Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
21 
yechimiga ko‗proq eʼtibor qaratilsa, maktab rahbarlar uchun ancha yengillik 
yaratilgan bo‗lar edi. 
―Xalqimiz hamisha ustozlarni eʼzozlab, ularning hurmat-izzatini joyiga qo‗yib 
kelgan. ―Ustoz otangdek ulug‗‖ degan hikmatli naql ham bejiz aytilmagan. Endi ana 
shu so‗zlarni qog‗ozda emas, amalda qaror toptiradigan, o‗qituvchi - muallimning 
qadr - qimmatini joyiga qo‗yadigan payt keldi‖[3].
Pedagoglarning qadr-qimmatini yanada ko‗tarilishida, ularning faqat xizmat 
vazifasi bilan shug‗ullanishlari katta ahamiyat kasb etadi. O‗zbekiston Respublikasi 
Mehnat kodeksining 177 - moddasida ish beruvchi xodimdan uning mehnat vazifalari 
doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishni, qonunga xilof yoki xodim va boshqa 
shaxslarning hayoti va sog‗ligi uchun xavf tug‗diruvchi, ularning shaʼni va qadr-
qimmatini kamsituvchi harakatlar qilishni talab etishga haqli emasligi belgilangan. 
Аmmo amaliyotda o‗qituvchining ish faoliyatiga taʼsir qiluvchi va xalaqit beruvchi 
tashkilotlar ko‗pligidan eʼtirozlar yo‗q emas[1]. 
Maktablardagi yana bir muammolardan biri, o‗qituvchilar lavozim shtatlariga 
emas dars soatlari bo‗yicha ishga qabul qilinmoqda. Bitta fandan bir nechta 
o‗qituvchi umumiy belgilangan o‗quv soatlarini bo‗lib berilishi hisobiga 
ishlamoqdalar.
O‗quv soatlari ish hajmi hisoblanadi va 1 ta lavozimga mo‗ljallangan ish 
hajmi bilan taʼminlanishi kerak. Bir tomondan ko‗proq pedagoglarni jalb qilinishi 
minimal darajada bo‗lsa ham ularga daromad manbai bo‗lmoqda, ikkinchi tomonidan 
esa kim asosiy lavozimda? degan savolga javob yo‗q. Chunki mehnat qonunchiligi 
bo‗yicha asosiy lavozimdagi xodimlar va o‗rindosh, soatbay yoki fuqaroviy huquqiy 
shartnoma asosida ishlaydigan xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzish va bekor 
qilish tartibi tubdan farq qiladi. Mehnat shartnomasi Mehnat kodeksi bilan tartibga 
solinadi[1]. Fuqaroviy huquqiy shartnoma esa Fuqarolik kodeksi bilan tartibga 
solinadi. Hattoki, Mehnat shartnomasini rasmiylashtirishda ham qaysidir toifadagi 
xodimlarga imtiyozlar mavjud, qaysidir toifadagi xodimlar sinov muddatisiz ishga 
qabul qilinishi belgilanishi kerak.
Аksariyat maktablarda tuzilgan mehnat shartnomalarida ana shu kabi 
xotoliklarni kuzatish mumkin. Ko‗plab o‗qituvchilarda esa mehnat shartnomasining 
ikkinchi nusxasi mavjud emas. Bularning hammasi ish beruvchilar va pedagog 
xodimlarning huquqiy savodxonligi yetarli emasligidan dalolat beradi. Shuningdek, 
pedagog xodimlarning kafolatlangan mehnat sohasidagi huquqlari buzilish xavfini 
oshiradi. Oxirgi yillarda o‗qituvchilarni nufuzini oshirish, ularni qo‗llab-quvvatlash 
maqsadida qabul qilingan ko‗plab qonun hujjatlarini ijrosini samarali taʼminlanishi, 
pedagog xodimlarning jismoniy yoki iqtisodiy holatini emas balki intellektual 
salohiyatini inobatga olgan holda boshqarish taʼlim sifatiga ijobiy taʼsirini ko‗rsatadi. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling