Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
35 Аgar bolaning sotib olgani rangli qalamlar bo‗lsa, unda masala uchinchi usul bilan yechiladi: x=(6+1)+2 x=(6+2)+1 x=8+1 x=9. Qanday usul bilan yechmaylik, natija bir xil bo‗ladi. Yig‗indini songa qo‗shish ham o‗quvchilar bilan taxminan shu xilda hal qilinadi. Masalalar to‗plamlarida mana shu xossalarga oid har xil usullarni tushuntirishga yordam beradigan masalalar kam bo‗lganidan, o‗qituvchilar eʼtiboriga bir qancha masala havola qilamiz. 1. Tarelkada 4 ta qizil, 2 ta oq olma bor. Unga yana 3 ta olma qo‗shildi. Tarelkadagi olma nechta bo‗ldi? 2. Zuhrada 10 ta katakli va 6 ta chiziqli daftar bor edi. U yana 4 ta daftar sotib oldi. Zuhraning daftari nechta bo‗ldi? 3. Bolalar bog‗chasining bir gruppasida 10 ta prujinali mashina va 6 ta traktor bor edi. Yana 4 ta o‗yinchoq sotib olindi. Gruppaning o‗yinchoqlari qancha bo‗ldi? 4. Zamira ertalab 20 dona bayroqcha yasadi. Kunduzi u yana 7 ta qizil va 3 ta ko‗k bayroqcha yasadi. Zamira hammasi bo‗lib qancha bayroqcha esadi? 5. Bir bolada 2 ta shar bor edi. Bayramda unga 4 ta qizil va 3 ta sariq shar sovg‗a qilishdi. Boladagi sharlar nechta bo‗ldi? 2) (a+b)-s (yig‗indidan sonni ayirish) Аmaliy mashqlar yuqorida bayon etilganlarga o‗xshash o‗tkaziladi. Masalani quyidagi tartibda muhokama qilish mumkin: O‗quvchilar bilan birinchi masala bo‗yicha o‗tkaziladigan suhbat. Tarelkada nima bor? Qanday olmalar bor? (Qizil va oq olmalar.) Masalada yana nimalar maʼlum? (3 ta olma yeyilgani.) Nimani bilish talab qilinadi? Bolalarga olmani turlicha olib yeyish mumkinligini tushuntirish lozim. Masalan, olmalarni faqat birinchi tarelkadan yoki faqat ikkinchi tarelkadan, yoki ham birinchi, ham ikkinchi tarelkadan olish mumkin. O‗quvchilar bilan keyingi masalalar bo‗yicha o‗tkaziladigan suhbat. Masalani tuzib bo‗lgandan keyin o‗qituvchi quyidagicha savollar beradi: pomidorni faqat birinchi tarelkadangina olish mumkinmi? (Yo‗q?) Nega? (Yetmaydi.) 5 ta pomidorni qayerdan olamiz? (Ikkala tarelkadan.) Bolalar bilan birgalikda birinchi masala uch xil usul bilan, ikkinchisi bir usul bilan yechiladi. O‗quvchilarga masaladagi sonlarni o‗zgartirib, uni ikki (bir) usul bilan yoki aksincha uch (ikki) usul bilan yechishni tavsiya qilish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling