Toshkent davlat madaniyat instituti vahobjon rustamov
Download 1.35 Mb.
|
Укув кулланма Режиссура Рустамов В (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Саҳна тузилиши чизмаси
- Takrorlash uchun savollar
- MUSIQANING OMMAVIY BAYRAMLARDA TUTGAN URNI
- Baxrulla Lutfullayev.
- Mushkilot»
Baxtiyor Turayev. 1963 yilda Samarqand viloyatining Kattaqurg‘on shahrida tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent teatr va rassomchilik institutining teatr dekoratsiyasi fakultetini tugatdi va shu yili Hamza nomidagi uzbek davlat akademik drama (hozirgi Milliy) teatrida bosh rassom sifatida mehnat faoliyatini boshladi. U talabalik yillari olgan nazariy va amaliy bilimlarini uyg‘unlikda olib borgan holda Alisher Navoiyning «Sa’ddi Iskandariy» (Shuhrat Rizayev instsenirovkasi, rejissyor B.Yuldoshev) spektakli dekoratsiyasini diplom ishi sifatida badiiy kengash va tomoshabinlar e’tiboriga havola etdi (G.Brim bilan hamkorlikda). U «Chimildiq», «Mashrab», «Qatag‘on», «Abdulfayzxon», «Yorqinoy», «Sohibqiron», «Muhabbat sultoni», «Noyob nusxa», «Hayot eshik ortida», «Chulpon», «Usmon Nosir», «Piri koinot», «Al – Farg‘oniy» kabi 50 dan ortiq spektakllarning sahna yuzini kurishida rassom-dekorator sifatida ijod qildi. B.Turayevga qung‘iroq qilib, ular bilan rejissyor B.Sayfullayevning hamkorlik jarayonlari haqida suhbatlashmoqchi bulganimni aytganimda, ular bajonidil rozi buldilar. Ular bilan suhbatlashmoqchi bulib Milliy teatrga borganimda «Yoshlar radiokanali» muxbirlari savollariga javob berayotgan ekan. Muxbir unga ustozlaringiz haqida gapirib bering, deganlarida, ular: «Mening ustozlarim uchta: Birinchi ustozim, maktabda uqib yurganimda meni shu kasbga qiziqtirgan, shu sohaga yunaltirgan rasm uqituvchim Vyacheslav Petrovich, ikkinchisi Kattaqurg‘on teatri bosh rassomi Noila Qoriyeva, uchinchisi, meni shu sohani kasb sifatida uzlashtirishimga har tomonlama yordam bergan, rassomlik san’atining barcha ikir-chikirlari, sir-sinoatlarini urgatgan Uzbekistonda xizmat kursatgan san’at arbobi, Davlat mukofoti sovrindori Georgiy Brimdir», – deb javob berdi. Baxtiyor Turayev Baxtiyor Sayfullayev rejissyorlik qilgan, sahnalashtirgan deyarli barcha bayram va tomoshalarida, jumladan, «Qushiq bayrami», «Uzbekiston Vatanim manim», «Ofarin» festivali, Konstitutsiya kuni, yubileylar, hukumat tadbirlari, Jizzax viloyatida utkazilgan «Navruz», «Mustaqillik» bayramlari va boshqa tadbirlarda bosh rassom sifatida ishtirok etgan. B.Sayfullayev tug‘risida suhbat boshlaganimizda, u quyidagilarni aytib berdi:
«B.Sayfullayevdagi eng yaxshi fazilatlardan biri – u odamni fikrini oxirigacha sabr bilan tinglay oladi, sung munosabat bildiradi. Ustozlarim menga «eshita bilgan odam butun odam, eshitmagani yarim odam», deyishgan. Baxtiyor akada psixologiya, ya’ni insonni ruhiyatini tug‘ri anglay olish qobiliyati kuchli bulganligi uchun ham qul ostidagi, atrofdagilar bilan tezda til topisha oladi; Har bir ijodiy ishga qul urganlarida yangilik yaratishga harakat qiladilar. Hamma jarayonlarga professional kuz bilan yondashib, xalq nazari bilan qaray oladi; U uz dunyoqarashlarini sahnaga kuchira oladigan kuchli professional san’atkordir; Darhaqiqat, B.Turayevning rejissyor B.Sayfullayev haqidagi ushbu fikrlarini tahlil qiladigan bulsak, bir kitob bulgulik bahs-munozaralar tashkil etish mumkin. «Baxtiyor aka bilan utkazgan har bir ijodiy hamkorligim, daqiqalarim hayotimning guzal lahzalaridir, men uchun katta dars, maroqli mashg‘ulot, saboqdir. Ular bilan ijodiy hamkorlikda ishlagan asarlarim hali ham yurtimizda utkazilayotgan bayram va tomoshalarida ishlatilib kelmoqda. Masalan, «Qushiq bayrami» uchun ishlangan orqa parda (zadnikdagi)ga saroy kurinishlari, Toshkentning tungi tasviri, eski Toshkent va boshqa asarlar shular jumlasidandir», – deydi rassom. Har qanday teatr rassomi sahnaning tuzilishi, qurilmalari va ularni qullash texnologiyasini yaxshi bilishi shart. Sahna tuzilishini yaxshi bilish har qanday rejissyorning ishini osonlashtiradi, chunki teatr san’ati sahnasidagi bor imkoniyatlarni, barcha jihozlarni tomosha utkaziladigan noan’anaviy sahnaviy maydonga kuchirish undan katta mehnat talab kiladi. Sport maydonlari, kul atroflari, muz usti, kuchalar, tsirk arenalari, kupriklar va boshqa noan’anaviy sahnaviy kengliklarda sahna sharoitini yaratish rassomning birinchi galdagi vazifalaridandir. Baxtiyor Turayev bilan shu mavzu buyicha suhbatlashayotgan paytimizda bizning Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat instituti talabalari ham amaliyotni utash uchun shu yerga kelib qoldilar. B.Turayev talabalarga sahnaning tuzilishi, dekoratsiya yaratish usullari haqida gapirib, sahna texnikasi va texnologiyasini bilmay turib, sahnaviy sharoit yaratish qiyinligi haqida aytib utdilar. Shu jihatdan sahna tuzilishini aniq va tushunarli bulishi uchun quyidagi tasvirni ilova qilish maqsadga muvofiqdir: 4 10 20 6 17 19 8 22
21 7 5 8 12 13 15 14 3 1 2
11 16
Sahnaning oldi qismi (avanstsena) Pardadan keyingi sahna (stsena,1,2 plan); Aylanadigan baraban; Oldingi parda (arlekin); Qattiq portal; Orqa parda (zadnik); Harakatlanuvchi (suriladigan) portal; Yon parda (kulis); Portaldagi chiroqlar; Orqadagi chiroqlar (kontr); Oxirgi pardadan keyingi sahna (arerstsena); Portal eshigi; Sahna oynasi; Rampa; Sahna poli (planshet); Sahna tagidagi joy (tryum); Sahnadan tashqaridagi projektorlar (vыnosnoy pr.); Karman; Orqa parda (zadnik)lar ilinadigan moslama; Urtadagi chiroqlar (sofit); Sahnaning oldi qismi (avanstsena)ni yorituvchi kichik dumaloq chiroqlar; Ikki kulisni birlashtiradigan parda (paduga). Sahna tuzilishining yuqorida kursatilgan bulak va qismlarini noan’anaviy sahnaviy muhit va sharoitga kuchirish yoki moslashtirish katta mahorat va mas’uliyat talab qiladigan jarayondir. Bayram va tomoshani tashkil qilishda ishtirok etayotgan dekorator, chiroqchi, liboschi, fon guruhlari rahbarlari va boshqa barcha ijodiy guruhlar rejissyor va rassomning nuqtai nazariga xizmat qiladilar. Rassomning bayram va tomoshalarni sahnalashtirish jarayonidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: tadbir utkaziladigan joy urganiladi; stsenariy bilan tanishib chiqiladi; tadbir mavzusi va g‘oyasidan kelib chiqqan holda sahnaning umumiy holati tasvirlanadi, sung eskizlar tayyorlanadi; rejissyor bilan maslahatlashib, uning tasdig‘idan utgandan sung asosiy ish jarayoni boshlanadi; eskizlar asosida andozalar chiziladi va katta sahna uchun moslashtiriladi; B.Turayev suhbat orasida, har bir rassomni uz rejissyori buladi, men hali uz rejissyorimni topmadim, lekin ommaviy bayram va tomoshalar, teatrlashtirilgan kontsertlar rejissurasi buyicha men uzimni rejissyorim sifatida B.Sayfullayevni tan olganman, – deydi. «Rassomlik juda g‘aroyib kasb. Kimdir bir tuda yog‘ochni olib keladi-da, taraq-turuq qilib qoqib, dekoratsiya yasab tashlaydi, guyo sahnani bezaydi. Kimdir nozik did bilan uz sahna shaklini yaratadi, mehrini, muhabbatini ayamaydi, misol farzandini oyoqqa quyayotgan ona kabi. Rassomlik kasbi uchun uning saviyasi va dunyoqarashi katta ahamiyatga ega. B.Turayev uchun teatr, bu murakkab jarayon, har bir yangi asar ustida ish boshlaganda u oddiylikdan, an’anaviylikdan qochib, uziga xos tarzda yondashadi, asl mohiyatini anglashga, ifoda etishga intiladi. Dramaturgiyaning tahlili falsafiy mushohada, pesaning sahna kengliklarida, teatrlashgan shaklu-shamoyilini yaratish – Baxtiyor Turayevning faoliyati ana shunday ijodiy izlanishlardan iborat», – deb yozadi ustozi G.Brim. «B.Turayevning sahna sirlarini yaxshi bilishi, rejissyorning nuqtai nazari, qarashlarini tug‘ri anglay olishi, ayniqsa, fikrimni tez ilg‘ab olishi mening ijodimga doim dalda bulib kelgan. Undagi tasavvurning kuchliligi, uz ishiga katta mas’uliyat bilan qarashi mening rejissyorlik ishlarimning badiiy jihatdan tulaqonli boyitilishiga katta ta’sir kursatadi», – deydi B.Sayfullayev Bayramlarni tashkil kilishda effektli tomoshaviylikka erishish,tomoshabinga estetik zavq ulashish rassom ijodining asosiy faoliyatidir. Rassomning ishi zur bulib, rejissyorlik ishi esa past darajada amalga oshirilsa – u xuddi kurgazma (vistavka)ga uxshab qoladi. Shuning uchun rejissyor bilan rassomning ijodi bir-biriga singib, uyg‘unlikda amalga oshirilishi zarur. Bir suz bilan aytganda, rassomning rejissyor bilan hamkorligi bayram va tomoshalarni sahnalashtirishdagi asosiy jarayonlardan hisoblanadi. Hozirgi texnika taraqqiyoti davrida turli texnika vositalari, pnevmatik uskunalar, sharlar, lazer nurlari, turli effektlar – bayramlarning tomoshaviylikka erishishi, bayram va tomoshalarning badiiy bezagining yangi usullaridirki, ular rassom ijodini yanada boyitishga xizmat qiladi. Takrorlash uchun savollar: Ommaviy bayram va tomoshalarni sahnalashtirishda rassomning vazifasi nimalardan iborat? Bayram va tomoshalarda rassom bilan rejissyorning hamkorligi nimalarda namoyon buladi? Qaysi rassomlar ijodi bilan tanishsiz? Tasviriy san’atning qaysi turi teatr san’ati va ommaviy bayramlarda kuproq qullaniladi? Rejissyor Baxtiyor Sayfullayev rassom Baxtiyor Turayevning qaysi fazilatlarini qadrlaydi? Sahnaning tuzilishini tushuntirib bering. Teatr rassomi, ommaviy bayram va tomoshalar rassomi, dekorator, chiroq ustalarining ish faoliyatidagi vazifalarini aytib bering. Rassom B.Turayevning qaysi ijod namunalarini bilasiz, u rassomlik san’atining qaysi yunalishi buyicha kuproq ijod qilgan? Hozirgi kunda bayramlarni badiiy bezashning qanday usullarini bilasiz? MUSIQANING OMMAVIY BAYRAMLARDA TUTGAN URNI Turmushning hamma qirralarida, moddiy va nomoddiy sohasida ham musiqa san’ati kishilarni ezgulikka, yaxshilikka, ulug‘likka chorlovchi, mehnatga undovchi, insonlarda estetik zavq uyg‘otuvchi vosita sifatida qaraladi. Musiqa insonlarning og‘ir damlarida dardkash, quvonchli kunlarida hamroh bulib, ularning ma’naviyatini yaxshilik tomonga yunaltirishga xizmat qiladi va qilayotir. Faqat san’at jabhalarida emas, balki hayotning boshqa sohalarida ham musiqa muhim rollardan birini bajaradi. Lekin teatrda ham, radio, televideniyada ham musiqa yordamchi komponentlardan biri hisoblanadi, deyishadi. Bu bilan musiqa san’atlar ichida ikkinchi darajali ekan, degan fikr kelib chiqmasligi lozim. Musiqa san’ati – bu alohida san’at turi bulib, san’atning boshqa turlariga singib ketgan. Raqs, teatr va boshqa san’at turlarini musiqasiz tasavvur qilib kurish mumkinmi? Albatta mumkin emas. «Musiqa» – yunoncha «musa» turli-tuman tovushlar bilan badiiy obraz yaratib beruvchi, g‘oyaviy emotsional mazmunga ega bulgan san’atning bir turidir.1 Qisqacha qilib aytganda, musiqa – tovushlar yig‘indisi, degan ma’noni anglatadi. Agar xoreografiya, raqs san’ati qul, yuz, mimika xatti-harakatlari orqali badiiy obraz yaratuvchi san’at turi hisoblansa, musiqa – tovushlar orqali yaratilgan san’at turi hisoblanadi. Insonning jamiyatda tutgan mavqei, madaniy-tarbiyaviy, g‘oyaviy tashkilotchilik rolida musiqa yuksak urinda turadi. Har bir xalqning musiqasi milliy xususiyatlarga kura bir-biridan farq qiladi. Xalq musiqasi uzoq yillar mobaynida shakllanib, xalqning boy xazinasiga aylandi. Xalq musiqasi bilan mustahkam bog‘langani holda professional musiqa ham taraqqiy qilib keldi-ki, uning vujudga kelishiga mohir sozanda, bastakorlar uz hissalarini qushdilar.2 Musiqa san’ati sahna asarlari: teatr, drama, musiqali drama, opera, operetta, balet, kino va boshqa san’atlar ichida muhim rol uynaydi. Ommaviy bayram va tomoshalarda esa uning roli benihoya ulkandir. Ommaviy bayram va tomoshalarda musiqaning turli janrlari ishtirok etishi mumkin. Undan tashqari bunday tadbirlarda musiqali jamoalar, vokal cholg‘u ansambllari, musiqalardan parchalar, alohida musiqali nomerlar, boshqaruvchilarning chiqishlari uchun musiqa, xullas, voqeaning rivojlanishi uchun, tadbir yoki tomoshaning tempo-ritmini ushlab turishi uchun musiqa san’atidan foydalaniladi. Rejissyor B.Sayfullayev uzi musiqa san’ati frontida ishtirok etmasa ham, musiqaning tarixi va nazariyasini yaxshi tushunadi. Shuning uchun ham u barcha tadbirlarga musiqa yozish va tanlash ishlarida shaxsan uzlari ishtirok etadilar. Ommaviy bayram va tomoshalarda musiqa quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin:
musiqa – qatnashuvchilar, ishtirokchilar obrazlarini xarakterlab beradi; harakat vaqti, joyini ifodalashi mumkin; tomoshabinga kurinmayotgan voqealarni ilg‘ab olishga, tez tushuna olishiga kumaklashadi; harakat, voqeada sahnaviy muhit yaratadi; monolog va dialoglarning emotsionalligi (hissiyot, hayajonliligi)ni kuchaytiradi; suz bilan ifodalash qiyin bulgan daqiqalarni tasvirlay bera olishi mumkin; xatti-harakat, voqealarni tuldirishi, boyitishi mumkin; pauzalar urnini tuldirishi mumkin; vaqtni tejash yoki chuzish va boshqa muhim vazifalarni bajarishi mumkin. Hozirgi kunda ommaviy bayram va tomoshalar rejissurasida musiqa muhim vositalardan biri bulishi bilan birga undan foydalanish, uni yaratish, uni qullash ma’lum qiyinchiliklar bilan bog‘liqdir. Ayniqsa, ochiq havoda, noan’anaviy sahnaviy maydonlarda utkaziladigan tadbirlar bevosita juda katta muammolar bilan bog‘liq buladiki, bunda rejissyor barcha qiyinchilik, muammolarni bartaraf qilish yullarini izlashiga tug‘ri keladi. Joylarda texnik vositalarning hali yetarli darajada tuliq talabga javob bera olmasliklari eng asosiy qiyinchiliklaridan biridir. Bayram yoki tomosha uchun alohida musiqa yozish qiyin kechadigan jarayondir. Shuning uchun kupgina rejissyorlar tayyor musiqa asarlarini tanlaydilar va shu musiqa asosida ish olib boradilar. B.Sayfullayev esa har bir bayram uchun alohida musiqa yozish uchun harakat qiladi. Bunday mas’uliyatli ishni amalga oshirishda unga Uzbekistonda hizmat kursatgan artist, Qoraqalpog‘iston Respublikasi San’at arbobi, «Shuhrat» ordeni sovrindori, professor B.Lutfullayevning hozirjavoblik hislatlari Baxtiyor aka uchun qul keladi.
Uzining ish faoliyatida Uzbekiston Davlat Teleradiokompaniyasida xor artisti (1965y.), xor dirijyori (1977-1979y.), 1979-1985 yillarda u 1-darajali dirijyor, 1985-1988 yillarda esa Oliy darajali dirijyor bulib ishlagan. 1988-1992 yillarda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutida «Xalq musiqasi» kafedrasida dotsentlik vazifasida, 1992-1997 yillar Uzbekiston Davlat Teleradiokompaniyasi bosh muharrir, 2002-2003 yillari «Uzbeknavo» estrada birlashmasida badiiy rahbar bulib ishlab keldi. 2003 yildan boshlab Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at institutida (hozirgi Uzbekiston Davlat san’at instituti) «Qushiqchilik» kafedrasi mudiri bulib ishlab kelmoqda. U uz ijodiy faoliyati mobaynida 6 ta simfoniya, 10 ta musiqali drama, 300 dan ortiq qushiq, kantata, simfoniya – oratoriya, poema, syuitalar va B.Sayfullayev bilan birgalikda ishlash jarayonida bir qancha yangi asarlarni yaratdi. «Ғalabaning 50 yilligi» Toshkent, Jizzax, Andijon, Samarqand viloyatlarida utkazilgan «Navruz», «Mustaqillik» bayramlarida, hukumat tadbirlari, kontsertlar, sport tomoshalari va boshqa bir qancha tadbirlarda B.Lutfullayev bastakor, musiqa bezakchisi sifatida ishtirok etib keldi. J.Jabborov she’ri bilan mustaqillikka bag‘ishlangan «Bu ulug‘ bayram», «Jizzax elim» qushiqlari, N.Narzullayev qalamiga mansub «Navruz ulsun», muchal tuyiga bag‘ishlab yozilgan «Muchal yoshing muborak» kabi qushiqlari bastakorning aynan B.Sayfullayev sahnalashtirgan bayram va tomoshalari uchun yaratilgan asarlaridir. Rejissyor va bastakor bayram va tomoshani sahnalashtirishdagi asosiy ijodiy hamkorligi jarayonida quyidagi ishlarni amalga oshirishlari lozim:
bastakor stsenariy bilan tuliq tanishib chiqadi; rejissyor unga bayram yoki tomoshaning mohiyati, mavzusi, g‘oyasi, oliy maqsadi va sahnalashtirish uslubini tushuntiradi; bastakor mavzu va g‘oya uyg‘unligiga erishgan holda, tomoshaning oliy maqsadidan kelib chiqib musiqaning xomaki variantini ishlab chiqadi; rejissyor musiqani tasdiqlagandan sung, u tuliq qayta ishlanadi va shu asosida repetitsiyalar boshlanadi; Repititsiyalar mobaynida musiqali nomerlar ham bir necha marta uzgarishi mumkin. Ba’zan tez fursatda yangi musiqa asari yaratishga tug‘ri keladi. Bunday sharoitda rejissyor va bastakorning qarashlari, nuqtai nazarlarining bir-birlariga mos kelishi yangi asarni tez va muvaffaqiyatli yaratilishiga asos bula oladi. Bastakorning «Jizzax elim», «Uzbekistonim» asarlari shular jumlasidandir. «Men kup rejissyorlar bilan ishlaganman. Ular bilan ham bir qancha musiqa asarlari yaratganman. Ammo, rejissyor B.Sayfullayev bilan birga ijod qilish men uchun rohatbaxsh mashg‘ulotdir. Negaligini bilmayman-u, ammo, fantaziya, tasavvur, ilhom shunday quyilib keladiki,natijada ular ham, men ham uz ishimizdan qoniqamiz. Ularning bir yaxshi xususiyati shundaki, musiqa tanlash yoki yangi musiqa yaratishda uzining nuqtai nazarini aniq, lunda qilib ifodalaydi, shu bois chalg‘ishga imkon bulmay qoladi. Yana bir ajoyib xususiyatlari – u mehnatning qadriga yetadi. Afsuski, bu xususiyat juda tanqis. U har qanday ijod namunasini xuddi yangi tug‘ilgan chaqaloqdek asrab-avaylaydi. «Menga Uzbekistonda xizmat kursatgan madaniyat xodimi R.E.Xublarov, Uzbekistonda xizmat kursatgan artist B.Umidjonov – dirijyorlik buyicha, Uzbekiston xizmat kursatgan san’at arbobi Mirsodiq Tojiyev bastakorlik buyicha ustozlik qilgan bulsalar, ommaviy bayram va tomoshalar buyicha men ustozim deb B.Sayfullayevni bilaman. Respublika miqiyosida utkazilgan bayram va tomoshalar uchun 100 ga yaqin musiqali asar yaratgan bulsam, kupchiligini rejissyor B.Sayfullayev bilan ijodiy hamkorlikda yaratganman», – deydi bastakor B.Lutfullayev. M.Ashrafiy, R.Glier, A.Kozlovskiy, Uspenskiy, D.Zokirov, T.Jalilov, N.Xasanov, K.Jabborov kabi ijodkorlar uzbek milliy musiqa san’atining rivojlanishiga katta hissa qushgan buyuk san’atkorlardir. Baxtiyor Aliyev, Alisher Ikromov, Ulug‘bek Salixov, Anor Nazarov, Rustam Abdullayev kabi bastakorlar ham ushbu sohada mehnat qilib kelmoqdalar. Shular qatorida B.Lutfullayev ham uzining yaratgan asarlari bilan uzbek musiqa merosi xazinasini boyitib bormoqda. Hozirgi kunda ochiq maydonlarda utkaziladigan bayram va tomoshalarning barchasida fonogrammadan foydalaniladi. Fonogrammadan foydalanishning qulay tomoni shundaki, unda matn va musiqalar aniq va ortiqcha shovqinlarsiz, pauzalarsiz tomoshabinga yetkaziladi. Noqulay tomoni esa, voqea rivoji jarayonida tomoshabinning reaktsiyasiga yoki harakat davomida korrektivlar yasash imkoni bulmaydi. Yana shunga e’tibor berish zarurki, fonogrammada matndagi musiqaga mos harakat qilish aktyordan yuksak mahorat talab qiladi. Zamonaviy tomoshabin juda talabchandir. Buni rejissyor B.Sayfullayev juda yaxshi his qiladi. Shuning uchun ham u barcha san’atlar ichida musiqa san’atiga, bastakor bilan ishlash jarayoniga katta e’tibor beradi. Bayram va tomoshalarda har bir ijrochini radiomikrofonlar bilan ta’minlash imkoniyati yuq. Shuning uchun fonogrammalarni tug‘ri montaj qilish, ularni kerakli joyda maqsadga muvofiq holda ishlatish, ular mazmunini, g‘oyasini tomosha oliy maqsadiga yunaltirish, buysundirish – tadbirning ta’sirchan, effektli, badiiy, zavqli chiqishini ta’minlaydi. Agar rassom ijodi kuz bilan kurish va estetik zavqlanish imkoniyatini bersa, bastakorlik faoliyatida esa eshitish orqali zavqlanish mumkin. Sahnada ijro etilayotgan barcha xatti-harakatlar musiqa jurligida amalga oshirilishi – bu yangilik emas. Boshlovchilarning chiqishlari, kuy, qushiqlar, tantanali qutlovlar, dialog va monologlardagi musiqalar, raqslar va boshqa barcha ijodiy jarayonlar musiqa jurligida, musiqaning hamohangligida amalga oshiriladi. Hozirgi kunda respublika miqiyosida utkazilayotgan barcha bayram va tomoshalarni sahnalashtirish uchun kuy, qushiq va musiqa tanlash eng asosiy ish bosqichlaridan hisoblanadi. Musiqa va kuylarning turli variantlari tanlangach, ularning ijrochilari taklif etilib, qisqartirish yoki qushimcha matn qushish (muallif roziligi bilan), xullas, montaj ishlari amalga oshiriladi. Musiqiy montaj ishlari amalga oshirilgach, shu asosida repetitsiyalar boshlanadi. Musiqa barcha san’atlar ichida katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bulgan vosita hisoblanadi. Ayniqsa, teatr san’atida musiqaning roli kattadir. Ammo, ommaviy bayram va tomoshalarda uning roli va ahamiyati yanada globallashadi, ya’ni, mashhur rejissyor N.M.Gorchakov aytib utganidek, musiqaning teatrdagi bir soniyasi, normal va sahna hayotining 20-30 minutiga tug‘ri keladi.1 Ommaviy bayramlarda, xuddi an’anaviy teatrdagi kabi, syujetli, illyustratsiyali va fon musiqalaridan foydalaniladi. Ba’zan musiqa ma’lum bir tarixiy va ramziy ijod namunasi sifatida namoyon bulishi ham mumkin. Masalan, Baxtiyor Sayfullayev sahnalashtirgan Ғalabaning 50 yilligiga bag‘ishlangan tadbirdagi A.V.Aleksandrovning «Muqaddas urush» musiqasi – urush boshlanishidan darak beruvchi ramziy musiqasidir. Shu musiqaning birinchi taktlari boshlanishi bilan tomoshabinning kuz oldida urush vaqtlari gavdalanadi. Musiqa albatta plastika, raqs, chiroq va boshqa ta’sirchan vositalar uyg‘unligida ham badiiy obraz yaratish imkoniyatlariga ega. Musiqalashtirilmagan spektakl yoki bayram tomoshabinga kerakli effektni bera olmaydi. «Musiqaning tug‘ri tanlanishi, uni kerakli joyda ishlatilishi, uning g‘oyaviy va mavzu jihatdan tomosha ruhiyatiga mos kelishi bastakorning tadbir yoki tomoshani oliy maqsadini tug‘ri anglay olganligidan dalolat beradi» – deydi rejissyor B.Sayfullayev. Xulosa sifatida bulajak ommaviy bayramlar rejissyorlari musiqani biror cholg‘u asboblari bilan chalishni yoki qushiq kuylashni bilmasalar ham, uning elementar nazariyasini, ularni bir-biridan farqlay oladigan va boshqa sahnalashtirish uchun muhim tomonlarini bilib olishlari zarur. Rejissyor musiqani chala olmasa ham, kuylashni bilmasa ham, tayyor musiqa asarlarini tanlay olishi va uni kerakli joyga qullay olishni bilishi, bir suz bilan aytganda, uni tushunishi zarurdir. Musiqa bilan shug‘ullanuvchilar orasida musiqali yechim (muz.resheniye), musiqiy bezak (muz.oformleniye), musiqiy jurnavozlik (muz.soprovojdeniye) tushunchalari tez-tez uchrab turadi. Bu uchta tushuncha bir-biri bilan uyg‘unlikda ham uchrashi mumkin. Uz ishiga puxta rejissyor tadbirni musiqiy yechimi, bezagi yoki musiqiy jurligini ikkinchi darajali deb qaramaydi, balki sahnalashtirish rejasining rejissyorlik g‘oyalarini amalga tadbiq etishda undan unumli foydalaniladi Musiqa tomoshabinni tomoshani yaxshi qabul qilishida muhim rol uynaydi, lekin tomoshabinning asosiy e’tibori aktyorda yoki sahnada bulayotgan xatti-harakatlarda bulganligi uchun musiqani me’yoridan (hajmi, ovoz balandligi kabi) oshirib yuborsak, biz tadbir yoki tomoshadagi voqealikni tomoshabinga yetib kelish me’yor darajasini buzishimiz mumkin. U me’yor darajasida amalga oshirilsa, tomoshabinni bir umr yodida qolishi mumkin. Iste’dodli yozuvchi Pirimqul Qodirovning qalamiga mansub «Yulduzli tunlar» asarini atoqli rejissyor Bahodir Yuldoshev tomonidan sahnalashtirilishida Boburning hayoti va faoliyati aks ettirilayotgan sahna kurinishlarida sevimli xonanda Uzbekiston xalq artisti Sherali Jurayev tomonidan Bobur nomidan ijro etilgan qushiqlar bunga misol bula oladi. Xonanda qushiqlarni jonli ijro etib, tomoshabinlar qalblarini larzaga sola oldi. Sahnaning ikki chekkasida arava g‘ildiragi, bu rejissyorning g‘oyasi, original topilmalaridan biri edi. Bu g‘ildirak oddiy arava g‘ildiragi emas, balki «tarix g‘ildiragi»dir. Ғildirak ortga aylanganda, Boburning yoshligi, oldingi hayotidan kurinishlar, oldinga aylanganda esa, usha paytdagi va keyingi hayotidagi voqealar ifodalangan. Sahnani chap tomonidan surilarda esa musiqachilar xonandaning qushig‘iga jurnavozlik qildilar. Bunda musiqachilar va xonandalar «aktyor»larga aylandilar. Rejissyorlik g‘oyalari, topilmalar, xonandachilik mahorati va matn bir-biri bilan uyg‘unlashib shunday bir taassurot qoldirdiki, buni suz bilan ta’riflash qiyin. Talabalik davrimizda Hamza (hozirgi Milliy) teatriga shu spektaklni premerasini tomosha qilishga tushganmiz. Spektakl orasidagi ijro etilgan qushiqlar tugashi bilan xonandani qutlash uchun gullar bilan yugurib sahnaga chiqib kelgan tomoshabinlarni uzoq vaqt sahnada qolib ketishlari (sahnadagi 1 soniya ortiqcha pauza katta vaqt, davrni egallashi mumkinligi tug‘risida yuqorida qayd etgan edik) spektaklni davom etishiga xalaqit berib, uning tempo-ritmiga ta’sir qilgan edi. Ammo bu original rejissyorlik topilmani keyingi gal tomosha qilishga tushganimizda kura olmadik, chunki xonanda ijrosidagi barcha qushiqlar fonogrammaga aylantirilgan edi. Lekin shunday bulsa ham ushbu spektakl uzining original rejissyorlik priyomlari, topilmalari bilan, yuksak aktyorlik ijrosi bilan chiroq, ranglar va boshqa ijodiy guruhlarning samarali mehnatlari mevasi mahsuli sifatida tomoshabinlar kuz ungida bir umrga muhrlanib qolganligiga ishonchimiz komil. «Musiqa teatrda suzdan boshlanadi, – deydi mashhur rejissyorlardan Yu.A.Zavadskiy, – ritm, melodiya va nutqda davom etadi. Musiqa teatrlashtirilgan tomoshaning xaqiqiy mavjudligini bildiradi. Men, agar spektakl musiqalashtirilmagan bulsa, u ritmik bulmasa, u yomon spektakl deb hisoblayman. Musiqa – buyuk va aniq san’atdir. U bizni mahoratga, yuksaklikka undaydi, biz anglamay qolgan fikrlarni ilg‘ab olishga yordam beradi».1 Teatr musiqasi esa aniq va formasi jihatdan oddiy bulishi kerak. Dramatik san’atda katta simfonik orkestrdan deyarli foydalanilmaydi, sababi kuchli ovozi bilan zalni diqqatini uziga ag‘darib olishi mumkin, ya’ni orkestr bilan sahnadagi voqelik urtasida tenglik buziladi va natijada tomoshabinning diqqati ikki tarafga bulinadi va spektaklning tulaqonligiga putur yetishi mumkin. Dramada musiqa – sahnadagi voqeaga faqat akkomponament yoki illyustratsiya sifatida emas, sahnadagi harakatni boyitishi, uni yangi «buyoq»lar bilan bezashi, personajlarning hissiyotlarini aniq tushunib olishlariga yordam berishi uchun qullash lozim. Ommaviy bayramlarda qullaniladigan musiqa faqat tomoshabin uchun emas, ijrochi uchun ham muhimdir. Fikrni bir joyga tuplay olish, rolga, obrazga kirishish, sahnada uzini erkin his qilish uchun, umuman sahna maydondagi voqelikni, ommani boshqarish uchun ham muhim vositalardan biri hisoblanadi. Agar tanlangan musiqaning ifodaviy va tasviriy imkoniyatlari tuliq namoyon bulgan bulsa, asarni tomoshabin emotsional va tulaqonli ravishda qabul qiladi. Musiqaning elementlari: melodiyasi, ritmi, temp, dinamika, tembrlari yetarli darajada me’yorida foydalanilsa, asar musiqa bilan chiroyli «bezaladi». Musiqaning ifodali imkoniyatlari kengdir. Unda hayot va ulim, qahramonlarcha kurash, orzu, qayg‘u, shikoyat, tuhmat, hazil kabi mavzularni ifodalash mumkin. Musiqaning buyumni kursatib, tasvirlab beruvchi vositasi yuq, lekin u tomoshabin sezgisiga, ongiga ta’sir qilibgina qolmasdan, uni tasavvur qilishga unday oladi. Musiqaning tasviriy darajasi turli janrlarda turlicha namoyon etiladi. Ayniqsa, kino va teatr san’atida tasviriy imkoniyatlardan keng foydalaniladi. Masalan, faqat musiqa yordamida biz poyezd «chiza olmaymiz», lekin buni ovoz, tovush orqali (musiqa jurligida g‘ildirak aylanishi va h.k.) berishimiz mumkin. Bulajak ommaviy bayram rejissyorlari musiqaning sahnalashtirish uchun muhim jihatlarini bilib olishlari zarurligi haqida yuqorida aytib utdik. Shuning uchun ham ushbu qullanmada musiqa haqida umumiy ma’lumotlarni berib utamiz. Musiqaning asosiy kuy (melodiya)dir. Melodiya – ham intonatsion, ya’ni, badiiy obrazni musiqa tovushlari bilan tug‘ri ifoda etish xarakteriga ega bulib, insonlarni sezgi va fikrini ifodalaydi. Kuy (melodiya) – musiqali ifodalilikni eng boy manbaidir. U mayin, xazin, mardonavor, shiddatli, qayg‘u yoki xushchaqchaqlikni ifodalashi mukin. Melodiya – yunoncha, melos – ashula, ode – kuylash – turli baland va uzunlikdagi tovushlarning ma’lum bir ritm va ladlarda badiiy holatga kelishidir. Lad – turli balandlikda kelgan tovushlarning uzaro aloqasi, beqaror tovushlarning bir tonikaga intilishi. Tembr – (fr. qung‘iroq, tamg‘a) tovush tusi, har – bir musiqa asbobi yoki ashulachi ovozining uziga xos tovush xarakteri. Metr – musiqa ulchovi (fr. mezon)– musiqadagi kuchli va kuchsiz hissalarning bir tekis almashinib turishi tushuniladi. Masalan, vals uchun uch hissali, marsh uchun ikki yoki turt hissali bulishi mumkin. Ritm – (yun. bir tekis oqim) – musiqa asarlaridagi tovushlarning uzun qisqaliklari jihatidan bulgan munosabatlari. Har bir musiqa asarining uziga xos ritmi bor. Ritmsiz kuy bulishi mumkin emas. Ritm ham melodiya singari musiqa mazmunini voqealik bilan bog‘lashda xizmat qiladi. Ritm bilan temp bir-birlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Temp – deb, musiqa asarining xarakteri va ijro tezligi darajasi tushuniladi. Tempni uchta kurinishda ishlatish mumkin: tez, urtacha, sekin. Ularning har biridan har xil sharoitlarda foydalaniladi. Agar musiqa asarini tempi sahnadagi voqelik bilan mos kelmasa sahnada harakat me’yor buziladi. Ommaviy bayram rejissyori musiqaga aloqador kup ma’lumotlarni, jumladan, musiqa asboblari, qushiq, ashula, maqomlar haqida ham tushunchaga ega bulishi lozim. Cholg‘u musiqa asboblari deganda, ma’lum bir tembrda musiqa tovushlari beradigan asboblar tushuniladi. Professional musiqa cholg‘u asboblari uch guruhga bulinadi: torli, puflama, urma. Xalq cholg‘u asboblari deb – ma’lum xalqlar urtasida keng tarqalgan cholg‘u asboblariga aytiladi. Darxaqiqat, har bir xalqning uziga xos cholg‘u asboblari bor, masalan, ruslarda: domra, balalayka, bayan, ukrainlarda bandura, kavkazliklarda tar, soz, italyanlarda mandolina, ispanlarda gitara va boshqalar. Uzbek xalq cholg‘u asboblari ham nihoyatda rang-barang bulib, unga nay, dumbira, dutor, tanbur, g‘ijjak, chang, qushnay, karnay, surnay, nog‘ora, doira va boshqalar kiradi. Xalq ashulalari – badiiy xalq boyliklarining asosiy janrlaridan biridir. Xalq ashulalarining turlari kup: epik, lirik, marosim, mehnat, urf-odat, turmush bilan bog‘langan, tarixiy va boshqalar. Ayrim xalq ashulalari turli uyin va raqslar bilan bog‘lanadi. Ular bir ovozli, ikki ovozli, kup ovozli va h.k.lar bulishi mumkin. Urta Osiyo xalqlarining ashulalari asrlar davomida bir ovozli holda taraqqiy etib, cholg‘u asboblari jurligida va jursiz ijro etib kelingan. Uzbek xalqining musiqa merosi ashula, katta ashula, patnis ashula kabi mukammal turlari mavjud bulib, ular turli davrlarda turli namunalarda namoyon etib kelingan. Bir xalq ashulasini bir necha ijrochi tomonidan turlicha ijro etilishi ham mumkin, shu tariqa ommaviylashgan ashulalarning turli variantlari yuzaga kelgan. Xalq musiqasi – xalqlarning cholg‘u va vokal musiqa ijodiyoti namunalaridir. Xalq musiqasi (musiqa folklori) xalqlarning turli mehnat sharoitida, tarixiy voqealarda, xushchaqchaq, uyin kulgi yo musibatlarida yaratilib, uzoq yillar davomida silliqlanib avloddan avlodga, og‘izdan-og‘izga utib saqlanib kelingan. Ayrim noma’lum ashulachi, sozanda tomonidan yaratilib, yillar davomida xalqlar urtasida sayqal topib badiiylashgan va xalq ijodiga qushilib ketgan xalq musiqasining eng muhim turi xalq ashulalaridir. Xalq musiqasi asarlari yakka ijrochi yo havaskor jamoa sozanda va ashulachilar ansambli tomonidan ijro etilganidek, professional xalq sozanda va hofizlari tomonidan ham ijro etiladi. Bunday xalq sozanda ashulachilarni – baxshi, oqin, dostonchi, ashug, jirav va boshqalar degan nomlari bor. Rus klassik musiqasining asoschisi M.Glinka: «Musiqani xalq yaratadi, biz san’atkorlar esa uni faqat oranjirovka (qayta ishlash) qilamiz», deb ta’kidlagan. Har bir xalqlarning uziga xos musiqasi bulib, ularning har biri turlicha taraqqiy etgan. Respublikamiz viloyatlaridagi musiqalar ham bir-birlaridan bir oz bulsa-da farq qiladi. Shuning uchun Farg‘ona musiqasi, Xorazm musiqasi, Buxoro musiqasi degan atamalar qullaniladi. Ommaviy bayram rejissyori esa bunday nozik detallarga alohida e’tibor berishi lozim. Keyingi yillarda maydonlarda utkazilayotgan bayram va tomoshalarda maqomlardan namunalarni tinglash imkoniyatlarga ega bulib boryapmiz. Maqom janr jihatidan tomoshabinni ushlab turish uchun zerikarli tuyulsa-da, aslida uni bayram g‘oyasiga mohirona singdirilsa, u albatta muvaffaqiyat topadi. Maqom – turar joy, urin, parda degan ma’noni anglatib, musiqa cholg‘u asboblarida parda va tovushlar urnini bildirgan. Abu Nasr Farobiy va Abu Ali Ibn Sinolardan boshlab, butun Urta Osiyo musiqa nazariyachilari «maqom» suzini aniq bir lad ma’nosida ishlatganlar. Maqom sharq xalqlari urtasida qadim zamonlardan mavjud bulgan sozanda, xonandalar tomonidan yaratilgan va tobora taraqqiy topa boshlagan musiqa janridir. XIII-XVIII asrlarga kelib Urta Osiyo, Xuroson va Ozarbayjon xalqlari musiqasida «un ikki maqom» mavjud bulgan. Bular Rahoviy, Husayniy, Zangula, Rost, Ushshoq, Navo, Buslik, Hijoz, Iroq, Isfaxon, Zirafkand va Buzruklardir. Maqom kup asrlardan beri saqlanib kelayotgan va hozir mavjud bulgan musiqa merosi asarlarini bildiradi. Maqomni xalq musiqasining boshqa janrlaridan ajratadigan xarakterli belgilari ularning hajmi kattaligi va kup qismliligidir. Uzbekiston va Tojikistonda uzoq asrlardan bizgacha yetib kelgan «olti maqom» bulib, Shashmaqom nomi bilan mashhur. Bular Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroqlardir. Har bir maqom ikki katta qismga bulinadi. Birinchisi, faqat cholg‘u asboblarida ijro etiladigan qismi bulib, buni «Mushkilot» (Xorazmda chertim yuli), ikkinchisi esa, cholg‘u asboblari jurligida aytiladigan ashula qismi, buni «Nasr» (Xorazmda aytim yuli) deb aytiladi. Bu qismlarning har birida bir nechta kuy bor. Har bir maqom ashula bilan ijro qilinadigan ufar bilan tugallanadi. Shoshmaqom kuyini ijro qilganda albatta doira usul berib turishi shart. Shoshmaqom kuylarini birinchi marta (1923 yil) professor V.A.Uspenskiy tomonidan Buxoroning mashhur sozanda, hofizlari Ota Jalol va Ota Ғiyoslar ijrosida notaga yozib olingan. Ashula – keng tarqalgan vokal musiqa janri va shakli bulib, unda she’riy va musiqiy obrazlar bir-biriga uyg‘unlashgan holda gavdalanadi. Ashulaning xalq ashulasi va professional turlari bor. U tuzilishi va ijrosi buyicha ommaviy, estrada, ansambl, xor va boshqa shakllarda ijro etiladi. Shuningdek, she’riy va musiqiy tuzilishi ham turlichadir, masalan, alla, yalla, lapar, marsiya va h.k. Musiqa sohasi mutaxassislari tomonidan yaratilgan manbalarda «xalq termalari yulida aytiladigan ashula shaklini qushiq deb ataladi»,1 deyilgan. Asosan, mustaqil turtliklardan tashkil topgan, tugal fikrni badiiy ifodalovchi, el orasida keng tarqalgan va kuylangan xalq she’ri namunalariga qushiq deyiladi. Ashulachi – keng ma’noda vokal janrlari ijrochisidir. Terma va yalla ijrochilarini yallachi, xalfa (Xorazmda shoira, sozanda va ashulachi xotin-qizlar), yirik shakldagi ashulachilar va maqom yullarini ijro etuvchilarni ashulachi, ijrochilik san’atlari bilan xalq orasida tanilgan ashulachilarni «hofiz» deyiladi. Yalla – keng tarqalgan uzbek ashulalaridir. Odatda yallani uch-turt ashulachi ijro etadi. Daromad – boshlang‘ich qismini hamma yallachilar barobar ijro etadilar. Urta avj bulimini ayrim ashulachilar, nihoyat katta avjini bir ashulachi boshlab, uni urta qismida boshqa ashulachilar qushiladi. Aksariyat yallalar kuplet shaklida buladi. Lapar – bir yoki ikki ijrochi tomonidan navbat bilan aytiladigan ashula shakli.2 Opera (it. opera – ijod, asar) – musiqali dramatik asar bulib, matnning ma’lum bir qismi yoki deyarli hammasi kuylanadi. Operetta (it. operetta) – kichik opera – shux, quvnoq xarakterdagi musiqali sahna asari bulib, bunda ayrim nutqlar ashula qilib aytilsa, ayrimlari suz bilan beriladi. Libretto (it. libretto – kitobcha) – teatrga moslangan yirik musiqa asari (opera, operettalar)ning mukammal yozma matnidir. Libretto musiqali drama opera, operetta va baletlarning badiiy g‘oyaviy asosidir.1 Mazkur qullanmada qisqacha bulsada ushbu tushunchalar haqida ma’lumot berganimizning sababi shundaki, hozirgi kunda respublika miqiyosida utkazilayotgan poytaxt bayramlari Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan ijodiy guruhlar kuchlari, imkoniyatlari bilan amalga oshirilmoqda-ki, unda musiqa san’atining turli janrlaridan foydalanib kelinmoqda. Turli viloyatlar mentoliteti, mahalliy xususiyatlarini, ijro usullarini aniqlab, ulardan tug‘ri foydalanish har bir rejissyorga yuksak ma’suliyat yuklaydi. Avvallari Uzbekistonning barcha viloyatlari ijodiy guruhlari, talabalar va boshqa ishtirokchilar jalb qilinar edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida poytaxt va poytaxtga yaqin viloyatlardagi ijodkorlar guruhlarining uzlarining imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Rejissyor B.Sayfullayev va bastakor B.Lutfullayev ijodiy hamkorligida yaratilgan asarlarda yuqorida qayd etilgan fikr mulohazalarning yuqori darajadagi namunalariga guvoh bulamiz. Takrorlash uchun savollar: «Musiqa» tushunchasini izohlab bering. Ommaviy bayram va tomoshalarda musiqaning roli nimalardan iborat? Teatr san’atida musiqaning roli va ahamiyati haqida gapirib bering. Musiqaning qanday tur va janrlarini bilasiz? Rejissyor B.Sayfullayev va bastakor B.Lutfullayev ijodidagi uyg‘unlikni nimalarda sezish mumkin? «Xalq musiqasi» deganda nimani tushunasiz? Opera, operetta, balet, librettoning lug‘aviy ma’nolarini aytib bering. Uzbekistonda musiqa san’atining qaysi sohasi kuproq rivojlangan? Ommaviy bayram va tomoshalarda musiqani tinglovchi – tomoshabinga yetkazib berishda texnik vositalarning roli haqida aytib bering. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling