Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
187 optimallashtirish uchun har bir oʻquvchi uchun individual zona – ijodiy rivojlanish vaziyatini shakllantirish zarur‖[3; 4-b.]. Bunga taʼlimni tashkil qilishning individual va guruhda ish shakllaridan foydalanib erishish mumkin. Demak, eksperimental guruh talabalari eksperiment tugallangach, nazorat guruhi talabalariga nisbatan ahamiyatli ijodiy qobiliyatlar rivojlanganlik darajasiga ega boʻlganini bilib olamiz. Shunday qilib, pedagogika oliy o‗quv yurti talabalari ijodiy qobiliyatlarini oʻquv faoliyatida rivojlantirishning yaratilgan modeli toʻgʻriligi tasdiqlanadi. Bu sistemani Oliy o‗quv yurti real oʻquv faoliyatida joriy qilib, ijobiy natija olish uchun quyidagi pedagogik sharoitlarni yaratish zarur: motivatsion pedagogning kasbiy faoliyatida ijodning oʻrni va rolini asoslash; muammolar yechimi uchun yangi imkoniyatlar paydo boʻlishini anglab yetish; konstruktiv talabalarga ijodiy faoliyat mexanizmlari haqida bilim berish; taʼlim mazmuniga ijodiy xarakterdagi topshiriqlarni kiritish; tegishli metodik taʼminot; tashkiliy oʻquv - ijodiy faoliyatni tashkil qilish metod va shakllaridan foydalanish; taʼlimni tashkil qilishning guruh, individual shakllaridan foydalanish; kommunikativ - oʻqituvchi kommunikativ madaniyati ancha yuqori darajada shakllanganligi; oʻqituvchi va talabalarning subyekt – subyekt oʻzaro hamkorligi sifatida dialogdan foydalanish. Demak, tadqiqotning nazorat bosqichi vazifalari toʻlaligicha bajarildi: eksperimental va nazorat guruhi talabalarining ijodiy qobiliyatlari shakllanganligining yakuniy darajasi aniqlandi; tajriba – eksperimental ish natijalari miqdor va sifat tahlili amalga oshirildi. Boʻlajak oʻqituvchilar ijodiy qobiliyatlarini dasturlashtirish kursini oʻrganish davomida rivojlantirish metodikasini oldindan nazariy asoslangan, maʼlum pedagogik sharoitlarda aprobatsiyadan oʻtkazdik: motivatsion (pedagogning kasbiy faoliyatida ijodning oʻrni va rolini asoslash; muammolar yechimi uchun yangi imkoniyatlar paydo boʻlishini anglab yetish); konstruktiv (talabalarga ijodiy faoliyat mexanizmlari haqida bilim berish; taʼlim mazmuniga ijodiy xarakterdagi topshiriqlarni kiritish; tegishli metodik taʼminot); tashkiliy (oʻquv - ijodiy faoliyatni tashkil qilish metod va shakllaridan foydalanish; taʼlimni tashkil qilishning guruh, individual shakllaridan foydalanish); |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling