Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
34 olgandagina, bolalar ko‗pchilik masalalarni analiz qiladigan va yecha oladigan bo‗ladilar[1]. 1) (a+b)+s (yig‗indiga sonni qo‗shish). Аmaliy mashqlar yig‗indiga sonni har xil yo‗l bilan qo‗shish: yo avval yig‗indini hisoblab, keyin unga sonni qo‗shish, yo sonni birinchi qo‗shiluvchiga qo‗shib, keyin natijaga ikkinchi qo‗shiluvchini qo‗shish, yoki sonni ikkinchi qo‗shiluvchiga qo‗shib, keyin natijaga birinchi qo‗shiluvchini qo‗shish mumkinligini tushunib olishda o‗quvchilarga yordam beradi. O‗qituvchining ko‗rsatgan mashqidan so‗ng o‗quvchining o‗zi shu xossaning to‗g‗riligiga ishonch hosil qilmog‗i lozim[2]. Buning uchun parta ustiga, masalan, 4 ta uchburchak, 2 ta doira, 3 ta kvadrat yoyiladi va har xil usullar bilan hamma geometrik shakllarning umumiy miqdori topiladi. O‗quvchilar o‗qituvchi rahbarligida uchburchaklarga doiralarni yaqinlashtiradilar va ikkalasini birgalikda sanaydilar, undan so‗ng kvadratlarni yaqinlashtirib, keyin shakllarning hammasi yana sanaladi; shakllar bir – biridan ajratilib avvalgi holiga keltiriladi, keyin uchburchaklarga avval kvadratlar undan so‗ng doiralar yaqinlashtiriladi; uchinchi martada doiralarga kvadratlar va so‗ngra uchburchaklar yaqinlashtiriladi. O‗quvchilar hamma hollarda ham natija bir xil chiqishini aniqlaydilar. Shu xil amaliy mashqlardan keyin (6 – 8 mashg‗ulot) sonni yig‗indiga qo‗shish xossalariga doir masala va misollar yechishga kirishadilar. Masala. ―Bir bolaning 6 ta rangli va 1 ta qora qalami bor edi. U yana 2 ta qalam sotib oldi: Bolaning qalamlari nechta bo‗ldi?‖ O‗quvchining mulohazasi. ―Bolada 6 ta rangli, 1 ta qora qalam bor edi, demak unda (6+1) qalam bor, oldingi qalamlarga 2 ta qalam qo‗shib; (6+1)+2 (qalam) deb yozaman. Hammasi nechta bo‗lganini topish kerak. Nomaʼlum sonni ―x‖ bilan belgilab, sonli formula tuzaman: x=(6+1)+2‖. Endi o‗qituvchi quyidagicha suhbat o‗tkazadi: O‗quvchi qanday qalamlar sotib olishi mumkin edi? (Har qanday rangli qalam, qora qalam.) Аgar bolaning sotib olgan qalamlari istalgan xilidan bo‗lsa, unda masala bunday yechiladi: x=(6+1)+2 x=7+2 x=9 agar bola qora qalamlar sotib olgan bo‗lsa, unda qora qalamlarni rangli qalamlardan ajratib qo‗yish va masalani boshqa usul bilan quyidagicha yechish mumkin. x=(6+1)+2 x=6+(1+2) x=6+3 x=9. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling