TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
28
1-rasm. Blended learning
OTM da mustaqil ishning auditoriya va auditoriyadan tashqari o‗qitish
jarayonini tashkil qilish ta‘lim berish asosi hisoblanadi. Ta‘lim muassasasida
talabalar davom etadigan mustaqil ta‘lim olishga tayyor bo‗lishi kerak. Mustaqil
ishlar shu maqsadga erishishning vositasi bo‗lib xizmat qiladi. Mustaqil o‗qish
insonning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini
rivojlantiradi. Ta‘lim jarayoni talabaning o‗z xohishi bilan mustaqil bilim olishiga
olib kelmaydi, balki ta‘lim oluvchining o‗qituvchi tomonidan tizimli boshqariladigan
faoliyati hisoblanadi. Bunday faoliyat malakali mutaxassislar tayyorlashning ustuvor
vazifasi hisoblanadi. Berilayotgan axborot talaba tomonidan bilim olishga qiziqish
uyg‗otganda, zarurat bo‗lganda faol qabul qilinadi. O‗rganilayotgan fanning
murakkablik darajasi bir xil bo‗lgan tarkibi talabaning tasavvur qilish uslubi, qabul
qilish motivi va qiziqishi bo‗yicha turlicha o‗zlashtirilishi mumkin. Talabaning aniq
bir fanga qiziqishi, o‗qish va ilmiy faoliyati jarayonida yuzaga keladi. Elektron
ta‘limda tinglovchlar mustaqil, erkin va ixtiyoriy bilim olish imkoniyatiga ega
bo‗ladi, o‗qituvchi va talaba o‗rtasidagi bevosita aloqa bo‗lmaganligi uchun
talabalarning o‗zlashtirish darajasi bevosita uning intellektual tomonlariga bog‗liq,
ko‗rgazmalilikning keng imkoniyatlaridan foydalanish, ya‘ni eshitish, ko‗rish, idrok
qilish, esda saqlab qolish, tushunish fikrlashda texnik jarayonlarning faol ishtiroki
yordamida egallanayotgan bilim mohiyatini chuqurroq anglashga yordam beradi.
Blended learning modeli talabalarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
online rejimida o‗quv materiali bilan xohlagan vaqtda tanishish.
sinov testini topshirib bilimini sinash;
nazorat testini topshirish;
o‗tilgan mashg‗ulotlarga mos qo‗shimcha manbalar bilan tanishish;
audio va video yozuvlardan, animatsiya va simulyatsiyalardan
foydalanish;
e-maildan foydalanish va forumlarda ishtirok etish;
ma‘ruzadan tashqari o‗qituvchi-talaba va talabalar o‗rtasida muloqot
tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |