Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
166 
Birlashtiruvchi g‗oya sifatida biz talaba shaxsini chet tilini o‗zlashtirishi 
orqali rivojlantirish g‗oyasini qabul qilamiz, u quyidagicha talqin etiladi: 
1) rivojlantirish harakat, samarali o‗zgarish timsoli sifatida tushuniladi
2) rivojlanish o‗quv jarayonida sodir bo‗luvchining umumiy formulasi, 
interpretasiya prinsipidir; 
3) rivojlanish o‗qitishda talaba shaxsiga umumiy talab hisoblanadi; 
4) rivojlanish talabaning o‗rganilayotgan tilga munosabatining asosiy tavsifi 
hisoblanadi. 
Biz pedagogik oliy ta‘lim muassasasida ―chet tili‖ fani kasbiy tayyorgarlik 
jarayonida ahamiyatli element hisoblanadi, nafaqat bilimlar va ko‗nikmalarni 
egallashni ta‘minlaydi, balki bo‗lajak o‗qituvchilarning ishlari va kasbiy 
hamjamiyatdagi hamkorliklari uchun zarur bo‗lgan shaxsning kasbiy ahamiyatli 
sifatlarini rivojlantirishga ko‗maklashadi deb hisoblaymiz. 
Asos sifatida muloqot instrumenti sifatida tilni pragmatik tushunishni qabul 
qilish lozim. Agar ixtiyoriy boshqa fanni o‗qitish sharoitlarida muloqot funksiyasi 
ta‘lim oluvchilarning predmetli faoliyatlarini tashkil etish bo‗lsa, chet tilini 
o‗rgatishda esa bevosita predmetli faoliyat didaktik jarayon ishtirokchilarining 
muloqoti uchun qulay sharoitlarni ta‘minlaydi, muloqot esa bir vaqtda maqsad va 
vosita hisoblanadi, shuning uchun muloqot faoliyati samaradorligi, ya‘ni talabalar 
hamda o‗qituvchi uchun chet tilini o‗qitishning samaradorligini ta‘minlovchi kasbiy 
ahamiyatli shaxs sifatlari alohida ahamiyat kasb etadi. 
Pedagogik oliy ta‘lim muassasasida chet tilini o‗qitish tizimida talaba shaxsini 
rivojlantirish ostida avvalo unda fikrini ifodalash usulini egallash jarayoni 
tushuniladi, uning shaxsini rivojlantirish vositasi esa chet tilida muloqot jarayoni 
hisoblanadi. Chet tilini o‗qitishda biz talabalarga ularning shaxsini rivojlantirishning 
o‗zgacha usulini taklif etamiz. Ya‘ni, pedagogik oliy ta‘lim muassasasi nofilologik 
fakultetlari talabalarida chet tili vositalari bilan muloqot kompetensiyasini 
rivojlantirib ularning shaxsiy imkoniyatlarini oshiramiz. 
Nofilologik 
fakultetlarda 
chet 
tilini 
o‗qitish jarayonida muloqot 
kompetensiyasini rivojlantirish, ya‘ni talabalarni mos muloqotni amalga oshirishga 
tayyorlash muhim vazifa hisoblanadi, bu ularni jahon ta‘lim hamjamiyatining teng 
huquqli, ma‘lumotli ishtirokchilariga aylantiradi. 
Biz uning shakllanganligini belgilovchi motivatsion, mazmunli va xulqiy 
komponentlar majmui, talabaning muloqotga tayyorligi darajasini belgilaydi deb 
hisoblaymiz. Shunga ko‗ra, muloqotga tayyorgarlikni muloqot vaziyatlarida 
faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beruvchi, talabada tilga oid, 
ijtimoiy-madaniy, predmetli, psixologik-pedagogik bilimlar, chet tilini qo‗llashning 
amaliy ko‗nikma va malakalarining mavjudligi sifatida tushunamiz. 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling