Toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti


Oʻquvchilarda Fotometriya elementlari tushunchalarga oid bilimlar shakllanganlik darajasining dastlabki va keyingi holati


Download 194.77 Kb.
bet10/12
Sana19.04.2023
Hajmi194.77 Kb.
#1363686
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
диплом

Oʻquvchilarda Fotometriya elementlari tushunchalarga oid bilimlar shakllanganlik darajasining dastlabki va keyingi holati

Oʻquv yili

Oʻquvchilarda tajriba-sinovgacha Fotometriya elementlari tushunchalarga oid bilimlarning shakllanganlik darajasi (a-qism)

Oʻquvchilarda tajriba-sinovdan keyin Fotometriya elementlari tushunchalarga oid bilimlarning shakllanganlik darajasi (b-qism)

2022-2023-oʻquv yilining ikkinchi yarim yilligi

Oʻquvchilar soni

Oʻzlashtirishlari boʻyicha

Oʻquvchilar soni

Oʻzlashtirishlari boʻyicha

Yuqori

Oʻrta

Past

Yuqori

Oʻrta

Past

45

7

18

20

45

10

22

13

%

10

45

55

%

13

53

34

Olingan natijalarning tahlili guruhlarda oʻquvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari bir-biriga yaqin ekanligini koʻrsatdi. Bundan oʻquvchilarda Fotometriya elementlari tushunchalariga oid bilimlarning shakllanganlik darajasini oshirish lozim, degan xulosaga kelindi.
3.2. Tajriba sinov ishlarining tahlili
Tajriba-sinov ishlarining qanday yakun topishi, undagi samaradorlik darajasi koʻproq pedagogik tajribaga bogʻliqdir. Shu sababli pedagogik tajribani oʻtkazishda turli metodlardan samarali foydalanishga harakat qilindi, oʻquvchilarning fotometriya elementlari tushunchalariga oid bilimlarini oshirish yuzasidan tegishli taklif va mulohazalar ishlab chiqildi. Tajriba-sinov ishlari soʻngida esa ular umumlashtirildi va natijalar yaxlitlandi.
Pedagogik tajriba-sinovlaridan koʻzlangan maqsad fizika oʻqitishning taklif etilayotgan usuli oʻquvchilarda fotometriya elementlari tushunchalariga oid bilimlarni shakllantirish-ga, rivojlantirishga, ularning ijodiy fikrlashlarining oʻsishiga koʻmaklashishini aniqlashdan va mustaqil oʻquv faoliyat malakalarini rivojlantirishni ta'minlay olishni tekshirib koʻrishdan iborat.
Tajriba-sinov ishlariga 23-umumta`lim maktabining III kurs 11-a sinf o`quvchilari tajriba guruhi, 11-b sinfo`quvchilari nazorat guruhi sifatida tanlab olindi. Tajriba-sinov ishlari 2023- yilning 1-martdan 10-apreligacha davom etdi.
Mavjud holatlarni umumlashtirish, tajriba-sinov ishlarining samaradorligini va oʻziga xos tomonlarini koʻrsatish yuzasidan quyida ularni jadvallar asosida ifodalanildi. Matematik-statistika metodi amalga oshirilgan kuzatuv hamda tajriba-sinov ishlarining dastlabki koʻrsatkichlari bilan yakuniy natijalari orasidagi farqni taqqoslash imkonini berdi. Matematik-statistika metodi tajriba guruhi hamda nazorat guruhi oʻquvchilarini oʻquv faoliyatini oʻrganish natijasida aniqlangan koʻrsatkichlarni qayta tahlil etish natijalarini taqqoslash uchun imkon yaratdi.
Oʻrta maxsus oʻquv muassasalarida davlat ta'lim standartlari asosida talabalar tomonidan fotometriya elementlari tushunchalarini yetarli darajada oʻzlashtirilishiga erishish bevosita ta'lim, shuningdek, tarbiya jarayonining samaradorligini asoslaydi. Shu sababli yakuniy tajriba-sinov ishlari chogʻida oʻquvchilarning fotometriya elementlari fizikasidan bilim, koʻnikma va malakalari darajasini aniqlashga alohida e'tibor qaratildi. Bu esa olingan koʻrsatkichlarni matematik-statistik metodidan foydalanib qayta tahlil etishga imkon beradi.
Umumta`lim maktablarida amalga oshirilayotgan fotometriya elementlari tushunchalarga oid bilim samaradorligini belgilovchi muhim koʻrsatkich ― bu oʻquvchilar bilimlarining oshganligi hamda ularni hayotiy faoliyatlarida samarali qoʻllay olish koʻnikma va malakalarning shakllanganlik darajasi hisoblanadi. Shunga muvofiq umumiy o`rta ta'limi bosqichlarida oʻquvchilarning fotometriya tushunchalarga oid bilim, koʻnikma va malakalarining mavjud darajasini quyidagi uch koʻrsatkich asosida belgiladik: yuqori, oʻrta, past.
Umumiy o`rta ta'lim bosqichlarida davlat ta'lim standartlari asosida oʻquvchilar tomonidan fotometriya elementlari tushunchalariga oid bilimlari yetarli darajada oʻzlashtirilishiga erishish bevosita ta'lim, shuningdek, tarbiya chogʻida oʻquvchilarning fotometriya elementlari tushunchalariga oid bilim, koʻnikma va malakalari darajasini aniqlashga alohida e'tibor qaratildi. Ularning oʻzlashtirish darajasi reyting koʻrsatkichlari asosida guruhlanib olindi. Bu holat olingan koʻrsatkichlarni matematik-statistik qayta tahlil etishga imkon beradi.
Unga koʻra oʻquvchilarning fotometriya elementlari tushunchalarga oid bilim, koʻnikma va malakalari yuqori, oʻrta va past darajaga teng boʻlishi lozimligi belgilab olindi:
yuqori daraja - 100-86 foiz;
oʻrta daraja - 85-71 foiz;
quyi daraja - 70-55 foiz.
Bu kabi guruhlash tajriba-sinov ishlarining dastlabki va yakuniy bosqichlarida oʻquvchilar tomonidan qayd etilgan koʻrsatkichlarni umumlashtirishga imkoni berdi.


XULOSA
Respublikamizning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy hayotimizda yuz berayotgan islohatlar, Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻg’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” bosqichlari uchun joriy etilgan ta’limning davlat standartlari, umumiy oʻrta ta’limning yangi dasturlarining muvaffaqiyatli hal qilinishi, tayyorlanayotgan yetuk mutaxassislarning sifati bilan bogʻliq.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, nanofizika va nanotexnologiya fizika fanini tushunish oʻquvchilardan oʻzgacha fikrlash uslubini talab qilinadi, lekin shunga qaramay bu fanni ham zamonaviy pedagogik, kompyuter texnologiyalari va internet resurslaridan foydalanib oʻqitilsa, oʻquvchilarning amaliy koʻnikma va malakalari shakllanadi, mantiqiy fikrlash, abstrakt tafakkuri rivojlanadi. AL lari fizika kursidagi nanotexnologiya nazariya mavzularini tushuntirishda boshqa predmetlardan (kimyo, biologiya, astronomiya va boshqa) olgan bilimlariga asoslanib tushuntirilsa, oʻquvchilarning fizikadan olgan bilimlari chuqur va mustahkam boʻlishi aniq.
Ushbu bitiruv malakaviy ishini bajarish natijasida quyidagi bazifalar bajarildi:

  • Fotometriya elementlarining paydo boʻlishi va rivojlanish bosqichlari oʻrganildi.

  • Umumta`lim maktabida oʻqitiladigan fotometriya elementlari mazmuni oʻrganib chiqildi.

  • Aniq yoʻnalishli umumta`lim maktablarida oʻqitiladigan fotometriya elementlari mazmuni tahlil qilindi va takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

  • Gumanitar yoʻnalishli umumta`lim maktablarida oʻqitiladigan fotometriya elementlari mazmuni tahlil qilindi va takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

  • Mazkur bitiruv malakaviy ishi yuzasidan tajriba-sinov ishlari oʻtkazildi va olingan natijalar tahlil qilindi.

  • Hozir O‘zbekistonda yangi ta’lim tizimi tashkil etilmoqda. Bu jarayon pedagogik nazariya va ta’lim jarayonida sezilarli o‘zgarishlar bilan birga kechadi. Ta’lim sohasidagi islohotlar o‘quvchining ta’lim jarayonida markaziy shaxs bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan.

  • O’quvchilarning Fotometriya to’g’risidagi bilmlari oshirish ularda ko’mikma hosil qilish, Fotometriyaga doir vazifalar labaratoriya ishlari oraqali xususiyati ularning ijodiy faoliyat oshirish . Boshqa belgilar ham bor: labaratotiya ish va massalalar yechish orqali bilimlarni faol oshirish.

  • Nazariy amaliy labaratoriya ishlari orqali nyuton halqasi nima qanday paydo boladi qanday aniqlangan degan sovolarga jovob izlash orqali o’quvchilar bilan qiziq suxbatlar baxs munozaralar orqali bilmlarni mustahkamladik, ular uchun fizika kursida ularni hal qilishni aniq dasturini belgilash umumiy qoidalar va qoidalar formulalarni o’rganish. Fotometriyaga doir vazifalarni o'quvchilar uchun echish onson bo’lgan usularini ko’rib chiqish noma'lum bo'lgan vazifalarini birgalikda ko’rib chiqish ya'ni o'quvchilar ularni yechish yo'llarini yoki qanday o'quv materialiga asoslanganligini oldindan bilmaydilar Ushbu vazifalar bolalarni o'quvchilarning bilim va ko'nikmalaridagi noto'g'ri uyushmalarni yo'q qilishga o'rgatadi va shu bilan tipik muammolarni hal qilish ko'nikmalarini shakllantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, ular o'quvchilarning bilimlarda yangi aloqalarni ochish, bilimlarni o'tkazish qobiliyatini rivojlantirishni talab qiladi. yangi sharoitlar, aqliy faoliyatning turli usullarini o'zlashtirish, shuningdek, o'quvchilarning bilim kuchi va chuqurligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish.

  • Ko’piroq masslalarini birgalikda ko’rib hal qilishda ijodiy yondashuv o'z-o'zi ustida ko’piroq ishlash talab qiladi. Buning uchun siz muayyan shart-sharoitlarni yaratishingiz kerak. Rivojlantiruvchi xarakterdagi massalalar topshiriqlar, agar o'qituvchi o'quvchilarning izlanish faoliyatini mohirona tashkil qilsa, o'quvchilarning fikrlarini to'g'ri yo'naltirsa, eng katta samara berishi mumkin. Turli topshiriq va mashqlar bo'yicha o'quvchilarning yoshiga mos keladigan har qanday muammolarni hal qilishning umumiy usullarini shakllantirish muhimdir.

  • Ushbu ishni bajarishda biz quyidagi vazifalarni bajardik:

  • 1) Biz bir qator sinflarda fizikani oqitish holatini organib chiqdik va fizikani o`qitish jarayonida o’z ustida o’quvchilar kam ishlayotkani aniqladik.

  • 2) Fizika darslarida qo'llanilishi mumkin bo'lgan topshiriqlar imkoniyatini aniqlash uchun biz o'quv jarayonida qo'llaniladigan usularini vazifalarni o'rganib chiqdik.

  • 3) O’quvchilarni intelektuval imkoniyatlarini aniqladik va asosladik. Biz quyidagi usullarni tanladik: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari; Tanqidiy fikrlash texnologiyasi: klaster, jadval, aqliy hujum, intellektual isinish; O'yin texnologiyalari: jismoniy topishmoqlar, "u kim?" o'yini; Case - texnologiya; Ijodiy ustaxonalar texnologiyasi: chigal mantiqiy sxemalar.

  • 4) Pedagogik tajribalar o‘tkazildi va fizikani o‘qitishda nostandart topshiriqlardan foydalanish o‘quvchilarning fizikaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ushbu fan bo‘yicha bilimlarini oshirish imkonini berishi aniqlandi.

  • Buni pedagogik tajriba natijalari tahlili tasdiqladi. Ushbu yakuniy malakaviy ishni yakunlab, bugungi kunda o'qitishda massala va labaratoriya ishlarini qo'llash qanchalik muhimligini ko'rsatdi.




Download 194.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling