Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
15 holda ijodiy izlashni tashkil etish bilan bog‗liq kasbiy faoliyat sifatida qarash mumkin. Ijtimoiy munosabatlar deganda, turli ijtimoiy institutlar o‗rtasidagi shaxslararo va ijtimoiy munosabatlar o‗rtasidagi o‗zaro aloqalarni o‗rnatishni anglashiladi. Madaniy shakllanish deganda, yangi madaniy qadriyatlarga kirish tushuniladi va ―madaniyat‖ tushunchasi keng ma‘no kasb etadi. Ushbu istiqbol, nuqtayi nazardan, animatorning ijtimoiy va madaniy vazifalari bir biriga yaqinlashadi va u shaxsning samarali ijtimoiylashuvi jarayonini amalga oshiradi. A.I. Luchankin va A.A. Sniskny kabi olimlar multimedia vositalari asosida faoliyatning ta‘rifini bolalar o‗smirlar va yoshlar bilan madaniy-dam olish ishlari bo‗yicha maxsus tashkil qilingan, madaniyat orqali ta‘lim uchun, san‘at va muloqot, bo‗sh vaqt pedagogikasi texnologiyalariga ixtisoslashgan faoliyat sifatida taklif qilishadi. Yuqorida keltirilgan ta‘riflardan kelib chiqqan holda multimedia vositalari asosida faoliyat inson shaxsining barkamol rivojlanishini faol yordam berishga yo‗naltirilgan. Shunga asoslanib, uning asosiy vazifalari quyidagilardir: mustaqil faoliyatining turli usullariga, shu jumladan, erkin ijodiy dam olishning yangi shakllarini ixtiro qilishga bo‗lgan rag‗batlantirilganlikni motivatsiyani shakllantirish; qiziqishlar (manfaatlar) asosida boshlang‗ich guruhlarni tashkil qilish; turli yosh toifalaridagi insonlarni ijodiy muloqot orqali ushlab turish; umumxalq bayramlari va tadbirlarini tashkil qilish. So‗nggi paytlarda, turizm sohasida multimedia vositalari asosida faoliyatga katta e‘tibor qaratilmoqda. Mohiyati predmetlar, hodisalar haqida yangi ma‘lumot olish, atrofimizdagi dunyo haqida yangi bilim va taassurotlarni mustahkamlash, aqliy, intellektual, jismoniy, hissiy va ma‘naviy takomillashtirishdan iborat bo‗lgan turistik multimedia vositalari asosida amaliyotini harakatga jalb etishga katta ahamiyat beradi, shaxsning ijodiy salohiyatini faollashtirish uchun real imkoniyat beradi. Bunda badiiy ijodning an‘anaviy turlari va janrlaridan odamlar o‗rtasidagi ―jonlantirish va ruhlantirishning‖ asosiy turlari sifatida foydalaniladi. Shuning uchun turistik multimedia vositalari asosida faoliyat madaniy hordiq chiqarish sohasida mustaqil yo‗nalish hisoblanadi. Turizmda multimedia vositalari asosida faoliyat, yuqori sifatli multimedia vositalari asosida dasturlari ijtimoiy, madaniy axborotni uzatish uchun ko‗p funksiyali loyiha bo‗lib xizmat qiladi, estetik-madaniy qadriyatlarni saqlashga, axborotni to‗plash va estetik tajribani o‗zlashtirishga yordam beradi. Adabiyotlar 1 Egamberdiyeva N. Ijtimoiy Pedagogika. Alisher Navoiy nomidagi O‗zbekiston milliy kutubxonasi Tosh-2009. 2. Afanasev VG. Jamiyat: tizimli, bilim va boshqaruv. Moskva, 1981; 3 Азаров Ю.П. искусство воспитыват. - м.: просвещение, 1985. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling