TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
37
Bolalar bu masalani faqat bitta usul bilan yechish mumkinligini aniqlashadi.
x=(4+5) – 8.
O‗qituvchi masala faqat ikki usul bilan yechiladigan qilib sonlarni
o‗zgartirishni buyuradi.
Javoblar: 4 sonini 9 bilan almashtirish mumkin, chunki u 8 dan katta, 5 soni
esa o‗zgartirmay qoldiriladi.
5 sonini 10 bilan almashtirish mumkin. 4 va 8 sonlari esa o‗zgarishsiz
qoldiriladi.
O‗qituvchi masala 3 usul bilan yechiladigan qilib, sonlarni o‗zgartirishni
buyuradi.
Javoblar: 4 sonini 9 soni bilan, 5 ni esa 10 soni bilan almashtirish va 8 sonini
o‗zgarishsiz qoldirish mumkin. (Bunday shartlarda masala uch usul bilan yechiladi.)
x=(9+10) – 8
x=(9 –86)+10
x=9+(10 – 8).
8 sonini 3 bilan almashtirish mumkin, chunki u 4 va 5 sonlaridan kam.
4 sonini 6 bilan, 8 sonini 4 bilan almashtirish, 5 sonini esa o‗zgarishsiz
qoldirish mumkin va hokazolar. Lekin bolalar masalalardagi sonlarni o‗zgartirganda
bu sonlarning haqiqatga to‗g‗ri kelishini (unga yaqin bo‗lishini) doimo kuzatib
borishi kerak.
Sotib olindi – 18 m va 12 m
Ishlatildi 11 m
Qoldi – x m
Hovlida 6 ta o‗g‗il bola va 10 ta qiz bola o‗ynab yuribdi. 5
ta qiz uylariga ketishdi. Nechta bola qoldi?
Birinchi masalani uch usul bilan yechishni, keyin sonlarini o‗zgartirib faqat
ikki va nihoyat bir usul bilan yechiladigan holga keltirish buyuriladi.
Ikkinchi masalani uch usul bilan yechish mumkinmi? Nega mumkin emas?
(Chunki faqat qizlar ketib, 10 ta qiz o‗rniga 5 tasi qoldi.) Bu masalani necha usul
bilan yechish mumkin? (Ikki usul bilan.)
1.
Sinfda 20 ta parta bor. Sinfga 4 ta yangi parta kiritib 5 ta eskisi chiqarib
tashlandi. Sinfdagi partalar qancha bo‗ldi?
2.
Ushbu sonli formula bo‗yicha masala tuzing va uni yeching.
x=(12+4)-5.
Bolalar masalalarni sonli formulalar shaklida tuzishda qiynaladilar.
O‗qituvchi, buning qanday bajarilishini batafsil tushuntirishi va keyin u o‗quvchidan
masalani tuzishda ovoz chiqarib mulohaza yuritishni talab qilishi kerak.
Masalan. Quyidagi sonli formula bo‗yicha masala tuzing.
x=(10 – 4)+5.
Do'stlaringiz bilan baham: |