Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
26 inson-ekologiyasi ijtimoiy ekologiyaning mintaqaviy muommolari, ekologik siyosat kabilar nazariy jihatdan ishlab chiqilgan[4; 5-b.]. O‗zbekistonlik mutaxassis Sh. Avazovning fikriga ko‗ra, odamlar ekologik toza texnologiyalardan foydalanishga tayyor bo‗lmasa, ekologik cheklovlar talablariga rioya qilishga intilmasa va faol ishtirok etsa, hech qanday texnik vositalar atrof-muhit holatini yaxshilay olmaydi va ijtimoiy va ekologik muammolarni amaliy hal etishga ko‗maklasholmaydi. Bunday o‗zgarishlar faqat jamoat ongini o‗zgartirish, ekologik g‗oyalar, bilimlar va majburiyatlarni jamiyat va har bir inson hayotiga kirib borish bilan amalga oshiriladi, bu bir qator davlat hujjatlarida ham qayd etilgan [5; 160-b.]. A.Nig‗matovning ―Ekologiya huquqi‖ darsligida ekologiya huquqining tushunchasi, rivojlanish bosqichlari,predmeti, ekologik-huquqiy munosabat va ekologik-huquqiy mexanizm,ekologiya huquqi manbalari, boshqaruv ekologik kadastr, nazorat va ekspertiza, javobgarlik, yerlarni ekologik-huquqiy muhofaza qilish, suv va suvdan foydalanishni ekologik-huquqiy tartibga solish, yer osti boyliklarini, o‗simlik dunyosini, o‗rmonlarni ekologik-huquqiy muhofaza qilish kabi masalalar nazariy jihatdan asoslangan[7;]. Xulosa qilib, talabalarga ekologik ta‘lim berishda biz tabiat bilan jamiyat orasidagi munosabatlarni ilmiy asoslab tushuntirib birgalikda olib borishimiz, ekologik muammolarni tahlil etish haqida kelajak avlodga bilim berishimizda bo‗lajak o‗qituvchilarni tayyorlash tizimni takomillashtirishimizni talab etadi. Adabiyotlar 1. ―O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi‖ Toshkent- ―O‗zbekiston‖- 2018. 17-19-b. 2. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‗limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‗taramiz. 1- jild. – Toshkent: O‗zbekiston, 2017. 570-b 3. Mirziyoyev Sh.M. Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‗lishi kerak. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‗zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‗ilishidagi ma‘ruzasi. 2017 yil 12 iyul. http://uza.uz 4. Xo‗janazarov O‗.E., Sh.T.Yakubjonova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish T:2018. 3-b 5. Avazov Sh. Qishloq maktablarida yuqori sinf o‗quvchilarini o‗lkashunoslik faoliyati jarayonida ekologik tarbiyalash. ped.fan.nomzod.diss. T; 1993. 160-b 6. A.To‗xtayev ―Ekologiya‖ T: O‗qituvchi 1998. 11-14-b 7. A.Nig‗matov ― Ekologiya huquqi‖(Akadimеk-lеtsiy va kasb-hunar kollеjlari uchun darslik).T:2003 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling