Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
36 
Masalan, bolalarga quyidagi masala beriladi. ―Bir tarelkada 8 ta olma, 
ikkinchi tarelkada 10 ta olma bor, 6 ta olma yeyildi. Ikkala tarelkada nechta olma 
qoldi?‖ O‗quvchilar bu masalani uch usul bilan yechadilar. 
1) 
x=(8+10) – 6 
2) 
x=(8 – 6)+10 
3) 
x=8+(10 – 6) 
Birinchi usul ustidagi mulohaza: ―Bizga birinchi tarelkada 8 ta, ikkinchida 10 
ta olma borligi maʼlum. Olmalar yeyila boshlandi. Olmalarni ikkala tarelkadan 
olishdi. 6 ta olma yeyildi. Dastlab hammasi bo‗lib nechta olma borligini bilamiz, 
undan so‗ng yig‗indidan yeyilgan 6 ta olmani olib tashlaymiz. 12 ta olma qoladi‖. 
Ikkinchi usul ustidagi mulohaza: ‖Bizga birinchi tarelkada 8 ta, ikkinchida 10 
ta olma borligi maʼlum. Olmalar yeyila boshlandi. Olmalar faqat birinchi tarelkada 
olindi. 6 ta olma yeyilgandan so‗ng birinchi tarelkada 2 ta olma qoldi. Ikkinchi 
tarelkada 10 ta terilmagan olma bor. Hammasi bo‗lib 12 ta olma qoldi‖. 
Uchinchi usul ustida o‗tkaziladigan mulohaza, ikkinchi masala ustida 
o‗tkazilgan mulohazaga o‗xshaydi. Bu masalani uch usul bilan yechgandan so‗ng 
o‗qituvchi quyidagi topshiriqni beradi. ―Masaladagi son maʼlumotlarni shunday 
o‗zgartiringki, masala faqat ikki yo‗l bilangina yechiladigan bo‗lsin‖ 
Javoblar: 8 sonini 5 bilan almashtirish mumkin, chunki u 6 dan kam,10 sonini 
esa o‗zgartirmay qoldirish mumkin. 
10 sonini 4 soni bilan almashtirib, 8 sonini o‗zgartirmay qoldirish mumkin. 
6 sonini 9 bilan almashtirish mumkin, u 8 dan ko‗p. 
O‗quvchining birinchi javob ustidagi mulohazasi. ―Аgar birinchi tarelkada 5 
ta olma, ikkinchisida 10 ta olma bo‗lsa, unda 6 ta olmani faqat ikkinchi tarelkadan 
yeyish mumkin (10 – 6); birinchidan esa olish mumkin emas; unda faqat beshta olma 
bor: yoki ikkala tarelkadan olib yeyish mumkin. Ikkinchi javob ustidagi mulohaza 
birinchinikiga o‗xshaydi‖. 
Uchinchi javob ustidagi mulohaza:‖Birinchi tarelkada 8 ta, ikkinchida 10 ta 
olma borligi bizga maʼlum. Аgar 9 ta olma yeyish kerak bo‗lsa, unda uni faqat 
ikkinchi tarelkadan olish mumkin, birinchida olish mumkin emas, yetmaydi yoki 
tarelkadan olish kerak‖. 
So‗ngra o‗qituvchi quyidagi topshiriqni beradi: ―Sonlarni shunday 
o‗zgartiringki, masala faqat bitta usul bilangina yechiladigan bo‗lsin‖. 
Javoblar: 6 sonini 12 bilan almashtirish mumkin; 
8 sonini 5 bilan, 10 sonini esa 4 bilan almashtirish mumkin. Yaʼni har bir 
qo‗shiluvchi 6 dan kam bo‗lishi kerak. (Аna shunda yechishning birinchi usuligina 
yaroqli bo‗ladi.) 
Boshqa masala: ―Bolalar bog‗chasiga 4 kg uzum va 5 kg olxo‗ri sotib olindi. 
Tushlik ovqatda 8 kg meva yeyildi. Qancha meva qoldi?‖ 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling