Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
18 Katta yoshdagilarni o‗qitish va ularga taʼlim berish butun umr davomida o‗qitishning markaziy tarkibiy qismi boʼlib, taʼlim berish hamda o‗qitishning jamiyat hayotida va mehnat faoliyatida katta yoshdagilarning ishtirok etishini taʼminlashga qaratilgan barcha shakllarini o‗z ichiga oladi, shuningdek, rasmiy, norasmiy va informal o‗qitish jarayonlarining butun majmuini qamrab oladi[2]. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‗zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga bag‗ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: ―Chindan ham, agar biz taʼlimni o‗zgartirsak, taʼlim insonni o‗zgartiradi. Inson o‗zgarsa - butun jamiyatimiz o‗zgaradi ‖- deb taʼkidladi[5]. Darhaqiqat, taʼlimni o‗zgarishi bu jarayonning ishtirokchilari bo‗lgan pedagoglarning innovatsion pedagogik mahoratga ega bo‗lishlari, kreativ yondoshuvlari, o‗z ustida ishlashlari yaʼni ―o‗zini o‗zi o‗qitish‖ tamoyiliga amal qilishlari bilan bog‗liqdir. Bugungi zamonaviy pedagog jamiyatdagi o‗zgarishlarni oldindan ko‗ra olishi va to‗g‗ri talqin qilgan holda yosh avlodni kelajak to‗g‗risidagi qarashlarini o‗zgartira olishi lozim. Yoshlar uchun pedagogning fikr mulohazalari qiziqarli bo‗lishi, ularning kelajakda yetuk, malakali inson bo‗lib yetishishlariga albatta o‗z taʼsirini o‗tkazadi. Lekin bugungi pedagoglarimiz qanchalik o‗quvchi - yoshlarni yoki talabalarni dars jarayoniga jalb qilmoqdalar? Аgar o‗quvchi oʼz vaqtida barcha darsda berilgan topshiriqlarni o‗z vaqtida bajarayotgan va intizom talablariga rioya qilayotgan bo‗lsa-yu, ammo darslar ular uchun zerikarli bo‗layotgan bo‗lsa kim aybdor? Ushbu savollarga javob qidirishda yuqorida keltirilgan Prezident Sh.Mirziyoyev fikrlari qanchalik o‗rinli ekanligiga yana bir bor amin bo‗lamiz. Davlatimiz tomonidan qanchalik sharoitlar yaratilmasin, taʼlim muassasalari yangitdan qurilib, jihozlanmasin o‗qituvchilarning dars o‗tish uslubida o‗zgarish bo‗lmas ekan taʼlim sifati haqida gapirishdan foyda bo‗lmaydi. Chunki taʼlim jarayoni intellektual jarayon. Bunda taʼlim jarayoni ishtirokchilari bo‗lmish o‗qituvchi va o‗quvchilar o‗rtasida fikrlar, g‗oyalar, bilimlar, tajribalar almashadi. O‗qituvchi ―bilimlar‖ dunyosi bilan ―bilim oluvchi‖ o‗rtasidagi asosiy ko‗prik vazifasini o‗taydi. Аgar bu ko‗prik mustahkam bo‗lmasa, bilim oluvchiga maʼlumotlar yetib bormaydi. 13 Download 2.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling