Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
122 7. Faqat 1, 2 va 3 raqamlaridan tashkil topgan sonlarni ―ajoyib sonlar‖ deymiz. (Raqamlar takrorlanishi mumkin) U holda 10 dan 32 gacha bo‗lgan oraliqda nechta ―ajoyib son‖ bor? 8. Quyonlar oilasi karamlar va sabzilar bilan oziqlanadi. Har kuni ular 10 ta sabzi yoki 2 ta karam yeyishadi. o‗tgan hafta ular 6 ta karam yegan bo‗lsa, qolgan kunlari nechta sabzi yeyishgan? 9. Samandar va Inoyat bir binoda yashashadi. Samandar Inoyatdan 12 qavat yuqorida yashaydi. Bir kuni Inoyat Samandarni ko‗rish uchun yuqoriga chiqdi. Yo‗lning yarmiga kelganida 8-qavatda ekani ma‘lum bo‗ldi. Inoyat nechanchi qavatda yashaydi? Uchinchi pedagogik sharoitni amalga oshirish o‗qituvchining boshlang‗ich sinf o‗quvchisi bilan uning shaxsiy xususiyatlari va imkoniyatlari, o‗quv faoliyati jarayonida aniqlangan yutuqlari va qiyinchiliklari, sinfdoshlari va ota- onalari bilan munosabatlarini muhokama qilish orqali amalga oshirildi. Sanab o‗tilgan tavsiflarning hamkorlikdagi tahlili boshlang‗ich sinf o‗quvchilarining o‗z xulqlari ko‗rsatkichlarini o‗zgartirishlariga yordam berdi. Mazkur pedagogik sharoitni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ―Shaxsiy yutuqlar kundaligi‖ dan foydalanildi, u to‗rt yil davomida har bir boshlang‗ich sinf o‗quvchisining individual o‗sishini kuzatish imkonini berdi. Boshlang‗ich sinf o‗quvchilarida mantiqiy fikrlash qobilyatini rivojlantirishda innovatsion-metodlardan foydalanilganligini ta‘kidlash muhim bo‗lib, biz quyidagilardan foydalandik: 1) intellektual jarayonlar, ular fikrlash, mulohaza yuritish, asoslash, isbotlash holatlarini uyg‗otadi (analiz, sintez, umumlashtirish, taqqoslash); 2) emotsional jarayonlar (muvaffaqiyat, xursandchilik, o‗z yutuqlaridan faxrlanish, faoliyatdan qoniqishni boshdan kechirish); 3) tartibga soluvchi jarayonlar (kuchlarni jamlash sifatida irodaviy intilishlar, maqsadga yo‗nalganlik, qaror qabul qilish, tirishqoqlik, qat‘iyatlilik, diqqat); 4) ijodiy jarayonlar, ular tasavvur, xayolot, yangi obrazlarni, modellarni yaratish va b.q. Boshlang‗ich sinf o‗quvchilarida mantiqiy fikrlash qobilyatini rivojlantirishni amalga oshirish pedagogik sharoitlarini joriy etish ma‘lum fanlarni o‗zlashtirish doirasida darsda va darsdan tashqari vaqtda sodir bo‗lib, ular tartibga soluvchi, bilishga oid va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish uchun ma‘lum imkoniyatlarni ochib berdi. Adabiyotlar 1. Abdullayeva B.S. Akademik litsey o‗quvchilarining matematik tafakkurlarini rivojlantirish (umumlashtiruvchi darslar misolida): Dis....ped.fan.nom.– Toshkent: TDPU,2002. 2. Abduqodirov A.A. Ta‘limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling