TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
178
Orazova M.Y. - Master of the Uzbek State University of Physical Culture
and Sports
Annotatsiya. The article reveals the method of organizing special classes for
schoolchildren on the effectiveness of hygienic factors in physical education. Also,
the choice of means for the effectiveness of hygienic factors in the physical education
of students, the development of health-improving measures, the development of their
general and personal hygiene are covered.
Key words: Education in school
is a process of upbringing, a lesson in
Physical Education,
hygienic factors, activity,speed of movement,
a pedagogical
process.
Jismoniy tarbiya va sport mamlakatimizda yashovchi har bir fuqaro uchun
umumiy madaniyatning ajralmas bir qismiga aylanishi kerak. Jismoniy tarbiya va
sport bilan shug‗ullanishda gigiyena talablarini bajarish katta ahamiyatga ega.
Jismoniy tarbiya va sportni gigiyenik vositalar
orqali ommalashtirish, katta
sportda sportchilar tomonidan mashg‗ulot, dam olish, ovqatlanish
rejimlariga amal
qilmaslik masalalari alohida dolzarblik kasb etmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvar
kuni imzolagan №5924 PF - sonli ―O‗zbekiston Respublikasida Jismoniy tarbiya va
sportni yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi farmoni
bunga asos vazifasida xizmat qiladi hamda sohaga oid umumiy gigiyena bilan sport
gigiyena qoidalarini tartiblashtirish imkonini beradi(2)
Umumiy ta‘lim maktablaridagi ta‘lim jarayoni umumiy va maxsus ta‘lim
ahamiyatiga ega. Jismoniy tarbiya faqatgina sport turlari , gimnastika va boshqa
harakatli o‗yinlardagi jismoniy mashqlar bilan cheklanib qolmay ijtimoiy va shaxsiy
gigiyenani ham qamrab olmog‗i, tashqi muhitning tabiiy kuchlardan to‗g‗ri
tashkil
etilgan mashg‗ulot va dam olish rejimidan foydalanmog‗i kerak.
Maktablarda agar jismoniy mashqlar ochiq havoda o‗tkazilsa, ularning
umumiy sog‗lomlashtiruvchi samarasi oshadi, agar mashqlar
ancha salqin havoda
o‗tkazilsa chiniqtiruvchi ta‘sir ko‗rsatadi. Bunda o‗quvchilarning ko‗krak qafasi
ekskursiyasi o‗pkaning hayotiy sig‗imi, qo‗l kaftining siqish kuchi kabi ko‗rsatkichlar
oshadi.
O‗quvchilarni jismoniy tarbiyalashning asosiy shakli jismoniy tarbiya darslari
hisoblanadi.
Unga hamma sinflar uchun haftasiga 2 soatdan ajratiladi. Darslar asta-
sekinlik,
izchilik
va
muntazamlilik
prinsiplariga
asoslanib
o‗tkaziladi,
o‗quvchilarning uyg‗un ravishda jismoniy rivojlanishni
taminlaydigan turli-tuman
mashqlar kiritiladi. Kichik maktab yoshida harakat aktivligini oshirish va