Toshkent davlat madaniyat instituti vahobjon rustamov
Download 1.35 Mb.
|
Укув кулланма Режиссура Рустамов В (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- BAXTIYoR SAYFULLAYEV UGITLARI
- OMMAVIY BAYRAMLAR REJISSURASI FANI UChUN TAYaNCh IBORALAR
- Xunarmandchi-lik (remeslo)
- Modern - Fr. yangi, zamonaviy. Instsenirovka
- VAHOB JON RUSTAMOV OMMAVIY BAYRAMLAR REJISSURASI VA SAHNALAShTIRISh ASOSLARI (Uzbekistonda xizmat kursatgan madaniyat xodimi
XULOSA SIFATIDA Ochiq havoda, noan’anaviy sahnaviy sharoitda bayram yoki tomoshalarni tashkil etish rejissyordan nihoyatda yuksak mahorat, qobiliyat, tajriba va mas’uliyat talab qiladi. Teatr sahnasida yoki yopiq binoda utkaziladigan tadbir va tomoshalarni utkazish uchun deyarli barcha imkoniyatlar mavjud. Ochiq havoda utkaziladigan tadbirlarda esa rejissyor joy bilan bog‘liq bulgan, chiroqlar bilan, tomoshabin va ijrochilar joylashishi bilan, sahna bezagi va boshqa bir qancha muammolar bilan bog‘liq bulgan qiyinchiliklarga duch keladi. Bu haqida A.D.Silin shunday deydi: «Oddiy drama teatri rejissyoriga ommaviy teatrlashtirilgan tadbir sahnalashtirish vazifasi yuklanganda, u katta qiyinchilik va muammolarga duch keladi».1 Eng avvalo, bu jarayonda sharoit butunlay boshqacha ekanligini u urgangan, odatlanib qolgan ijodiy faoliyatdan farq qilishini tushunadi, deydi. Birinchidan, parda va kulisalar, chiroqlar bilan bezatilgan sahnaning uzi yuq. Shtatda ishlaydigan professional ishchilar (bu yerda dekoratsiya, kostyumlar, rekvizit, apparaturalarni tayyorlab beruvchilar) ham yuq. Akkustika ham yuq. Eng asosiysi – doimiy aktyorlar truppasi ham yuq. Yana shuni ham hisobga olish kerakki, ommaviy tadbirlarda ob’ekt va sub’ekt orasidagi munosabat sxemasi yoki dekoratsiya bilan odam figurasi orasidagi (ob’yom, rakurs) munosabatlar an’anaviy teatrimizdagiga qaraganda kengroq olib qaraladi. Aktyorlar tomoshabin qarshisida yoki tomoshabin bir tomonga, ijrochilar bir tomonga joylashsalar voqea oson kechishi mumkin. Ommaviy tomoshalarda yoki ochiq maydonlarda utkaziladigan tadbirlarda tomoshabinlar ijrochilar atrofida joylashishi ham mumkin. Ba’zan aktyorlar balandda joylashishlari, (masalan, kosmik uchishlar hisobidagi tadbirlarda – bunda kutarma kran yoki vertolyotdan foydalanish mumkin) yoki pastda joylashishlari mumkin. Bunday tadbirlarda tomoshabin turishi, utirishi, hatto yotishi ham mumkin (tadbir plyajda bulsa) yoki bir sahna maydonidan ikkinchisiga utishlari yoki bu tadbirlarda ular, ya’ni tomoshabinlar tadbir ishtirokchilariga aylanishlari mumkin. Bunday tadbirlarda professional teatrdagi asosiy komponentlar, masalan, dialog va monologlar yuq, dialog va monolog, replika va remarkalardan iborat tayyor dramaturgiya ham yuq. Unda nima bor? Keng masshtab va og‘ir qiyinchiliklar borligini rejissyor B.Sayfullayev «Toshkent shahrining 2000 yilligi tantanalarida» (1983yil), Moskva shahrida utkazilgan XII jahon yoshlari festivalining tantanali ochilish va yopilish tomoshalarida (1985yil) uz boshidan kechirdi. Iste’dodli rejissyor bu sohaning uziga xos bir san’at maktabi ekanligini, bu qiyinchiliklar zamirida xalq ommasining uyushgan «guldasta»si, farovon turmush tarzi ifodalanganligini anglab, uzining butun imkoniyatlari, bilimini shu sohani uzlashtirish va taraqqiy ettirishga bag‘ishladi va buning uddasidan chiqdi ham. Har qanday noan’anaviy sahnaviy kenglikda utkaziladigan tomoshalarda tomoshabinlarni shunday joylashtirish kerakki, ular tomoshani kurishga qulay joylashsinlar, yaxshi eshitsinlar, ijrochilar esa takrorlanmas atmosferani yarata olsinlar. Rejissyor bir vaqtning uzida minglab ijrochilarning yoki masalan, texnik kolonnalarning maydonda paydo bulishi, ularning oldiga quygan vazifani aniq bajarishi va u yerdan chiqib ketishini ta’minlashi, keyingi epizodlarni uz vaqtida davom ettirish va boshqa tashkiliy ishlarni amalga oshirishda butun mahoratini ishga solishi zarur. Maydonga minglab ijrochi yoki qator-qator texnika kolonnalari bekorga chiqmaydi. Ular qandaydir voqeani rivojlantirishga, qaysidir konkret vazifani bajarish uchun, xullas, rejissyorlik g‘oyalari uchun xizmat qilishadi. Masalan, Toshkentning 2000 yilligiga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan tomoshada qullanilgan mototsiklchilarning ishtirokchilar qullarida kutarib turgan (maxsus tayyorlangan) kublar ustidan katta tezlikda utib ketishini ta’minlash ham rejissyorning zimmasidagi vazifalaridan biri bulgan (aynan shu bayramda D.M.Genkin bosh rejissyor, B.Sayfullayev esa teatrlashtirilgan tomoshalar rejissyori sifatida ishlagan). Shuning uchun, ommaviy tantanalar tashkilotchilari tomoshaviy, effektli, zavqli, tomoshabinni zerikishiga yul quymaydigan original usullardan kuproq foydalansa, kuzlagan maqsadlariga erishadilar. Original topilmalarga boy tadbirlar yuqori saviyada utgan tomoshalardan hisoblanadi. Tomoshabinlar uchun zavqli, tashkilotchilar uchun esa qiyin bulgan bunday tadbirlar zamirida samarali mehnat yotadi. Ommaviy bayramlarni tashkil qilishning yana qiyin tomoni shundaki, u faqat bir yoki ikki marta, kupi bilan uch marta repititsiya qilinishi mumkin. Eng javobgarlik tomoni shundaki, tomosha Bir MARTAgina kursatiladi. Bunda rejissyorning adashishga haqqi yuq. Bir martagina kursatiladiganligi uchun tadbir yoki tomosha stsenariysini qayta ishlab chiqish, tugallanmagan joylarini oxiriga yetkazish, tug‘irlash, tomoshabinnig reaktsiyasini hisobga olib tuzatishlar kiritish imkoniyati bulmaydi. Shuning uchun bu ishda rejissyor uchun javobgarlik va ma’suliyat hissi yuz barobarga oshadi. Faraz qiling, minglab texnik kolonnalar yoki sahnada biror ramz ifodasini berayotgan minglab ijrochi uz vaqtida chiqmasa yoki vaqtidan oldin chiqib qolsa, tomoshabin ularni nega chiqqanini tushunmay qoladi. Bu esa tomoshaning yuqqa chiqqanini, qilingan ishni bir daqiqada katastrofaga olib kelganidan dalolat beradi. Ochiq maydonda utkaziladigan tomoshalarda an’anaviy teatrlarda bulgan eng muhim bulgan protsess -aktyorning obrazga psixologik singib ketishi, obrazda yashash printsiplari deyarli sezilmaydi. Buning sababi, birinchidan, tomoshabin ijrochidan uzoqda joylashgan bulishi va uning ruhiy holatini ilg‘ay olmasligi mumkin, ikkinchidan, minglab ijrochi ichida u obrazni yaxshi yoki yomon ijro etyapti, deb muhokama qilish imkoniyatlari juda kam, uchinchidan ijrochining yuzi, uning holati, mimikalari, ovozi tomoshabinga yaqqol kurinishi yoki eshitilishi qiyin. Bundan, K.S.Stanislavskiy sistemasi qonuniyatlari bu jarayonda, ya’ni ommaviy tomoshalarda kerak emas ekan-da, degan xulosaga kelish kerak emas. Chunki, K.S.Stanislavskiy sistemasidagi oliy maqsad va yetakchi xatti-harakat, «Insoniyat ruhining sahnadagi hayoti har qanday tomosha san’atining asosidir» kabi tushunchalari aynan ommaviy tomoshalarga xosdir. Faqat bu tushunchalarga tug‘ri yondashib, ta’sir qilishning boshqacha usullaridan foydalanish kerak. Bu haqda Tumanov I.M. shunday deydi: «Biz tomoshabin onggi va tasavvuriga umumiy tushunchalar, yirik sahnaviy ramzlar orqali ta’sir qilamiz, chunki biz boshqacha, kengroq ma’nodagi dramaturgiya va sahna harakatidan foydalanamiz». U yana shunday deydi: «Spektakl komponentlari, mizanstsenalar, qahramonlarning psixologik harakatlari va boshqa kup jihatlar ham bunda yirik, keng, tomoshaviy, lunda ifodalanishi lozim. Dramaturg va rejissyor uni tomoshabinga yetkazishni va ta’sir qilishni boshqa oddiydan farq qiluvchi usullarini ishlab chiqishlari kerak». Ommaviy bayram va tomoshalar rejissyoridan san’atning hamma turini tushunish va undan foydalana bilish talab qilinadi. Chunki, unda drama va opera, tsirk, simfonik orkestrlar, xor jamoalari, vokal cholg‘u ansambllari, raqs san’ati, kino va boshqa san’at turlari ishtirok etishi mumkin. Ochiq maydonda utkaziladigan ommaviy tomoshalarda faqat professional san’at turlari emas, balki badiiy havaskorlik jamoalari, sportchilar, harbiy qismlar, kup sonli bolalar qatnashishlari ham mumkin. Bir suz bilan aytganda, ommaviy bayram rejissyorlari sintetik ommaviy tomoshalar rejissyori bula olishi kerak. Undan tashqari, u yaxshi stsenarist va yaxshi tashkilotchi bulishi, ommaviy sahna sirlarini yaxshi bilishi bilan bir qatorda uz tomoshasiga minglab tomoshabinlarni jalb qila olish yullarini bilishi zarurdir. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim xususiyatlaridan biridir. Bunday rejissyorlarga Meyrxold keltirgan atama, ya’ni (avtor spektaklya) spektakl muallifi deyish, tug‘ri keladi. Rejissyor B.Sayfullayev mana shunday xususiyatlarni uz ijodiy faoliyatiga singdira olgan ulkan san’atkordir. Respublikamizda bu soha buyicha mutaxassislar juda zarur. Hozirgi kunda nishonlanayotgan xoh Navruz, xoh respublikamiz mustaqilligiga bag‘ishlangan bayram bulsin, uzingiz guvohi bulyapsiz, «korobka» ichida emas, balki parklarda, stadionlarda, kuchalarda, saroylar (masalan, Xalqlar dustligi saroyi, Aviasozlar madaniyat saroyi kabi) oldida, xullas, tabiat bag‘rida – ochiq havoda utkazilyapti. Ommaviy bayram va tomoshalar rejissurasi borasida xalq artisti I.M.Tumanov ushbu sohani ilmiy jihatdan asoslab, fan sifatida shakllanishi borasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Undan tashqari A.P.Konnikov, B.N.Petrov, Sharoyev, A.D.Silin, Vershkovskiy, D.M.Genkin kabi rejissyorlar ham bunday tadbirlar utkazish yul yuriqlarini kursatganlar va nazariyalar yaratganlar. Uzbekistonda ham A.Rahimov, B.Yuldoshev, B.Shodiyev, M.Azimov, N.Otaboyev, X.Mirpulatov, B.Xamidov, R.Hamidov, B.Sayfullayev, F.Ahmedov kabi rejissyorlar shu yunalishda mehnat qilmoqdalar, izlanmoqdalar. Bu sohani yanada rivojlantirish va takomillashtirish uchun biz rejissyorlar ayniqsa mas’ulmiz. Xalqimiz tabiat bag‘rida ochiq havoda utkaziladigan bayramlar va tomoshalarni sevadi. Bayram kelishini orziqib kutadi. Undan zavqlanishni, maroqli dam olishni xohlaydi. Bunday istak va extiyojlarni qondirish esa har qanday rejissyorning oliy maqsadlaridan biridir.
Mashg‘ulotlarga, darslarga kelmaslikning bitta sababi bulishi mumkin, u ham bulsa, qattiq betoblik yoki yura olmay qolish. Mavzuingizni dolzarbligini menga isbot qilib bering, shunda men siz tanlagan repertuarni tasdiqlayman. Siz sahnalashtirgan asaringizni turli toifadagi tomoshabin kuradi. Siz ular darajasini emas, asaringiz muvaffaqiyati darajasi, ya’ni eng yuqori darajada qabul qiladiganlarni nazarda tutgan holda hisobga oling. Inson chiroyli kiyinib olgani bilan madaniyatli bulib qolmaydi, u uzining ichki dunyosini ham «kiyintirishi» kerak. Har qanday komissiya ham inson bolasi. Ularning maqsadi siz, bizni qoralash yoki yanchish emas, umumiy ishimizni yaxshilash, shuning uchun uning hurmatini joyiga quying va ishingizda uzingizni kursating, kamchiligingiz bulsa, tan olishni biling va tez bartaraf qilish yullarini izlang. Eng yomon odat – erkaklar orasidagi fisqu-fasod. Siz sahnalashtirgan asaringizni mutaxassis tanqid qilsa tan oling, oddiy tomoshabin tanqid qilsa uni ham tan oling, yaxshisi qaytadan kurib chiqing. Har bir rejissyorning uzini «men»i buladi. Lekin bu «men» faqat uning uzini emas, balki boshqalarning ham «men»iga mos kelishi kerak. Hayotda kuzatuvchan buling, inson miyasiga juda kup axborot keladi, lekin uni hammasini ham saqlash qiyin, shuning uchun hayotda uchragan, kurgan, eshitgan, hayolingizga kelgan, sizni qiziqtirgan voqea, hodisalarni yozib yuring, ijodkorsiz, bir kun as qotadi. Biror marta spektakl kurmasdan, teatr san’ati, umuman, san’at haqida dars berib yurganlar ham bor. Bundaylarni nima deb atashga ham hayronman. Shekspirni bilmay turib, «men rejissyorman» deyish, poydevorsiz uy qurganday gap. Darsga kechikib kelgandan kura, kelmay quya qoling. Adabiyotchi, dramaturglar bulmasa, bizni nima keragimiz bor. «Rejissura» va «aktyorlik mahorati» sohasida birinchi kursda ehtiyot bulish kerak, chunki ular bu paytda qayoqqa yetaklasang, shu yoqqa ergashadi. Talaba oldida uzingizni kamtar tuting, aks holda uyalib qolishingiz mumkin. Sahnalashtirish jarayonlarida baqirib-chaqirib, sukib qolsam, mendan xafa bulib yurma, men eng ish beradigan, uzimga yaqin odamlarimgagina bu ishni qilaman, zero, bu gaplar senga emas, balki, sening yoningda yurgan «ish bermas, foyda tegmas, kuni utsa buladilar uchun». Rahbarlik lavozimi, shon-shuhrat, xuddi suvda ketayotgan kemaga uxshaydi, har lahzada turli hodisa ruy berishi mumkin, lekin ilm-kasb va hunar hamisha uzing bilan birga. Ba’zi bir rejissyorlarimiz oddiy tomoshabindek ham fikrlay olmaydilar, shular shu kasbni yig‘ishtirib quya qolsa bulardi. Talaba uqituvchisiga gap qaytarib hurmatsizlik qilyaptimi, demak bu oiladagi tarbiya mevasidir. Yoshing bir joyga borib yetganda, ortga bir boqqanda, shuncha yil nima ish qildim, uzimdan keyingi avlodga meni eslash uchun nima qoldirdim, degan savolga javob bulishi uchun bir varaq bulsa ham mutoaala qil, uy qur, shogird qoldir. Zero, ular sening mehnatingni kuzga kursatuvchi, kukka kutarguvchilardir. Shogirding uzingga qarab «sakrab» qolsa, bundan yomoni yuq. Menga har xil oilaviy muammolaringni gapiraverma, mening ham muammolarim yetarli, undan kura hal qilishga harakat qil. Kukragingni kup kerma, upkang shamollab qoladi. Qani endi, hammaga yordam bera olsam. Men qarg‘amayman, faqat bir gapni aytaman: «Ilohim sen ham uqituvchi bulgin» Kuproq kitob uqi, u sening nafaqat rejissyorlik faoliyatingda, umuman hayotda ham hamrohingdir. Birov sening kamchiligingni aytsa, unga hech qachon «ishing bulmasin» dema: har kim har xil, uzicha fikr qiladi. Ba’zilarga yaxshi gapirsang, boshingga chiqib olib, senga aql urgatgisi keladi. Shuning uchun kimga qanday gapirishni uzing bilasan. Bayram kunlari men ham bayram qilgim keladi, lekin iloji yuq, chunki deyarli barcha bayramlarda biz rejissyorlar «ishlaymiz», tadbir yaxshi utsa bizga bayram, yaxshi utmasa... unda eng yomon kishi biz-da. 1) Agar mashhur bulishni, seni yuzingni hamma tanishini xohlasang, rejissyor bulmay quyaqol, chunki uning yuzini hech kim kurmaydi. U uzining yuzi, ishi, dardi va quvonchlari, bir suz bilan aytganda, yuragini ijrochilariga beradi. 2) Agar sen sahnalashtirgan stsenariying muvaffaqiyatli chiqsa, shon-shuhrat aktyorniki, yomon chiqsa aybdor sensan. Bu biz rejissyorlarning qismati. 3) Yasagan suratini tomosha qilganda hayratda qolib, rassomning uzini unutgan bulsak, bu unutish uning uchun sharafdir, degan ekan bir olim rassomlik faoliyati haqida gapirib. Bizning rejissyorlik ishimizda ham xuddi shunday holat kuzatiladi. Bizning uy-fikrlarimiz, ilgari surmoqchi bulgan g‘oyalarimiz barchasi aktyorlarimiz, ijrochilarimizga singib ketishiga erishishimiz – bu bizning muvaffaqiyatimiz. OMMAVIY BAYRAMLAR REJISSURASI FANI UChUN TAYaNCh IBORALAR
ADABIYoTLAR RUYXATI I.Karimov 30 avgust 2001 yil Toshkent shahri Uzbek Milliy akademik teatri yangi binosining ochilish marosimida suzlagan nutqi. Akbarov I. Muzika lug‘ati. –T., 1988. Ahmedov F. Ommaviy tadbir va bayramlar rejissurasi va aktyorlik mahorati. –T., 2007. Borisov S.K. Osnovы dramaturgii teatralizovannogo deystva. –Chelyabinsk, 2007. Genkin D. M. Massovыe prazdniki. –M., 1975. Dushamov J. Ommaviy tadbirlar rejissurasi. –T.: Ғ.Ғulom, 2002. Jabbarov I. Uzbek xalqi etnografiyasi. –T.: Uqituvchi, 1994. Zaxava B.E. Masterstvo aktyora i rejissyora. –M.: Iskusstvo, 1964. Istiqlol va milliy teatr. Farmonlar, qarorlar, nutqlar tuplami. -T., 2002. Ivanov O.K., Krivitskiy K.E. Vaxtangov i Vaxtangovtsы. –M., 1984. Karabayev U.X. Etnokultura. – T., 2005. Konovich A.A. Muz. entsikloped. slovar. –M.: SE, 1990. Lazareva L.N. Istoriya i teoriya prazdnikov. –Chelyabinsk, 2007. Mirpulatov X.T. Ommaviy bayramlar rejissurasi. –T., 2006. Nemiro O. Prazdnichnыy gorod. Iskusstvo oformleniye prazdnikov istoriya i sovremennost. –L., 1987. Nosirova A.M. Jonli suz san’ati asoslari. –T., 2003. Nosirova A.M. Shaxs uyin madaniyati. –T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2001. Petrov B. Sportivnыe prazdniki. – LGIK., 1985. Petrov B. Osobennosti rejissurы sportivno-xudojestvennыx prazdnikov. –L., 1989. Rahmonov M. R. Uzbek teatr tarixi. –T.: Fan, 1975. Rudnitskiy K. Rejissura Meyerxolda. –M., 1965. Sayfullayev B.S. Improvizatsionno-tvorcheskaya igra kak metod organizatsii massovoy kulturno-prosvetitelnoy rabotы. –L., 1987. Silin A.D. Rabota rejissyora pri postanovke massovыx teatralizovannыx predstavleniy pod otkrыtыm nebom i na netraditsionnыx stsenicheskix ploщadkax. I, II, III ch. –M., 1986, 1987, 1988. Stanislavskiy K.S. San’atdagi hayotim (J.Obidov tarj.). –T., 1965. Shodiyev B. Maydon tomoshalari dramaturgiyasi va rejissurasi muammolari. //Doktor. diss... –T., 2007. Sov. entsiklopedicheskiy slovar. /gl. red. A.M.Proxorov. –M.: SE, 1990. Shokirov U., Abduqunduzov M.. Milliy teatrimiz namoyondalari. –T.: TDIU nashriyoti, 2002. Uzbek tilining izohli lug‘ati. /M.Ma’rifov tahriri ostida. –T., 1981. Uzbekiston san’ati (1991-2001 yillar). Uzbekiston badiiy akademiyasi san’atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti. –T.: Sharq, 2001. Qodirov M.X. Uzbek teatri an’analari. –T., 1976. Qodirov M.H. Uzbek xalq tomosha san’ati. –T,: Uqituvchi, 1981. Qoraboyev U.H. Badiiy-ommaviy tadbirlar. -T.: Uqituvchi, 1986. Qoraboyev U.H. Uzbek xalqi bayramlari. – T., 2002. MUNDARIJA
CONTENTSIntroduction Scenario skills Work under creation of scenario of sport art shows Art decoration in mass holidays Work with art master Role of music at mass holidays Role of art dance at mass holidays and shows Art background at mass holidays and work with background groups Theatrical process at mass holidays and shows Dressing costumes of participants of mass holidays: choosing clothes Articles, talks with correspondents and interviyews at TV studio The list of creative works of B.Sayfullayev Conclusion Instructions of B.Sayfullayev Support phrases List of used literature
Bosishga ruxsat berildi ______2007 yil. Terishga berildi ______ 2007 yil. Bichimi 148X210/16. Bosma tabog‘i 10,5. Ofset qog‘ozida. Adadi 200. Buyurtma №08. UzDSI bosmaxonasida bosildi. Toshkent shahar, Mirobod tumani, Mironshoh – 123. 1 O‘збекистон санъати (1991-2001 йиллар). O‘збекистон бадиий академияси санъатшунослик илмий тадқиқот институти. -Т.: Шарқ, 2001, 195-б. 2 Немиро О. Праздничный город. –Л., 1987. стр. 9. 1 Шодиев Б.А. Майдон томошалари драматургияси ва режиссураси муаммолари. //Докторлик дисс. -Т., 2007. 1 Қорабоев У.Ҳ. Бадиий-оммавий тадбирлар. –Т.: Ўқитувчи, 1986. 36-б. 1 Силин А.Д. «Специфика» работы режиссёра при постановке масс. театрализованных представлений под открытым небом и на нетрадиционных сценических площадках. М. 1986 г. стр. 82. 1 Мақола илова этилади. Ушбу қo‘лланма, 121-б. 1 Қорабоев У.Ҳ. O‘збек халқи байрамлари (Байрамлар шарҳи). –Т.: Шарқ, 2002. 1 Немиро О. Декоративно-оформительское искусство и праздничный город. –Л., 1987, стр. 29. 1 Станиславский К.С. Санъатдаги ҳаётим. /Ж. Обидов таржимаси. –М., 375-б. 1 Акбаров И. Музика луғати. -Т., 209-б. 2 O‘ша китоб, 210-б. 1 Силин А.Д. Специфика работы режиссёра при постановке масс. театрализованных представлений под открытым небом и на нетрадиционных сценических площадках. -М., 1986. стр. 63. 1 Козюренко Ю. Музыкальное оформление спектакля. –М.: Искусство, 1986. стр. 6. 1 Акбаров И. Музика луғати. –Т., 435-б. 2 O‘ша китоб, 418-б. 1 Музыкальный энциклопедический словарь. /Гл. ред. Г.В.Келдыш. –М.: СЭ, 1990. стр. 398. 1 Акбаров И. Музика луғати. –Т., 393-б. 1 СЭ словарь. –М.,1990. /Гл.ред. А.М.Прохоров. 2 Аҳмедов Ф. Оммавий байрам ва томошалар режиссураси ва актёрлик маҳорати. –Т., 2007. 1 Қорабоев У.Ҳ. Бадиий-оммавий тадбирлар. –Т.: O‘қитувчи, 1986. 159-б. 1 Аҳмедов Ф. Оммавий байрам ва томошалар режиссураси ва актёрлик маҳорати. –Т., 2007. 1 Силин А.Д. Специфика работы режиссёра при постановке масс. театрализованных представлений под открытым небом и на нетрадиционных сценических площадках. (Костюмы и реквизит.) –М., 1986. стр. 35. 1 Нишонбоева Қ. Нафосат олами. //Ораста кийиниш ҳам маданият., 2007, май. 1 Генкин Д.М. Массовые праздники. –М., 1975. стр. 136. 1 Мақола Б.Сайфуллаев ижодини таҳлил қилиш мавзусида бo‘лганлиги учун кo‘п фикрлар баён этилганлигидан қисқартирилган ҳолда берилди. 1 Қорабоев У.Ҳ. Бадиий-оммавий тадбирлар. –Т.: O‘қитувчи, 1986. 46-б. 1 Силин А.Д. Работа режиссёра при постановке массовых театрализованных представлений под открытым небом и на нетрадиционных сценических площадках. Ч.I. –М., 1986. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling