Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 235 Annotation.
Ключевые слова: дизартрия, логопедия, иннервация, недостаток речи,
воспаление мозга головы. METHODS OF APPLICATION OF Cognitive Processes in Speech Impaired Children Gulyamova A.A. - Teacher of Tashkent State Pedagogical University TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 235 Annotation. Theoretical and practical study of the role of modern technologies in the development of cognitive processes in children with dysarthria of preschool age, speech disorders, methodological recommendations. The article briefly states that one of the most effective ways to develop speech in children with speech defects is to use modern technology and be able to use it correctly. Key words: dysarthria, speech therapy, innervation, speech deficiency, inflammation of the brain. Hozirgi kunga kelib bolalarda turli xil nutq kamchiliklari uchrab turadi. Ularning sabablari esa turlichadir. Nutqdagi kamchiliklar esa bolalarning muomila qilish va o‗qitish uchun salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Logopediyada turli xil nutq nuqsonlari uchrab turadi, shulardan biri nutq apparati innervatsiyasining organik buzilishi sababli nutqning talaffuz tomonidan buzilishi – dizartriya nutq kamchiligi sifatida uchraydi[1]. Dizartriya markaziy xarakterdagi organik nutq buzilishi hisoblanadi. Dizartriyada nutq a‘zolarining kam harakatlanishi natijasida nutq tovushlari artikulyatsiyasi qiyinlashadi, ovoz nafas buzilishlari hamda nutqning sur‘ati, ritmida hamda ifodaliligida o‗zgarishlar kuzatiladi. Quyidagi sabablarga ko‗ra dizartriya nutq kamchiligi nomoyon bo‗ladi. Bosh miyaning yallig‘lanishi; Miyada qon aylanishining buzilishi; Bosh miya shikastlanishlari; Dizartriya nutq kamchiligini muammolarini o‗rganish bo‗yicha qilingan muvaffaqiyatlarga qaramasdan bu tushuncha xali ham to‗liq ifodalangan emas. Ayniqsa maktabgacha tarbiya yoshidagi dizartriya nutq kamchiligiga ega bo‗lgan bolalarning bilish jarayonlarini rivojlantirishning psixokorreksion texnologiyalari zamonaviy logopediyaning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bolalardagi nutq kamchiliklarini erta aniqlash, ularni bilish faoliyatlarini chuqur o‗rganish va о‗z vaqtida korreksion ish olib borish, bolalarning bilimlarni chuqur о‗zlashtirishda ortda qolishlarini oldini olish va nutq kamchiliklarini bartaraf etishda muhim rol o‗ynaydi. Murakkab nutq kamchiligi bo‗lmish dizartriya ko‗pgina hollarda bolalar serebral falajlanish xastaligining yo‗ldosh namoyon belgisi hisoblanib, butun tayanch-harakat tizimidagi nuqsonlar o‗z- o‗zidan artikulyatsion apparat innervatsiyasiga ko‗rsatgan patologik ta‘siri natijasida dizartrik bola nutqida murakkab kamchiliklarga sabab bo‗ladi. Bu muammo o‗z o‗rnida yana qator muammolar yigindisini (nutqiy, psixologik, ijtimoiy, intellektual va hakazo...) ham keltirib chiqarishi kuzatilishi mumkun[2]. Murakkab nutq kamchiligi bo‗lmish dizartriya ko‗pgina hollarda bolalar serebral falajlanish xastaligining yo‗ldosh namoyon belgisi hisoblanib, butun tayanch-harakat tizimidagi nuqsonlar o‗z-o‗zidan artikulyatsion apparat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling