Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
168 vositalarini nutqiy xulq me‘yorlari bilan bog‗lash qobiliyatiga, ma‘lum vaziyatlar va vaziyatli masalalarga mos bo‗lgan muloqotni amalga oshirishga taalluqlidir. Faoliyatli komponent o‗z ichiga quyidagilarni kiritadi: - madaniyat tashuvchilari bilan madaniy o‗zaro tushunishga erishish uchun muloqot vaziyatlarida bilimlarni (lingvistik, ijtimoiy-madaniy, predmetli, psixologik- pedagogik) qo‗llash ko‗nikmalari; - muloqot vaziyatlarida mamlakatshunoslik leksikasini to‗g‗ri qo‗llash qobiliyati (frazeologizmlarni qo‗llash ko‗nikmasi); - dolzarb kasbiy ahamiyatli mavzu doirasida nutqni qurish ko‗nikmasi (nofilologik fakultetlar uchun chet tillari bo‗yicha dasturda ko‗zda tutilgan [91]); - etnomadaniyatda qabul qilingan muloqot texnikasidan foydalanib, ijtimoiy- madaniy bog‗liq ssenariylar, milliy-o‗ziga xos xulq modellarini egallaganlik; - samarali muloqot strategiyasi va taktikasini amalga oshirish qobiliyati. Motivatsion komponentning maqsadi talabaga kasbiy faoliyat bilan bog‗liq bo‗lgan, bo‗lajak pedagogning kasbiy ahamiyatli shaxsiy va muloqot sifatlarini anglashda yordam ko‗rsatish, kasbiy o‗zini o‗zi takomillashtirish motivaTsiyasini rivojlantirishdan iborat. An‘anaviy ravishda chet tilini o‗qitishda tizim hosil qiluvchi komponent sifatida axborot, kognitiv komponentlar ko‗rsatiladi. Pedagogik oliy ta‘lim muassasasida chet tilini o‗qitish davomida muloqot kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida motivaTsion komponentni tizim hosil qiluvchi deb hisoblash lozim, chunki aynan u muloqotni amalga oshirishga ko‗p jihatdan yordam beradi va kasbiy tayyorgarlik davomida bo‗lajak pedagog shaxsini kasbiy rivojlantirish jarayoni bilan bog‗liq. Mazkur komponent talaba shaxsining chuqur qatlamlarini: shaxsiy qadriyatlari, ustanovkalar, ishonchlari tizimi, motivatsion sohasini qamrab oladi. Motivatsion komponent o‗z ichiga quyidagilarni kiritadi: - talabalar ehtiyojlarining iyerarxik tizimini hisobga olish; - chet tilini o‗rganishga qiziqish; - shaxsiy yo‗nalganlik; - insonparvarlik yo‗nalganligi. Nazariy bilimlarni chuqurlashtirish (kognitiv komponent), muloqot malakalari repertuarini kengaytirish (faoliyatli komponent) ularning motivatsion sohasining o‗zgarishiga olib keladi (motivasion komponent) va talabalar uchun bo‗lajak kasbiy faoliyatini va uning asosida yotuvchi motivlar, mazmunlar, qadriyatlarni anglashlarini ta‘minlaydi deb hisoblaymiz. Shu tariqa, muloqot kompetensiyalarni takomillashtirish jarayoni talabalarning kasbiy shaxsiy rivojlanishlariga bevosita ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi, chet tili |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling