Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
35 
Аgar bolaning sotib olgani rangli qalamlar bo‗lsa, unda masala uchinchi usul 
bilan yechiladi: 
x=(6+1)+2 
x=(6+2)+1 
x=8+1 
x=9. 
Qanday usul bilan yechmaylik, natija bir xil bo‗ladi. Yig‗indini songa 
qo‗shish ham o‗quvchilar bilan taxminan shu xilda hal qilinadi. 
Masalalar to‗plamlarida mana shu xossalarga oid har xil usullarni 
tushuntirishga yordam beradigan masalalar kam bo‗lganidan, o‗qituvchilar eʼtiboriga 
bir qancha masala havola qilamiz. 
1. Tarelkada 4 ta qizil, 2 ta oq olma bor. Unga yana 3 ta olma qo‗shildi. 
Tarelkadagi olma nechta bo‗ldi? 
2. Zuhrada 10 ta katakli va 6 ta chiziqli daftar bor edi. U yana 4 ta daftar sotib 
oldi. Zuhraning daftari nechta bo‗ldi? 
3. Bolalar bog‗chasining bir gruppasida 10 ta prujinali mashina va 6 ta traktor 
bor edi. Yana 4 ta o‗yinchoq sotib olindi. Gruppaning o‗yinchoqlari qancha bo‗ldi? 
4. Zamira ertalab 20 dona bayroqcha yasadi. Kunduzi u yana 7 ta qizil va 3 ta 
ko‗k bayroqcha yasadi. Zamira hammasi bo‗lib qancha bayroqcha esadi? 
5. Bir bolada 2 ta shar bor edi. Bayramda unga 4 ta qizil va 3 ta sariq shar 
sovg‗a qilishdi. Boladagi sharlar nechta bo‗ldi? 
2) (a+b)-s (yig‗indidan sonni ayirish) 
Аmaliy mashqlar yuqorida bayon etilganlarga o‗xshash o‗tkaziladi. Masalani 
quyidagi tartibda muhokama qilish mumkin: 
O‗quvchilar bilan birinchi masala bo‗yicha o‗tkaziladigan suhbat. Tarelkada 
nima bor? Qanday olmalar bor? (Qizil va oq olmalar.) Masalada yana nimalar 
maʼlum? (3 ta olma yeyilgani.) Nimani bilish talab qilinadi? Bolalarga olmani 
turlicha olib yeyish mumkinligini tushuntirish lozim. Masalan, olmalarni faqat 
birinchi tarelkadan yoki faqat ikkinchi tarelkadan, yoki ham birinchi, ham ikkinchi 
tarelkadan olish mumkin. 
O‗quvchilar bilan keyingi masalalar bo‗yicha o‗tkaziladigan suhbat. Masalani 
tuzib bo‗lgandan keyin o‗qituvchi quyidagicha savollar beradi: pomidorni faqat 
birinchi tarelkadangina olish mumkinmi? (Yo‗q?) Nega? (Yetmaydi.) 5 ta pomidorni 
qayerdan olamiz? (Ikkala tarelkadan.) Bolalar bilan birgalikda birinchi masala uch xil 
usul bilan, ikkinchisi bir usul bilan yechiladi. 
O‗quvchilarga masaladagi sonlarni o‗zgartirib, uni ikki (bir) usul bilan yoki 
aksincha uch (ikki) usul bilan yechishni tavsiya qilish mumkin. 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling