Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Samarkand State University
Annotation. The purpose of learning a foreign language in a pedagogical higher education institution is not only to acquire knowledge and skills, but also to understand oneself, one's place in life, to develop the qualities of a professionally TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 165 important person based on knowledge and love of language. Of course, language cannot be taught, but it can be learned. Therefore, the emphasis as a subject (tool) is transferred from the language to the student in the study of the language. The more multifaceted this person is, the more important his or her outcome will be. Key words: communication competence, linguistic, socio-cultural, component, motivational, active, cognitive, knowledge, skill. Chet tilini o‗rganish ta‘lim oluvchining dunyoqarashiga, uning psixikasiga ta‘sir ko‗rsatishi, uni til to‗g‗risidagi va til vositasida yangi bilimlar bilan boyitishi ma‘lumdir. Ta‘kidlash lozimki, chet tilini bilish bu tilda muvaffaqiyatli muloqot (o‗zaro aloqalar)ni kafolatlamaydi, uning yo‗lida noto‗liq tushunish, etnik stereotiplar, xurofotlar, o‗zining va xorijiy madaniyatning o‗xshashligini yuqori baholash, ularning individual anglash darajasidagi qarama-qarshiligi yuzaga kelishi mumkindir, shuning uchun ham chet tilini o‗qitish jarayonida, bo‗lajak o‗qituvchilarni tayyorlashda uning shaxsini rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiluvchi muloqot kompetensiyasini maqsadga muvofiq rivojlantirish va takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy bosqichda jamiyatimizda chet tilining roli ayniqsa muhim hisoblanadi. Talabalar orasida o‗tkazilgan so‗rovnoma natijalariga asosan, chet tilini egallash zamonaviy inson uchun juda muhim va zarur ish hisoblanishini ta‘kidlash mumkin. Ammo talabalar obro‗li ta‘lim olish, mutaxassislikni muvaffaqiyatli egallash, xorijiy madaniyat vakillari bilan muloqot va hamkorlik orqali o‗z bilimlarini takomillashtirish, o‗z shaxsini rivojlantirish sharti sifatida, hech bo‗lmasa bir chet tilini egallashda shaxsiy zaruratni anglamaydilar. Zamonaviy sharoitlarda ijtimoiy hayotda subyektiv omil rolini oshirish umuman ta‘lim maqsadlarini hamda xususan o‗qitish maqsadlarini o‗zgartiradi. Oliy ta‘lim muassasasida, jumladan pedagogik yo‗nalishlarda chet tilini o‗rganish, avvalgidek amaliy – muloqot qilishga o‗rgatish, shaxsning gumanitar va insonparvarlik rivojlanishini nazarda tutuvchi, lingvistik, filologik va umumiy dunyoqarashni kengaytirishni ko‗zda tutuvchi rivojlantiruvchi maqsadlarni va ta‘lim oluvchilarda bilishga oid faollikni, chet tilida muloqot qilish ko‗nikmasini shakllantirish va o‗zga madaniyatga hurmatni tarbiyalashga yo‗naltirilgan tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishga yo‗naltirilgan. Odatiy ifodalashda bu amaliy, tarbiyaviy, ta‘limiy, rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni hal etishga kompleks yondashuvni ko‗zda tutadi, mohiyatan esa –bu muloqot kompetensiyasining qator asosiy komponentlarini shakllantirishdir. Shu tariqa, pedagogik oliy ta‘lim muassasasi nofilologik fakultetlarida chet tilini o‗qitishning asosiy strategik maqsadi integrativlik hisoblanadi, o‗quv jarayonini talaba shaxsiga - bo‗lajak o‗qituvchiga yo‗naltirishda uni muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin deb hisoblaymiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling