, janri, qarama-qarshiliklar, voqealar qatori, kompozitsion tuzilishi (prolog, tugun, qarama-qarshilik, yechim), oliy maqsadi, xullas, dramaturgiyaning barcha komponentlari ishtirokini ta’minlash lozim.

Ommaviy bayram va tomoshalarni tashkil etishda ham xuddi shu shartlarga e’tibor berish zarur. Ommaviy bayram va tomoshalar rejissurasidagi eng qiyin jarayon tadbirni yagona mavzu chizig‘iga yunaltirishdir. Shu mavzuga mos manbalar izlash, sahna, ya’ni, tadbir utadigan joyni jihozlash, ishtirokchilarni tuplash, vazifalarni tushuntirish va repititsiyani boshlashdan oldin stsenariy rejissyorning qulida bulishi shart.

Misol keltiraylik, B.Sayfullayevga Jizzax viloyatida utkaziladigan Mustaqillik bayramini utkazish haqida taklif tushganda, u «tomosha qayerda utadi» degan savolni quydi. Tomosha kul buyida utkazilishini eshitgach, joyni urganish uchun u yerga bordilar. U yerda oddiy kul, daraxtlardan boshqa hech narsa yuq edi. Kul buyida sahna sharoitini yaratish, kul atrofini bezash, tomoshabin uchun joy tayinlash, kuprikni badiiy jihozlash va boshqa jarayonlar rejissyorga nihoyatda katta mashaqqatlar kutayotganidan dalolat berib turardi. Shunda rejissyor rassom va stsenariystni tadbir utkaziladigan joyni urganish uchun taklif qiladi. Shu joyning uzidayoq vazifalar taqsim qilinadi. (Biz bu mavzuga «Rassom bilan hamkorlik» qismida yana qaytamiz).

J.Jabborovning «Jizzax elim» she’riga Bahrilla Lutfullayev tomonidan bastalangan qushig‘iga barcha jizzaxliklar jur buldilar. Ular bunday manzarani, bunday fayzli tomoshani faqat Toshkentda, televizorlarda kurganliklarini, endi esa Jizzaxda ham xuddi shunday tomosha tashkil etilganligiga guvoh bulganliklari haqida quvonib gapirib yurdilar.

Shundan beri (B.Sayfullayev boshlab bergan) barcha bayram va tomoshalarni shu kulda utkazish an’anaga aylanib qoldi.

B.Sayfullayev stsenariy haqida gapirib uni 3 xil toifaga ajratadi, ya’ni:


  1. Oddiy stsenariy, mavjud materiallarni ketma- ketligi belgilanib, boshqaruvchi bog‘lovchi sifatida ishtirok etadi.

  2. Yig‘ma stsenariy, ya’ni turli xil stsenariylardan ishlatilgan materiallardan foydalangan holda yoziladi.

  3. Original stsenariy, bunda tomoshabin kuz oldida uzi kutmagan turli burilishlarga, tuqnashuvlarga, hissiyotlarga duch keladi va natijada u zerikmaydi, tadbirdan estetik zavq oladi,- deb tushuntiradi.

Darhaqiqat, bayramlarimiz kup. Barcha joylarda bayramlar turli shakllarda utkaziladi. Tomoshabinni kuz ungida uzi orzu qilgan shart-sharoitlarni yaratish, tasavvuridagi ruhiyatga erishish stsenaristning yelkasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Original stsenariy yaratish barcha stsenaristlarning qulidan kelavermaydi. Buning uchun stsenaristning dunyoqarashi keng, saviyasi uta kuchli va yuqori darajada bulmog‘i lozim. J.Jabborov va rejissyor B.Sayfullayevdagi originallikka erishish ular ijodining asosiy tamoyillaridan biridir.

Rejissyorlik faoliyatda stsenarist bilan ishlash jarayoni eng muhim bosqichlardan biri hisoblanadi.

Stsenariyning kompozitsion tuzilishini tug‘ri belgilashda stsenarist va rejissyor, ayniqsa juda sinchkov bulishi zarur. Chunki stsenariyning kompozitsion tuzilishi tadbir yoki tomoshaning yaxlitligini ta’minlaydi. «Kompozitsiya» deyilganda, san’at asarlarining tuzilishi, ichki elementlarining ma’no jihatdan uzaro bog‘lanishi, mantiqan joylashishi va birlashishi tushuniladi.

Kompozitsion tuzilish quyidagi bulak (punkt)lardan iborat buladi. Adabiy asarda voqeaning boshlang‘ich qismi muqaddima, ekspozitsiya yoki kirish, rejissura sohasida esa xatti-harakat bilan bog‘liq bulganligi uchun prolog deb nomlanadi. Demak, kirish (prolog), tugun, voqealar rivoji, kulminatsion nuqta, yechim – adabiy va dramatik asarlarning kompozitsion tuzilishini tashkil etadi.

Ba’zan tadbir stsenariysining kompozitsion tuzilishini prolog, epizodlar qatori va final bilan belgilash mumkin. Chunki kupgina bayram, tomosha, teatrlashtirilgan kontsert va boshqa tadbirlarda voqea bir mavzu ustida emas, bir necha epizodlardan iborat bulib tashkil qilingan bulishi mumkin. Shuning uchun ham har qanday bayram yoki tomosha stsenariysining kompozitsion tuzilishini tug‘ri belgilash sahnalashtirilayotgan bayramlarning mohiyatini tulaqonli yoritib berishga xizmat qiladi.

Hayot qarama-qarshiliklar kurashidan iborat. Dramaturgiyada ham qarama-qarshiliklarsiz yozilgan stsenariylar bizning nazarimizda juda zerikarli bulib, tomoshabinni qiziqtira olmaydi. Ular ichki, tashqi, tor ma’nodagi va keng ma’nodagi qarama-qarshiliklar turlariga bulinadi.



Ichki qarama-qarshilik qahramonlarning ichki, psixologik, ruhiy xatti-harakatlari orqali namoyon buladigan tushuncha.

Tashqi qarama-qarshilik esa qahramonlarning tashqi fizik, jismoniy xatti-harakatlari orqali namoyon buladi.

Tor ma’nodagi qarama-qarshilik juda kichik masshtabda amalga oshirilgan ziddiyatlar tushuniladi. Masalan: Tohir bilan Bobur urishib qolishdi.

Keng ma’nodagi qarama-qarshilik esa – ziddiyatlar ijtimoiy ahamiyat kasb etsa, masalan: Uzbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligiga tegishli Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining uqituvchisi Tohir Nishontoyev bilan shu vazirlik tasarrufidagi institutning talabasi Bobur Norboyev ikkalasi urishib qoldilar, deyilsa keng ma’nodagi qarama-qarshilik tushuniladi. Demak, konflikt ham dramaturgiyaning muhim komponentlaridan hisoblanadi.

Stsenariyning badiiy jihatdan mukammalligi, uning originalligiga erishish – utkaziladigan bayram va tomoshalarning yuqori saviyada utishiga kafolatdir.

Rejissyor va stsenarist eng avvalo izlanuvchan bulishi kerak. Bunga bir misol keltirishimiz mumkin: Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining «Rejissura» bulimini bitiruvchi talabalar turli mavzularda diplom ishlarini amalga oshirish jarayonida bir talaba kelib, Vahobjon Qiyomovich, men diplom ishi uchun «Xalqaro talabalar kuni»ni mavzu qilib olgan edim. Ishni qandoq boshlashimni bilmayapman, maslahat bering,- deb qoldi. Men unga «Nima uchun «Xalqaro talabalar kuni» deb e’lon qilingan ekan, deb suradim». Talaba yelkasini qisdi. Men «ishni ana shu savolga javob topishdan boshlash kerak» – dedim. Biz bu savolga javobni Usmon Qoraboyevning «Uzbekiston bayramlari» deb nomlangan kitobidan topdik. «Chexiyalik vatanparvar talabalarning nemis fashistlari tomonidan vahshiylarcha otib uldirilgan kuni xotirasiga bag‘ishlab 1939 yil 17 noyabr «Xalqaro talabalar kuni» deb e’lon qilingan ekan.1

Biz buni quyidagicha sahnaviy kurinishga aylantirdik:

Musiqa jurligida talabalarning tinch hayot, turmush tarzi raqslar orqali ifodalangan. Birdan musiqa pasayib, barabanlarning ovozi butun sahnani tutib ketadi. Oq kuylak, qora nemis mundirlari kiyib olgan, qurollangan fashistlar sahnaga kirib keladilar. Talabalar yarim doira shaklida sahnaga joylashadilar. Bir talaba qizning qulida kitobni kurib qolgan fashist uning oldiga boradi va kitobni uloqtirib yuboradi. Qiz kitobni qaytadan olmoqchi bulganida fashist qizni otib tashlaydi. Buni kurgan talabalar fashistlarga tashlanadilar. Qurollangan fashistlar va oddiy talabalar urtasidagi jang butun chexiyalik vatanparvar talabalarning qirilib ketishi bilan tugaydi. Fashistlar chiqib ketadi. Fondan hazin musiqa taraladi va «Xuddi shu kuni 1939 yil 17 noyabr kuni «Xalqaro talabalar kuni deb e’lon qilinadi» deb boshlovchining sahna ortidan ovozi yangraydi. Bu «Xalqaro talabalar kuni»ga bag‘ishlab utkaziladigan tomoshaning prolog qismidir.

Yuqorida ta’kidlab utganimizdek, rejissyor va stsenaristning izlanuvchanligi tadbir yoki tomoshaning tempo-ritmini saqlab turishda ham muhim rol uynaydi.

Bunday misollarni kuplab keltirishimiz mumkin.

B.Sayfullayev bilan birga ishlab yurgan paytlarimizda institutlararo «KVN» ya’ni, «Quvnoqlar va zukkolar» teleuyini tashkil qilinardi. Ana shunday musobaqalarning birida bizga raqib komandani B.Sayfullayevning shogirdi Farhod Axmedov tayyorlayotganligi ma’lum bulib qoldi. Shunda Baxtiyor aka: «Farhod original narsalarni topib yuradi. Undan har narsani kutsa buladi. Uni yutmasak bulmaydi, yutqazib quysak ustozlik sha’nimga tug‘ri kelmaydi», deb hazillashdilar. Mavzu paxta monokulturasi haqida edi. B.Sayfullayev shunday bir yul topdiki, butun ishtirokchilar va tomoshabinlar bir lahza jim qoldilar. Paxta dalasida, qiyin sharoitda ishlayotgan «ayolga» uzlari monolog yozib berdilar. Rolning traktovkasi uziga xos bir jiddiylik nuqtai nazardan yondashildiki, voqeadagi qahramon ham, tomoshabin ham uzini anu shunday muhitda his qila oldi. Monologni qayta-qayta sahnaga chiqarib talaba qizga uqitdik. Lekin hech kungildagidek chiqavermagach, Baxtiyor aka sahnaga sakrab chiqdilarda, uning oldiga kelib, qulog‘iga nimalarnidir tushuntirdi. Joylariga utirib musiqani quyishiga komanda berib, qizga qarab «marhamat, boshlang» degandek imladi. Qiz musiqaning hamohanligida monologni shunday uqidiki, hammamiz lol qoldik. Baxtiyor aka qizning qulog‘iga nima dedilar, biz buni bilolmadik. KVNda Baxtiyor aka tayyorlagan komanda g‘olib chiqdi.

Demak, izlanuvchanlik, oldindan kura olishlik, tomoshabinni sehrlab olish va originallik B.Sayfullayev rejissurasining uziga xos qirralaridir.

Aynan shu qirralarini stsenariyga jo qilish rejissyor va stsenarist hamkorliklarining mevasidir.



BADIIY SPORT TOMOSHALARI SENARIYSINI YARATISH USTIDA ISHLASH
Turli mavzularda stsenariy yaratish bilan bir qatorda rejissyor B.Sayfullayev uzining ijodiy faoliyati mobaynida sport tomoshalari stsenariysini yaratish va sahnalashtirish ishlarida ishtirok etgan. «Mehnat rezervlari» sport maydonida utkazilgan teatrlashtirilgan «Futbol-shou» dasturi, Uzbekiston va Tojikiston dustlik kechasiga bag‘ishlangan sport va san’at bayrami dasturi, Toshkentning 2000 yilligiga bag‘ishlangan katta bayram tomoshalari, Jizzax shahrida utkazilgan «Tumaris uyinlari» nomli xotin-qizlarning milliy sport uyinlari Respublika festivali va boshqa ijodiy ishlar shular jumlasidandir.

Jamiyatimizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar insonlar hayotining asosiy qismini qamrab olganligi bois ma’naviy va jismoniy sog‘lomlik jamiyatda ish yuritayotgan, faoliyat kursatayotgan barcha shaxslarga nisbatan eng oliy ne’mat hisoblanadi.



Sport va san’at – bu mamlakatni boshqa yurtlarga tanishtiruvchi vosita, elchi hisoblanadi. Shuning uchun ham davlatimiz siyosatida sport va san’atni rivojlantirishga qaratilgan bir qancha qaror va farmonlar, farmoyishlariga guvoh bulamiz. «Sog‘ tanda sog‘lom aql» deganlaridek, jamiyat uchun ham sog‘lom insonlar zarurdir.

Badiiy sport tomoshalarini yaratishda stsenarist rejissyor va sportchi-murabbiy bilan maslahatlashgan holda ularning xatti-harakatlarini qog‘ozga tushirishga harakat qiladi. Bunday tadbirlar asosan, musobaqa shaklida utkaziladi. Unga teatrlashtirish usullarini qullash esa tadbirning badiiy jihatlarini yanada kuchaytirishga, faollashtirishga sabab buladi va natijada tomoshabin uzi kutmagan rohatbaxsh manzaralarga duch keladi, tomoshaga nisbatan faolligi oshib boradi.

Quyida talabalar urtasida «Sihat-salomatlik yili»ga bag‘ishlab utkazilgan «Zarba – 2005» nomli teatrlashtirilgan boks-shou dasturi stsenariysi yozilishi jarayoni haqida qisqacha tuxtalib utmoqchimiz.

Ushbu tadbirga oldindan ishtirokchilar konkurs asosida qabul qilinadi. Bunda avval qarshi tomonlar aniqlanadi. Tadbirni tor yoki keng masshtabda utkazish mumkin. Tor masshtabda (agar oliygohda utkazilsa) guruhlarda, bulimlarda, fakultetlararo utkaziladi. Institutlararo, korxonalararo utkaziladigan tadbirlar esa keng masshtabni qamrab oladi.

Bu tadbir ishtirokchilarini aniqlash uchun guruhlar, bulimlararo musobaqalar uyushtiriladi va mas’ullar tomonidan g‘olib aniqlanadi va boks-shou dasturi uchun tavsiya etiladi.

Ushbu shou dasturda ishtirok etishni bildiradigan e’lon va afishalar yozish, tarqatish bilan birgalikda tadbir tashkilotchilari iloji boricha ishtirokchilarni tanlashda uzlari qatnashganlari maqsadga muvofiqdir. Chunki tashkilotchi yoki rejissyor uzi tanlagan «aktyor-sportsmen» bilan yuzma-yuz kurishib olib, undagi uziga xos xususiyatlarni, temperamentini bilib oladi va shunga mos partnyor tanlaydi.

Demak, birinchi jarayon, qatnashchilarni aniqlash.

Ikkinchi jarayon, boks-ring sahnasini shou dasturiga mos qilib tayyorlash. Dasturni sport maydonlarida, sport zallari va madaniyat, istirohat bog‘lari sahnalarida ham utkazish mumkin.

Biz Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining sport zalida utkazishni muljallaganligimiz uchun ushbu zalni bezash ishlariga kirishamiz. Birinchi navbatda ring tayyorlash ishlarini amalga oshiramiz. Badiiy bezatilgan qoziqlar, chiroyli tortilgan lentalarni bog‘lab ringni kuz oldimizga keltiramiz. Bularning barchasi shartlilik ravishdadir.

Ishtirokchilar uchun maxsus himoya vositalaridan foydalaniladi. 5-qoziq shuning uchun kerakki, ringga kirib-chiqib turish uchun eshik urnida ochiq joy qoldiriladi. Undan tashqari sahna atrofiga, zal ichkarisiga turli sport plakatlari, turli sport, salomatlikka chorlovchi shiorlar osilgan. Ring qoziqlariga sharlar, gullar osilib bezatilgan. Bu degani, ushbu tomosha oddiy boks tomoshasi emas, balki teatrlashtirilgan, badiiylashtirilgan tomosha ekanligidan dalolat beradi.

Uchinchi jarayon, bu shou dasturda nafaqat sportchilar, balki qiziqchilik, raqs, musiqa, xullas san’atning turli sohasida faoliyat yuritadigan ishtirokchilar qatnashishlari mumkin. Ular bilan ishlash rejalari tuzilib, repititsiyalar qilinadi.

Turtinchi jarayonda, hakamlar hay’ati tanlanib, ularning joylari aniqlanib, jihozlanadi, ball kursatkichlari uchun maxsus tayoqchalar tayyorlanadi.

Yuqorida qayd etganimizdek, stsenariy – utkaziladigan tadbir yoki tomoshaning tuliq yozma bayonidir. Shuning uchun ham bu tomosha IV kurs talabalarining bitiruv malakaviy ishlarining amaliy qismi sifatida bajarilishi ham mumkin.

Bu tadbirni ikki yoki uch bosqichda, ya’ni ikki yoki uch kun uyushtirish mumkin. Birinchi va ikkinchi kunlari g‘oliblar aniqlanib, uchinchi kun esa final uyinlari utkazilishi mumkin. Biz stsenariyni uchinchi kun, ya’ni final uyinlarini nazarda tutgan holda tushuntirishga harakat qilamiz.

Stsenariyning birinchi beti tepasiga tadbir nomi yozilib aniq sanasi, vaqti va utkaziladigan joy kursatiladi.

Stsenariyning kirish qismida tadbir ruhini, atmosferasini yaratayotgan musiqa, sahnaning bezagi haqida qisqacha ma’lumot berilishi mumkin.

Chorlov musiqasi yangraydi.

Shux kayfiyat, kutarinki ruhda musiqa sadosi ostida boshlovchi chiqib keladi.

Boshlovchi – Hurmatli xonimlar va janoblar! Hurmatli ustozlar va talabalar! Bugungi bizning «Zarba – 2005» shou dasturimizga xush kelibsiz. Prezidentimiz tomonidan ushbu yilning «Sihat va salomatlik» yili deb e’lon qilinishi uzimiz va atrofdagilarning salomatligi uchun javobgar bulishga, jismoniy jihatdan sog‘lom bulishiga, har tomonlama komil inson bulib yetishiga qaratilgandir. Shunday ekan, bizning talaba-yoshlarimiz, har tomonlama ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va jismoniy jihatdan ham sog‘lom bulishlari lozim.

Demak, kutib oling, birinchi va ikkinchi turda g‘oliblikni qulga kiritib, final uyinlariga yullanma olganlar: 1, 2, 3, 4, 5, 6 (g‘oliblarning ismi-shariflari, laqablari) – ishtirokchilarga kutarinkilik kayfiyatini beruvchi ta’riflar berilib, sahnaga taklif qilinadi. Har bir qahramon sahnaga taklif qilinayotganda uning xarakterli xususiyatlariga mos she’rlar, parodiyalardan foydalanish mumkin. Boshlovchi hakamlar hay’ati, refere, sharhlovchi va shou dasturining boshqa a’zolari bilan tanishtiradi. Sharhlovchilarning bittasi haqiqiy professional, ikkinchisi esa hazil mutoyiba tariqasidagi suzlar bilan olib boruvchi boshlovchilardan tayinlansa shou dastur yanada qiziqarliroq kayfiyatda utadi.

Qatnashchilarga jang shartlari tushuntirilgach, ular belgilangan joylarga borib turadilar.

Ringa birinchi juftlik taklif etiladi. Jang boshlanadi.

Bu musobaqa uyinlariga professional sharhlovchi va hazil bilan olib boruvchi sharhlovchilar galma-galdan izoh berib boradilar. Tuplagan ball, ochkolar hisobiga g‘olib bulganlar aniqlanadi va «Zarba – 2005» yilning sovrindori buladilar.

Har bir jang urtasida, tanaffuslarda, ballar, ochkolar e’lon qilgunga qadar turli san’at janrlaridan foydalanish mumkin.

Masalan, 1 raunddan keyin litsey, maktab uquvchilarining «Taekvando» usullari buyicha tayyorlangan uyinlari (fonogrammada musiqa jurligida), 2 raunddan keyin olamni asarash, Vatan, mehr-muhabbat haqida qushiq, 3 raunddan keyin tomoshabinlar bilan turli qiziqarli uyinlar utkazish mumkin. Masalan, sahnaga 2 ta boksni sevadigan ishtirokchi taklif etiladi. Ularga uyin sharti tushuntiriladi. Uyinning sharti shunday iboratki, ikkala qatnashchining ham kuzlari bog‘lab quyiladi, ularni ikki-uch marta aylantirib turli tomonlarga qaratib quyib jang boshlashga komanda beriladi. Shunda ular bir-birlarini kurmasdan jang qila boshlaydilar, natijada tomoshabinlar kuz oldida qiziqarli vaziyatlar va holatlar ruy beradi, tomoshabinlar esa bundan estetik zavq oladilar.

Yana bir uyin. Uzunligi 2,5 m bulgan urindiq (skameyka) yoki taxta quyilib, uning ikki tomoniga 2 ta ishtirokchi taklif qilinadi va qullariga yostiqqa uxshash yumshoq narsa beriladi (yoki boks qulqopchalaridan foydalanish mumkin). Shu urindiqdan qaysi biri ikkinchisini urib tushurib yuborib, urindiqni u tomoniga utib olsa, u g‘olib hisoblanadi.

Yoki suz uyinlarini tomoshabinlar bilan utkazish mumkin. Masalan: «Kuching bulsa, aqlning keragi yuq», siz bu savolni qanday tushunasiz, savol uzi tug‘rimi, xullas shunga uxshash hazil-mutoyiba savol-javoblar bilan tomoshabinlar bilan suz uyinlarini utkazib tadbirning badiiylik salohiyatini yanada oshirish mumkin.

Demak, bu stsenariyning kompozitsion tuzilishini quyidagicha belgilash mumkin.

a) Prolog – final ishtirokchilari bulmish sportchilarni sahnaga turli ta’riflar bilan taklif qilinishi.

b) Epizodlar qatori – 1,2,3,4 raundlar va ular orasidagi badiiy qism.

v) Kulminatsiya – oxirida qolgan eng kuchli jangchilarning chiqishi.

g) Final – g‘oliblarni aniqlash va taqdirlash.

San’at noziklikni, mayinlikni, jozibadorlikni, sport esa qat’iyatni, jismoniy baquvvatlilikni, qattiqqullikni talab qiladi. Tashqaridan qaraganda bu ikki hodisani bir-biriga bog‘lash mumkin emasday tuyuladi. Bunday muvaffaqiyatli uyg‘unlikka faqat teatrlashtirish usullari orqali erishish mumkin.

Teatrlashtirish yuqorida qayd etib utganimizdek, dramaturgiya qonuniyatlariga asoslanish, tadbirni ma’lum bir spektakl shakliga keltirishdir. Sportchi sahnaga chiqqach, uzini faqat bokschi emas, balki aktyor deb hisoblashi lozim. Buning uchun rejissyordan katta ma’suliyat talab qilinadiki, tadbir haqiqiy sport uyini emas, badiiylashtirilgan sport tomoshasiga aylantirilishi lozim. Mana shu maqsadlarning barchasi badiiy sport tomoshalari stsenariysida uz ifodasini topmog‘i lozim.

Teatrlashtirilgan sport tomoshalariga kuplab misollar keltirish mumkin. Afinada bulib utgan Olimpiada uyinlarining ochilish va yopilish qismlaridagi teatrlashtirish usullarining yuksak mahorat bilan qullanganligi bularga misol bula olishi mumkin.

1988 yil rejissyor Baxtiyor Sayfullayev tomonidan sahnalashtirilgan va uyushtirilgan «teatrlashtirilgan futbol» ham bunga misol bula oladi. Ushbu tomosha «Paxtakor», «Mehnat rezervlari» sport majmualarida tomoshabinlarning zur olqishlari sadosi ostida utkazilgan edi. Tomoshada ikkita komanda: «Paxtakor»ning haqiqiy komanda a’zolari bilan mashhur san’atkorlardan tashkil topgan «Ijodkor» komandasi urtasida futbol uyini utkazilgan edi. Ushbu tomosha sport uyinlari va san’at vositalari bilan uyg‘unlashib, yagona bir maqsadga qaratilgan badiiy sport tomoshasiga mahorat bilan aylantirilgan edi.

Har bir tadbir tomoshasini sahnalashtirish jarayonida rejissyor uz oldiga oliy maqsadni quyadi. Ya’ni, bunday tadbirlar tomoshalarning bir-biriga beg‘araz, nafrat kuzi bilan qarashiga yul quymasliklari, bir-birlariga nisbatan dushmanga aylanib qolmasliklari, bir-birlarini raqib sifatida emas, dust, aka-uka sifatida qabul qilishga, mag‘lubiyatni tan olib, yanada kuproq mehnat qilishlarini tushunib olishlari va eng asosiysi bir-birlariga hurmat nuqtai nazarida munosabatda bulishlariga erishish lozim.

Xulosa qilib aytganda, stsenariyning yaratilishida rejissyor bilan stsenaristning hamkorligi bayram yoki tomoshaning yaratilishidagi harakatlarning ilk bosqichidir.
Takrorlash uchun savollar:


  1. «Stsenariy» tushunchasini izohlab bering.

  2. Stsenariy yaratish jarayonida rejissyor-stsenarist qanday vazifalarni amalga oshirishi lozim?

  3. Pesa, instsenirovka, stsenariy rejasi va stsenariy tushunchalarini bir-biridan farqlab bering.

  4. Stsenariyning turlari haqida gapirib bering.

  5. Rejissyor B.Sayfullayev stsenaristlar oldiga qanday talablarni quyadi?

  6. Hozirgi kunda ijod qilayotgan qaysi stsenaristlarni bilasiz?

  7. Stsenariyni rejissyorlik tahlil qilganda qaysi punktlarga javob berishi kerak? Uzingiz hohlagan bir stsenariyni olib tahlil qiling.

  8. Sport bayramlarini tashkil qilishga oid stsenariylarni yaratishda nimalarga e’tibor berish kerak? Biron-bir sport turiga oid stsenariy yozib uni qanday tashkil qilish tug‘risida aytib bering.

  9. Rejissyor B.Sayfullayev qaysi badiiy sport tomoshalarini sahnalashtirgan, nomlarini aytib uting.


OMMAVIY BAYRAM VA TOMOShALARDA BADIIY BEZAK. RASSOM BILAN HAMKORLIK
«Eortologiya» uzining birinchi ilmiy rivojlanish va shakllanish jarayonidayoq bayramlarni kompleks urganishga va uni ijtimoiy hayotning aniq bir bulagi sifatida qaralishini ta’minlaydi. B.Glan, I.Tumanov, A.Silin kabi ijodkorlarning rejissyorlik faoliyatiga nazar tashlaydigan bulsak, ular utkaziladigan bayram va tomoshalarining «effektli tomoshaviylik»ka erishish yullari, bayramlarning dekorativ-badiiy bezagi haqida, umuman bayramlarni tashkil etishning uziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritganlar.

Hozirgi kunda Respublika miqiyosida utkaziladigan bayram va tomoshalarning badiiy bezagi bilan shug‘ullanuvchilar ijodiga e’tibor beradigan bulsak, Uzbekiston sharoitida bunday mutaxassislar barmoq bilan sanarli darajada kam.

San’atshunos olim K.Makarov dekorativ bezak haqida fikr yuritib shunday deydi: «Badiiy bezash-sintezlashgan dunyoning guzalligini tasvirlash formasidir».1 Darhaqiqat, dunyoning guzalligini tasvirlash har qanday rassom ijodining oliy chuqqisidir. Leonardo Do Vinchi, Rafael Mikelanjello, Rembrand kabi buyuk rassomlar ijod namunalarini yaratib dunyoni larzaga solganlar. Ularning asarlariga e’tibor qaratadigan bulsak, ular – bebahodir. Rassomlar ana shunday asarlari uchun butun qobiliyati, dunyoqarashini, yuragini, davr ruhiyatini va boshqa xususiyatlarini jo qilganlarki, shuning uchun ham bu asarlar hali xanuzgacha asrdan asrgacha, avloddan avlodgacha moddiy va ma’naviy meros sifatida yetib kelmoqda.

Urta Osiyoda Behzod, Moniy kabi, Uzbekistonda Belkov, Urol Tansiqboyev, Usta Mumin, Abdulxaq Abdullayev, Raxim Ahmedov, Georgiy Brim, Ruzi Choriyev, Bahodir Jalolov, Javlon Umarbekov, Alisher Mirzayev, Baxtiyor Turayev kabi rassomlar rassomchilik san’atining rivojlanishiga katta hissa qushgan ijodkorlardir. Rassomda shunday xususiyat buladiki, rejissyorning tasavvuriga sig‘mayotgan tushunchani u kuz oldiga keltira oladi. Teatrda faoliyat kursatayotgan rassom faqat teatr binosi ichkarisida, sahna atrofidagi badiiy bezakka e’tibor beradigan bulsa, ommaviy bayram va tomoshalarda uning masshtabi ming marotaba kengayadi. U nafaqat sahnani, balki butun maydonni, tomosha utkaziladigan joyni tuldirib, unga ma’no va mazmun berishi lozim.

Ommaviy bayram va tomoshalarda rassom – arxitektor, dizayner, dekorator – bezovchi va muxandis – konstruktorga aylanadi.

Teatr rassomi aniq «korobka» ichida, ya’ni sahnani bezashga uz fantaziyasini ishga solib spektaklni bezagini tulaqonli yoritishi mumkin. Ammo ommaviy bayram tomoshalar asosan, yuqorida ta’kidlab utganimizdek, kuchalarda, bog‘larda, sport maydonlarida, suv havzalarida, tsirk arenalari, xullas, noan’anaviy sahnaviy sharoitda utkazilganligi uchun uning uziga yarasha qiyinchiliklari, hal qilish zarur bulgan muammolari bor. Masalan, sport maydonini olaylik, u yerda na sahna, na biror bir plakat yoki shiorlar, gullar, sharlar osadigan moslamalar bor, tomoshabin urindiqlari-yu, tup darvozasidan boshqa hech narsa yuq. Rassom uzining mehnati, fantaziyasi, dunyoqarashi va saviyasi bilan shu maydonga ma’no va mazmun baxsh eta olish qobiliyatiga ega bulishi zarur. Ba’zan joyning uzidagi sharoit utkaziladigan tadbirning g‘oyasiga mos kelishi ham mumkin. Bunda rejissyor, stsenarist va rassomning ijod uyg‘unligida chuqur fantaziyalar, badiiy effektlar va boshqa ta’sirli imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratilishi mumkin. Lekin kup hollarda buning aksi buladi. Shuning uchun ham rassom butun maydonni masshtabini aniq olib «korobka»ga joylashtirib, uni badiiy jihatdan bezab,, tadbirga tomoshaviylik effektini berishi lozim.

Ommaviy bayram va tomoshalarda tadbir utkaziladigan joy qanchalik keng bulsa, unga bezak uchun sarflanadigan sarf-harajatlari ham kup bulishini hisobga olish zarur. Bunday tomoshalar faqat bir marta utkazilishi, qolaversa, kamer sharoitidagidek bilet sotish imkoniyatlari deyarli yuqligi va boshqa jihatlari hisobga olinib, iloji boricha arzon va harakat qilish uchun qulay imkoniyatlar izlanadi. Ammo bu jihozlar bir tomondan «arzonligi» bilan ajralib tursa, ikkinchi tomondan esa konstruktsiyalangan, qiziqarli mezonsahnalar qurish imkonini berishi, obrazli, ramziy ma’no beruvchi vosita sifatida qullanmog‘i lozim.

Rejissyorning rassom bilan hamkorligi jarayonida sahnaviy maydonni konstruktsiyalashda kup sonli ishtirokchilarning sahnada paydo bulishi va tezda g‘oyib bulishi, nomerlarni dinamik ravishda almashishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratishni ham hisobga olish zarur.

Rassomning vazifasi faqat sahnani va uning atrofini bezash bilan cheklanmay, balki rang, bezak bilan bog‘liq bulgan barcha ijodiy jarayonlarni masalan, dekoratsiyalar, butaforiyalar, sahnaviy liboslarni, sahnada ishlatiladigan barcha jihozlarni tanlashda ham ishtirok etadi. Ayniqsa, u rejissyorga obrazli yechimini topishga katta yordam beradi. Hamma rassomlar ham teatrda va ommaviy bayramlarni sahnalashtirishda uzining mahoratlarini namoyon eta olmasliklari mumkin. Alohida olingan tasviriy san’at janrlari (portret, jivopis, grafika, skultura va h.k.)da ijod qilgan rassomlar ma’lum muvaffaqiyatlarga erishishlari mumkin. Ammo teatr yoki bayram va tomoshalar rassomligi vazifasini bajarish uchun faqat rasm chizish yetarli emas. U teatr san’atining barcha qonun-qoidalarini, sahna tuzilishini, arxitektura, grafika, skulptura, qolaversa, san’atning barcha turlarini ranglar jilosi uyg‘unligiga erisha oladigan san’atkor bulmog‘i lozim.

Teatr san’ati asoschisi K.S.Stanislavskiy uzining «San’atdagi hayotim» kitobida bir atoqli rassom ijodi haqida shunday deydi: «Artistlarning uz hohishlari bilan qiladigan, butun postanovka va u yoki bu rolning ma’naviy vazifalari taqozo etadigan sahnaviy jihozlarning muvaffaqqiyatli chiqishini, e’tirof etishini angladim. Bu narsa menga teatrga oddiy jivopis – rassom emas, balki ozgina bulsa-da, rejissyorlik ishlaridan xabardor hamda san’atimiz va texnikamizning asoslarini, vazifalarini tushunadigan rassom lozimligini yana bir karra tushuntirdi».1

B.Sayfullayev uz rejissyorlik faoliyati mobaynida Uzbekiston Respublikasi san’at arbobi, «Zamin yulduzi» mukofoti sovrindori, Uzbek milliy teatri bosh rassomi Baxtiyor Turayevning rassomlik faoliyatiga yuqori nazar kuzi bilan qaraydi.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling