Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
17 Key words: learners, informal learning, activism, responsibility, public speaking, leadership, fairness, efficiency. Hozirgi davrda har bir mamlakat taʼlim - tarbiyani rivojlantirish orqali iqtisodiy barqarorlikka erishayotganligi va bunda inson omilining roli ortib borayotganligi kuzatilmoqda. Jamiyat taraqqiyotining ayni bosqichi shunday o‗ziga xos xususiyatga egaki, unda jismoniy kuch emas, balki intellektual salohiyat, aql- idrok, ijodiy fikrlash, yangi texnika va texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bu esa inson resurslarining samarali boshqarish jarayonini yangi bosqichga olib chiqish zaruriyatini tug‗dirmoqda. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev taʼkidlaganidek: ―Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz aʼzolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-maʼrifat, yuksak madaniyat kerak. Ilm yo‗q joyda qoloqlik, jaholat va albatta to‗g‗ri yo‗ldan adashish bo‗ladi. Eng katta boylik - bu aql zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir[1]!‖ Аlbatta taʼlim - tarbiya masalasi ko‗tarilganda ko‗proq yoshlarimizni befarqlik yoki loqaydlikda ayblash, ularni internet o‗yinlari bilan ko‗proq band bo‗lishlarini, vaqtlarini bexuda o‗tkazishlarini biz kattalar tomonidan qoralash holatlari yo‗q emas. Аmmo yoshlarni shu holatga tushurmaslik uchun biz qanday alternativ variantlarni ularga ko‗rsatyapmiz. Biz ularga internet mahsulotlaridan qiziqroq bo‗lgan mashg‗ulotlarni taqdim qilsakkina ularni bo‗sh vaqtlarini samarali va foydali o‗tkazishga hissa qo‗shishimiz mumkin. Demak, yoshlarimizni har bir daqiqa vaqtini unumli o‗tkazishlarida asosan biz kattalar masʼulmiz. Shu sababli ham bugungi jamiyatda kattalarni o‗qitish dolzarb masalaga aylanib qolmoqda. ―O‗qitish‖ deganda, faqat taʼlim muassasalardagi o‗qitishni nazarda tutmasligimiz kerak, aksincha hayot davomida muntazam ravishda o‗z bilimlarini takomillashtirib borish har bir shaxsning asosiy vazifasiga aylanishi zarur. Lekin ―kattalarni o‗qitish‖ yoshlarni o‗qitishga nisbatan ancha murakkab jarayon hisoblanadi. O‗quvchilar ko‗p holatlarda ota - onasi va ustozlarini yo‗naltirishi va majburiy taʼlim bo‗lganligi uchun maktablarga borishadi. Darslarda ham intizom talablarini bajargan holda o‗tirish kerakligini tushunishadi. Katta yoshdagilar esa biror - bir yo‗nalishda qisqa kurslarda yoki o‗quv markazlarida bilim olmoqchi bo‗lsalar, albatta, pedagogdan yangiliklar, qiziqarli dars o‗tish uslubini kutadilar. Аgar dars yoqmasa, shu zahoti auditoriyani tark etishni boshlaydi. Chunki u vaqt qimmatini biladi va hayotiy tajribaga ega bo‗lganligi uchun pedagoglarni tanlash va taqqoslash ko‗nikmasiga ega bo‗ladi. Аmmo ushbu pedagog auditoriyani ushlash, darsni muvaffaqiyatli tugatish, asosiysi o‗tilgan o‗quv kursdan natija olishi uchun o‗z faoliyatiga tanqidiy nazar solishi lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling