Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
166 Birlashtiruvchi g‗oya sifatida biz talaba shaxsini chet tilini o‗zlashtirishi orqali rivojlantirish g‗oyasini qabul qilamiz, u quyidagicha talqin etiladi: 1) rivojlantirish harakat, samarali o‗zgarish timsoli sifatida tushuniladi; 2) rivojlanish o‗quv jarayonida sodir bo‗luvchining umumiy formulasi, interpretasiya prinsipidir; 3) rivojlanish o‗qitishda talaba shaxsiga umumiy talab hisoblanadi; 4) rivojlanish talabaning o‗rganilayotgan tilga munosabatining asosiy tavsifi hisoblanadi. Biz pedagogik oliy ta‘lim muassasasida ―chet tili‖ fani kasbiy tayyorgarlik jarayonida ahamiyatli element hisoblanadi, nafaqat bilimlar va ko‗nikmalarni egallashni ta‘minlaydi, balki bo‗lajak o‗qituvchilarning ishlari va kasbiy hamjamiyatdagi hamkorliklari uchun zarur bo‗lgan shaxsning kasbiy ahamiyatli sifatlarini rivojlantirishga ko‗maklashadi deb hisoblaymiz. Asos sifatida muloqot instrumenti sifatida tilni pragmatik tushunishni qabul qilish lozim. Agar ixtiyoriy boshqa fanni o‗qitish sharoitlarida muloqot funksiyasi ta‘lim oluvchilarning predmetli faoliyatlarini tashkil etish bo‗lsa, chet tilini o‗rgatishda esa bevosita predmetli faoliyat didaktik jarayon ishtirokchilarining muloqoti uchun qulay sharoitlarni ta‘minlaydi, muloqot esa bir vaqtda maqsad va vosita hisoblanadi, shuning uchun muloqot faoliyati samaradorligi, ya‘ni talabalar hamda o‗qituvchi uchun chet tilini o‗qitishning samaradorligini ta‘minlovchi kasbiy ahamiyatli shaxs sifatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Pedagogik oliy ta‘lim muassasasida chet tilini o‗qitish tizimida talaba shaxsini rivojlantirish ostida avvalo unda fikrini ifodalash usulini egallash jarayoni tushuniladi, uning shaxsini rivojlantirish vositasi esa chet tilida muloqot jarayoni hisoblanadi. Chet tilini o‗qitishda biz talabalarga ularning shaxsini rivojlantirishning o‗zgacha usulini taklif etamiz. Ya‘ni, pedagogik oliy ta‘lim muassasasi nofilologik fakultetlari talabalarida chet tili vositalari bilan muloqot kompetensiyasini rivojlantirib ularning shaxsiy imkoniyatlarini oshiramiz. Nofilologik fakultetlarda chet tilini o‗qitish jarayonida muloqot kompetensiyasini rivojlantirish, ya‘ni talabalarni mos muloqotni amalga oshirishga tayyorlash muhim vazifa hisoblanadi, bu ularni jahon ta‘lim hamjamiyatining teng huquqli, ma‘lumotli ishtirokchilariga aylantiradi. Biz uning shakllanganligini belgilovchi motivatsion, mazmunli va xulqiy komponentlar majmui, talabaning muloqotga tayyorligi darajasini belgilaydi deb hisoblaymiz. Shunga ko‗ra, muloqotga tayyorgarlikni muloqot vaziyatlarida faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beruvchi, talabada tilga oid, ijtimoiy-madaniy, predmetli, psixologik-pedagogik bilimlar, chet tilini qo‗llashning amaliy ko‗nikma va malakalarining mavjudligi sifatida tushunamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling