TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
39
O‗quvchining mulohazasi: ―50 tiyin bor edi. Unga narsalar olindi. 20 tiyinga
non, 15 tiyinga somsa olindi.‖
Hammasi bo‗lib (20+15) tiyin sarf qilindi. Qancha pul qolganini bilish uchun
50 tiyindan (20+15) yig‗indini olish kerak.
Bu masalani yana ikki usul bilan yechish mumkin. Oldin non do‗koniga borib
non olindi. Pulini to‗lab (50-20) tiyin qaytarib olindi. Keyin esa somsa sotib olindi.
(50-20)-15 (tiyin) qoldi. Nomaʼlumni ―x‖ bilan belgilab sonli formula yozamiz.
x=(50-20)-15. Uchinchi hol, yaʼni oldin somsa sotib olingan hol uchun ham shu xilda
mulohaza yuritamiz.
1.
Garajda 40 avtomobil turibdi. Oldin 11 mashina keyin yana 19 mashina
ishga chiqib ketdi. Garajda nechta mashina qoldi?
2. tufli, palto va shapka uchun 44 so‗m to‗landi. Palto 28 so‗m, shapka 5 so‗m
turadi. tuflining bahosi qancha?
3.
Zulfiyada 20 tiyin bor edi. U maktab oshxonasidan 4 tiyinga somsa, 5
tiyinga bulochka va 3 tiyinga bir stakan choy oldi. Unda qancha pul qoldi? U yana 5
tiyinga konfet ola oladimi?
4.
Quyidagi formulalar bo‗yicha masala tuzing va ularni yeching.
x=30-(7+9).
x=50+(50-14).
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, bunday tuzilgan masalalar bilan bir qatorda
har xil tipdagi sodda va oldin o‗tilgan murakkab masalalarni ham yechish zarur.
Xulosa o‗rnida shuni ta‘kidlash lozimki, bo‗lajak o‗qituvchilarining arifmetik
amallarning
xossalaridan
masalalarni
yechishda
foydalanishdagi
metodik
tayyorgarligini yanada oshirishning asosiy negizini quyidagi sifat ko‗rsatkichlari
tashkil etadi: psixologik pedagogik bilim, matematik metodik tayyorgarlik,
shuningdek, elektron ta‘lim resurslaridan to‗liq foydalana olishi kabi sifatlar asosida
metodik tayyorgarlik namoyon bo‗ladi[4].
Masalalarni yechishni o‗qitishdagi metodik tayyorgarlikni oshirish jarayonida
talaba qiziqishlari, moyilliklari, layoqati, ta‘lim muassasalarining ehtiyojlari bilan
uyg‗unlashtirish talab etiladi.
Adabiyotlar
1.
Ergashev J.B. ―Кompyuterli matematik tizimlar- o‗qitishning yangi
axborot texnologiyalari sifatida‖, ―Pedagogik ta‘lim‖ ilmiy-uslubiyt jurnal, Тоshkent,
2009y, №2.
2.
Ergasheva M.B. ‖Feature of methodologigal preparation of future
elementary school teachers in teaching mathematical problems‖. Boston.USA.april
11-12.2019.
Do'stlaringiz bilan baham: |