Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
190 rivojlantirishning to‗laqonli amalga oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi fikrlarni tahlili shuni ko‗rsatadiki, yosh voleybolchilarni tezkorlik sifatini rivojlantirishda harakatli o‗yinlardan foydalanishning nazariy-amaliy va harakatli o‗yinlarning samarali turlaridan foydalanib ilmiy-tadqiqotlar orqali tezkorlik sifatini rivojlantirishning ahamiyati hali to‗laqonli o‗rganilmagan masaladir. Yosh voleybolchilarni jismoniy sifatlarini rivojlantirishda harakatli o‗yinlardan foydalanish ko‗pgina ilmiy va o‗quv adabiyotlarida azaldan o‗z ifodasini topib kelgan (PulatovA.A, Usmanxodjayev T.Svabosh). Ushbu tadqiqotchi olimlar o‗zlarining yirik ilmiy va o‗quv asarlarida yosh voleybolchilarni tarbiyalashda harakatli o‗yinlardan foydalanishni atroflicha tahlil qilib berganlar. Voleybol bo‗yicha mavjud ilmiy, uslubiy va o‗quv adabiyotlarda yosh voleybolchilarni tayyorlashda harakatli o‗yinlarni qo‗llash o‗ta muhim shartlardan biri ekanligi ta‘kidlab o‗tilgan[1]. Mutaxassis olimlarning fikriga ko‗ra (Гарипов А.Т, Клещев Ю.Ю) voleybolni bolalikdan boshlab rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa harakatli o‗yinlardan unumli foydalanish lozimligiga urg‗u berishadi. Shu bilan bir qatorda muayyan yoshli bolalarda voleybol sport turiga xos harakatli o‗yinlarni tanlab olish yoki ularni moslashtirish orqaligina yosh voleybolchilarni jismoniy sifatlarini va harakat malakalarini yanada samarali shakllantirish mumkin[2]. Yuqoridagi muammolar va hali o‗rganilmagan bo‗shliqlardan foydalanib ushbu maqolada yosh voleybolchilarni mashg‗ulot jarayonida tezkorlik sifatini harakatli o‗yinlarning samarali turlari, mashg‗ulotning samarali uslub va vositalarini qo‗llash orqali rivojlantirishning nazariy ahamiyatini maqsad qilib olish mumkin. Voleybolchilar uchun tezkorlik o‗yin va boshqa sharoitlarda imkon qadar voleybol o‗yini bilan bog‗liq bo‗lgan texnik-taktik harakatlarni qisqa vaqt ichida bajarishi uchun juda muhim sifat hisoblanadi. Bunda yosh voleybolchilarni tezkorlik sifatini rivojlantirish uchun eng qulay davrlar, texnik-taktik harakatlar bilan bog‗liq tezkorlikni mashg‗ulotlarining qismlariga e‘tibor bergan holda, bajarilgan mashqlarni to‗g‗ri hisobga olib borgan holda va harakatli o‗yinlarning eng samarali turlarini qo‗llash orqali rivojlantirish muhim hisoblanadi. Voleybolda harakat tezligi juda muhim rol o‗ynaydi, uning rivojlanish darajasi asosan o‗yin davomida voleybolchilarning hujum va mudofaa harakatlarining samaradorligini belgilaydi. Maxsus tezkorlik. Voleybolchining maxsus tezkorligi uni qisqa muddat ichida maydon bo‗ylab harakatlanishi va o‗yin malakalarini vaziyat talabiga mos ravishda samarali ijro etishi bilan belgilanadi. Tezkorlik voleybolda 3 xil shaklda namoyon bo‗ladi: - turli ishora va vaziyatni fahmlash tezligi (jamoadoshining ishorasi, o‗yin vaziyatini o‗zgarishi va uni baholash, raqib o‗yinchining joylashishi va hokazo); - ushbu vaziyatlarga nisbatan tezkor va maqsadga muvofiq harakat qilish; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling