Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
238 komplektdan doira va kvadrat qo‗yiladi, so‗ngra ikkinchi komplektdan kvadrat va hok. Uch yoshli bola oval va doirani, kvadrat va to‗g‗ri to‗rtburchakni adashtirishi mumkin hisoblanadi[4]. - “Namuna b o„yicha tuzish” o„yini - Maqsad: fazoviy va k o‗rgazmali-harakatli tafakkurning xususiyatlarini aniqlash. - Kerakli jihozlar: 2 ta nusxada turli shakldagi qurilish detallari - Ko‗rsatma: Tekshiruvchi bolaga qurilish detallaridan biror bir narsani yasab beradi, so‗ngra xuddi shunday yasab berishi so‗raladi. Uch yoshli bola mustaqil ravishda vazifani bajarsa qoniqarli hisoblanadi. - Dizartriya nutq kamchiligiga ega bo„lgan 4 yoshli bolalar uchun o„yinlar. - “Piramida” o„yini - Maqsad: o‗lchamni, k o‗rgazmali-harakatli tafakkurni idrok qilish. - Kerakli jihozlar: 5-7 ta elementdan iborat piramida. - K o‗rsatma: Tekshiruvchi bolalarga piramida ko‗rsatadi va bolaning diqqatini u qanday yasalganiga qaratadi. So‗ngra bu piramidani qismlarga ajratadi va bolaga qaytadan avvalgidek yasab berish topshirig‗i beriladi. Agar bola vazifani bajarishga qiynalsa, yordam beriladi.Bola vazifani birinchi urinishidayoq mustaqil bajarsa bolada o‗lchamni idrok qilish yuqori darajada rivojlangan. - “Shakllar qutisi” o„yini - Maqsad: ixtiyoriy diqqatni rivojlantirishga qaratilgan. - Kerakli jihozlar: doira, uchburchak, to‗g‗ri to‗rtburchak, kvadrat, ko‗pburchak shakllardagi o‗yiqchalardan iborat quticha. - Ko‗rsatma: Bolaning oldiga turli shakllar, quticha qo‗yiladi va quyidagicha topshiriq beriladi: Bizda g‗ayri oddiy pochta qutisi va o‗zgacha xatlar bor. Har bir xatning o‗z o‗rni bor. Xatlarning o‗rnini topib ularni joylashtirib chiqadi. Bola ko‗rsatmani birinchi berilishida bajara olmasa logoped yordam berishi mumkun. - 5 yoshli dizartrik bolalar uchun o„yinlar. - “ S o„zlar b o„yicha k o„rsat” o„yini - Maqsadi: Eshituv diqqati xususiyatlari va alohida so‗zlarning mazmunini tushunishini tekshirish. - Kerakli jihozlar: bolaga yaxshi tanish predmetli rasmlar. - Ko„rsatma: Tekshiriluvchiga tadqiqotchi tomonidan aytilgan predmetlarni rasmini ketma-ket ko‗rsatish taklif etildi. ―Men predmetlarni nomlayman, sen esa, ular tasvirlangan rasmlarni k o‗rsatasan‖. Masalan: oyna, eshik, soat, qalam, tokcha, qandil. Nomlangan predmet uning ko‗ruv idroki bilan qo‗shildi, bu esa topshiriqni bajarilishini yengillashtirdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling