Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
24 quyidagicha yoritilgan: ―Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun davlat hokimiyati mahalliy idoralari, vazirliklar va idoralar, korxonalar va muassasalar, fermerlik va kooperativ xo‗jaliklar, shuningdek, ayrim shaxslar xo‗jalik boshqaruv hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilishi kerak: …barcha turdagi ta‘lim muassasalarida ekologiya o‗quvining majburiyligi‖ [5. 160-b]. Mamlakatimizda ekologik dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirishga mutasaddi davlat tashkilotlari, ommaviy institutlar, maxsus ekologik harakatlar faoliyatini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor masalasi sifatida qaralmoqda. Respublikamizda ekologik vaziyatni sog‗lomlashtirish va shaxs ekologik dunyoqarashini ilmiy-pedagogik kompleksni shakllantirish masalalari kun tartibiga qo‗yilgan. ―...Bunday muammolarni faqat ma‘muriy yo‗l bilan hal etib bo‗lmaydi, bunga yosh avlod qalbida ona tabiatga mehr-muhabbat, unga dahldorlik hissini tarbiyalash orqali erishish mumkin‖. Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash barchamizning burchimiz hisoblanadi, shuningdek ―ekologiya sohasidagi ishlar ahvolini yaxshilash‖[1; 17-19-b.] bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Shuning uchun yurtimizda shaxs ekologik dunyoqarashi va milliy qadriyatlar o‗rtasidagi dialektik aloqadorlikni ilmiy tadqiq etish, xalqaro ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda fundamental ilmiy tadqiqotlar olib borish dolzarb masala qilib belgilangan[2; 570-b.]. Bu borada, ekologik muommolarni hal qilishni, uni yеchimi ishlab chiqish oldimizda turgan muhim masalardan biri hisoblanib kelinmoqda. Shu o‗rinda, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 12-iyulda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‗zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‗ilishidagi ma‘rurzasida, ―Eng muhim masala – aholining ekologik madaniyatini oshirish haqida jiddiy bosh qotirishimiz zarur‖, deb ta‘kidlagan edi. Ekologik dunyoqarash shakllanishini o‗rganishning umumfalsafiy masalalari, sodda bo‗lishiga qaramay: qadimiy afsona, rivoyat, asotir, ertak, masal, qo‗shiq, dostonlar va boshqa xalq og‗zaki ijodi namunalarida o‗z ifodasini topgan. Keyinchalik tarixiy yozma manba ―Avesto‖da ular nisbatan sistemalashgan. Shu o‗rinda ―Avesto‖ da …yangi kanallar qazish, ariq-zovurlarni tozalash, yеrlarni o‗z vaqtida ekishga tayyorlash mo‗l hosil olishning asosiy garovidir. Shuningdek, ―cho‗lga suv chiqazib, yеrning sho‗rini yuvib, zahini qochirib, yеrga ishlov berganlar‖ – еng mo‗tabar insonlar hisoblanadi. Hatto podshoh Jamshid Tangri Uzoq vaqt ishlov bermay va ekin ekilmay qolgan yеr eng baxtsiz zamindir deb keltirib o‗tilgan. [6. 11-14-b.] Shuningdek, islom dini manbalari ―Qur‘oni Karim‖ va ―Hadisi sha‘rif‖dagi ilohiy o‗git va aqidalar ekologik dunyoqarash tadqiqotining ma‘naviy ildizlarini, manbalarini tashkil qiladi. Ekologiya borasida sharq mutafakkirlari ham o‗z fikrlarini bildirib o‗tishgan. Jumladan, O‗rta asrlarda yashab ijod etgan Sharq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling