Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
184 intellekt birligi, ijodiy qobiliyatlar erishilgan darajasini hisobga olish asosida individuallashtirish sanaladi. Ish mazmuni modelning mazmun komponentiga muvofiq boʻldi. Bundan tashqari optimallashtiruvchi jihatlarga: pedagogika oliy o‗quv yurti talabasi shaxsining ijodiy qobiliyatlarni riaojlantirishni oʻz ichiga oladigan kasbiy oʻz - oʻzini takomillashtirishga qatʼiy yoʻnalganligini anglash; maqbul emotsional muhitni yaratish; individual yondashuvga eʼtibor qaratildi. Taʼlimning asosiy shakllari: maʼruza va laboratoriya mashgʻulotlari, bundan tashqari, konsultatsiyalar oʻtkazildi, yuqori kurslarda kurs va BMI ni yozish koʻzda tutildi. Taʼlim metodlari: tushuntirish illyustratsiyalash; reproduktiv; muammoli bayon; evristik; tadqiqotchilik metodlari. Taʼlim vositalari: oʻquv adabiyotlari, tarqatma materiallar, jadvallar, raqamli proyektor, kompyuterlar, telekommunikatsiya tarmoqlari. Ish natijasi talabalrning ijodiy qobiliyatlar rivojlanishining yuqori darajasiga erishgani boʻlib, bu talabalar ijodiy qobiliyatlari shakllanganlik darajasi oʻzgarish dinamikasini oʻrganishda koʻzga tashlanadi. Shunday qilib, boʻlajak oʻqituvchining kasbiy tayyorgarligi sifati ijodiy tarkibiy qismni kuchaytirish hisobiga ortdi. Modelda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish jarayonini realiza-siyalash samaradorligini pedagogik: motivatsion, konstruktiv, tashkiliy, komunikativ sharoitlar kompleksi bilan taʼminlash koʻzda tutildi. Eksperimental ishimizda oʻrin tutgan pedagogik sharoitlar kompleksini koʻrib chiqamiz. Shaxs - ijtimoiy tushuncha, uning rivojlanishi alohida olingan shaxsnigina emas, balki jamiyatning ham manfaatlari uchun xizmat qiladi. Axir aynan jamiyatda shaxs oʻzini namoyon qiladi. Shaxsning rivojlanishi uning yoʻnalganligi bilan belgilanadi. Bu sistema hosil qiluvchi xossada uning voqealikning turli tomonlariga munosabatlari, motivlari, maqsadlari ifodalanadi. Motiv shaxsning jamiyatdagi holati bilan vositalangan ehtiyojlarning subyektiv aksi sanaladi. Ehtiyojli – motivatsion soha shaxsning hayotiy maqsadlari poydevori sanaladi. Hayotiy maqsad alohida faoliyatlar bilan bogʻliq barcha xususiy maqsadlarning integratoridir. Motivatsiya shaxsning oʻz-oʻzini realizatsiyalashga intilishi bilan belgilanadi. Talabalik yoshi uchun oʻz-oʻzini realizatsiyalash imkoniyati ularning boʻlajak kasbiy faoliyati, qandaydir global muammolarni hal qilish bilan belgilanadi. Demak, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish talaba uchun kundalik zaruratga aylanishi uchun quyidagi motivatsion sharoitlarni yaratish zarur: ijodning pedagog kasbiy faoliyatidagi roli va oʻrnini asoslash; muammoni hal qilish uchun yangi imkoniyatlar paydo boʻlishini anglash. Ijodning pedagog kasbiy faoliyatidagi roli va oʻrnini asoslash eksperiment davomida quyidagilarni koʻzda tutdi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling