Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
186 Bu daraja masalalari nostandart. Ular qandaydir maʼlum operatsiyani qoʻllashni koʻzda tutadi. Ularni yechishni keng koʻchirish xossasiga ega, masalalarning konkret tipiga bogʻlanmagan evristik tavsiyalar bilan osonlashtirish mumkin boʻlardi. Dasturlashtirish boʻyicha masalalarni yechishda turli bosqichlarda tamomila turlicha xarakterdagi muammolar va turli evristik tavsiyalar yuzaga keladi. Buni eʼtiborga oldik va masalalar murakkabligini asta–sekin orttirdik, yangi–yangi evristik tavsiyalar qoʻshib bordik. Ijodiy faoliyat darajasi. ―Oʻqitish – xulosalarni, ular qanchalik qiyinchilik bilan erishilgan va adekvat boʻlmasin, keltirish sanʼati emas. Hech bir oʻqituvchi talaba propriumiga zoʻrlash yoʻli bilan kira olmaydi va funksional avtonom motivni joriy qila olmaydi. Yaxshi holatda u tajriba kanallarini osonlashtirishi, oʻzining obiter dicta si vositasida baʼzida talabaga bu tajribaning qadriyatli potensialini koʻrishga yordam berishi mumkin‖[2]. Ushbu ijodiy daraja masalalari amaliy ahamiyatga ega boʻlishi, talabaning bilish qiziqishlariga mos kelishi, ijodiy qobiliyatlar shakllanganlik darajasini hisobga olgan holda maʼlum murakkablik darajasiga ega boʻlishi kerak. Eng optimal variant: masalani talabaning oʻzi tanlashi. Agar masala juda murakkab boʻlib chiqsa, biror kichik masalani yechish bilan kifoyalanish mumkin. Oʻquv faoliyatining talabalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida tegishlicha oʻquv-metodik taʼminoti oʻquv adabiyotlari (ijod, ijodiy faoliyat mexanizmlari, masala yechish strategiyalariga oid pedagogik adabiyotlar; olimpiada xarakteridagi masalalar toʻplami); ijodning turli darajalariga oid masalalar toʻplami; predmet xarakteridagi muammolarni hal qilish boʻyicha evristik tavsiyalarni oʻz ichiga oladi. Tashkiliy holatlar ham anchagina muhim ahamiyatga ega. Talabalar ijodiy qobiliyatlarini oʻquv faoliyatida rivojlantirish boʻyicha pedagogik ish jarayonida taʼlimning umum tomonidan qabul qilingan metod va shakllari maʼlum ijodiy boʻyoqdorlik kasb etishi lozim. Shu sababli tashkiliy sharoitni yaratish zarur: oʻquv - ijodiy faoliyatni tashkil qilish metod va shakllaridan foydalanish. Taʼlim shakllariga ijodiy xarakterni qoʻllanadigan metodlar (maʼruza – evristik suhbat, bilimlar muammoli bayon qilingan maʼruza, gʻoyalar generatsiyasiga bagʻishlangan mashgʻulot), konkret ijodiy operatsiyalarni qoʻllashga yoʻnalganlik (bitta topshiriq mashgʻuloti, masala tuzish mashgʻuloti, prognostik mashgʻulotlar, mashgʻulot - fantaziya); mustaqil ijodiy faoliyatga kirishish (ijodiy ishlar bajarish, ijodiy ishlar himoyasi, ijodiy ishlarni taqrizlash) baxsh etadi. Taqdim qilinadigan masalalar murakablik darajasi va talabaning ijodiy qobiliyatlari shakllanganlik darajasiga muvofiq yordam adaptasiyalansa, ijodiy qobiliyatlarni individual rivojlantirish optimallashadi. ‗Real ijodiy jarayonni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling