Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
13 
kadrlar tayyorlash bilan bog‗liq qator murakkab muammolarni hal etish zaruratini 
keltirib chiqardi. Shu munosabat bilan, jamiyatda ro‗y berayotgan tub o‗zgarishlar, 
insonning o‗zi mustaqil amalga oshirish, o‗z imkoniyat, qobiliyat va salohiyatlarini 
amalga oshirish va o‗zini mustaqil rivojlantirishi uchun makon sifatida bo‗sh vaqtning 
ijtimoiy roli va ahamiyati tufayli yoshlarning ijtimoiy tarbiyasining tubdan yangi 
shakllari, metodlari va vositalarini belgilashning muqarrarligi juda aniq shakllarda 
ko‗rinib turibdi. 
So‗nggi yillarda oliy o‗quv yurtlarida jamiyat taraqqiyotining yangi shart-
sharoitlariga 
javob 
beradigan 
talabalarni 
tarbiyalash 
konsepsiyasi 
ishlab 
chiqarilmoqda va amalga oshirilmoqda. Tarbiyani insonparvarlashtirish tamoyilini 
nafaqat o‗quv kurslari mazmunini shakllantirish, balki talabalarga individual kasbiy 
maqsadlarga erishish imkoniyatlarini ta‘minlash orqali amalga oshirish imkonini 
berish bilan ularning ehtiyojlariga yo‗naltirish imkonini ham beradi. Oliy ta‘limning 
yangilangan mazmuni va shakllarining mazmuni va maqsadi talabaning kasbiy ta‘limi 
kasbga tayyorlashning jarayoniga ham, o‗z kasbiy shakllanish jarayoniga ham ongli 
munosabatini shakllantirishdan iborat bo‗lib, u nafaqat o‗qitishni, balki yangi ijtimoiy 
texnologiyalarni o‗zlashtirishni, ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatda ishtirok etish 
tajribasini orttirishni ham o‗z ichiga oladi. 
Oliy ta‘lim muassasalari nafaqat talabalarni tayyorlashga (ta‘lim berishga), 
balki ularning shaxsiy pozitsiyasini, hayotiy ideallar tizimini, jamoatchilik bilan 
munosabatlarda o‗z imkoniyat, qobiliyat va salohiyatlarini amalga oshirish usullari va 
shakllarini shakllantirishga qaratilgan. So‗nggi yillarda oliy ta‘lim muassasalarida 
talabalarga tarbiya berishning turli konsepsiyalari ishlab chiqilmoqda. Ular ta‘limni
insonparvarlashtirish tamoyilini nafaqat individual kasbiy maqsadlarga erishish, balki
ularni ijtimoiy shakllanish imkoniyatlarini ta‘minlash bilan talabalarning ehtiyojlariga 
e‘tibor qaratish imkonini beradi. Shu asnoda, talabalar shaxsini o‗zini anglash va 
o‗zini mustaqil rivojlantirishga yo‗naltirilgan ijtimoiy tarbiyaning tubdan yangi shakl, 
metod va vositalarini belgilab olish muqarrarligi ancha yaqqol ko‗zga tashlanadi. 
Olim V.I. Juravlevning fikriga ko‗ra, ijtimoiy tarbiya vositasini ―avvaldan 
atayin tarbiyaviy jarayonga kiritilgan muhit predmeti yoki hayot vaziyati‖ deb 
ta‘riflash mumkin. Moddiy yoki ma‘naviy madaniyatning har qanday obyekti quyidagi 
shart-sharoitlarda tarbiya vositasi funksiyasini vazifasini bajarishi mumkin. 
Birinchidan, u tarbiyalanuvchi shaxsining ichki dunyosining rivojlanishi uchun zarur 
bo‗lgan axborot, ma‘lumot bilan aloqador; ikkinchidan, u (ma‘lumot) obrazli, 
ko‗rgazmali-natija beruvchi (ta‘sir ko‗rsatuvchi) yoki belgi-ramz shaklida o‗zlashtirish 
predmeti sifatida ajratib olingan; uchinchidan, o‗zining ma‘lumoti bilan birga, obyekt 
tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muloqoti va birgalikdagi faoliyatiga kiritilgan 
(P.I. Pidkasistiy). Tarbiya vositalari oliy ta‘lim muassasasi talabalari hayotiga yangi, 
hali o‗zlashtirilmagan madaniy qadriyatlar sifatida kiradi. Ular ilgari to‗plangan 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling