Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
167 Motivatsion, mazmunli va xulqiy komponentlar dialektik o‗zaro aloqadorlikka ega. Muloqot vaziyati jarayonidagi bilimlar asosida talabada muloqot malakalari shakllanadi; alohida, avtomatizm darajasidagi ko‗nikmalar muloqot malakalariga aylanadi va aksincha malakalarning kombinatsiyasi asosida yangi muloqot ko‗nikmalari shakllanishi sodir bo‗ladi. Boshqa tomondan, muloqot vaziyati talabaning muloqot tajribasini shakllantiradi, u yangi muloqot bilimlarda ifodalanadi. Motivatsion komponent talabani doimiy bilimlarini to‗ldirishga, muloqot ko‗nikmasi va malakalar repertuarini kengaytirishga, ya‘ni muloqot kompetensiyasini rivojlantirishga undaydi. Shu tariqa, pedagogik oliy ta‘lim muassasasi nofilologik fakultetlarida talabalarga chet tilini o‗qitish davomida muloqot kompetensiyasini rivojlantirish jarayonining mazmuni quyidagi zaruriy komponentlarni kiritishi kerak: mazmunli (yoki kognitiv), xulqiy (yoki faoliyatli) va motivatsion (yoki shaxsiy). Biz pedagogik oliy ta‘lim muassasasi talabalarining muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish tizimini ishlab chiqdik. Mazkur komponentlarning mazmunini ko‗rib chiqamiz. Kognitiv komponent talabaning kognitiv sohasining o‗zgarishlari bilan bog‗liq, uning muloqotning umumiy qonunlari, chet tilida muloqot qonuniyatlariga, shaxs rivojlanishining zamonaviy konsepsiyalariga taalluqli bilimlarini (lingvistik, ijtimoiy-madaniy, predmetli, psixologik-pedagogik) chuqurlashtirishni nazarda tutadi. Kognitiv komponent o‗ziga quyidagi bilimlarni kiritadi: - o‗rganilayotgan til semantikasi bilan leksik-grammatik bilimlar va malakalar; - umumfoydalaniladigan leksikani, grammatik tuzilmalar va toifalarni bilish; - ijtimoiy-madaniy, tarixiy-madaniy, etno-madaniy vaziyatni bilish; - atamalarni (mutaxassislik tilini tashkil etuvchilarini) bilish; - samarali muloqot strategiyasi va taktikasini bilish; -shaxs rivojlanishining zamonaviy nazariyalarini bilish (A. Maslou, K. Rodjersning insonparvarlik nazariyalari). Faoliyatli komponent talabalarda muloqot faoliyatining turli xil usullarini rivojlantirishga, muloqot vazifalarini yechish davomida talaba shaxsining yaxlit o‗zini o‗zi aniqlashi va o‗zinio‗zi ifodalashiga yo‗naltirilgan. Mazkur komponent bo‗lajak pedagogning kasbiy rivojlanishi xususiyatini hamda uning hayotiy istiqbolini belgilaydi. Mazkur komponent malakalarni shakllantirishga yo‗naltirilgan. Malakalar ostida talabalar shaxsiy tajribasida shakllangan bilimlar asosidagi ma‘lum faoliyatni bajarish qobiliyatini tushunamiz. Tadqiqot ishimizda bu muloqot ko‗nikmalari, til |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling