Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
204 
ijtimoiy fikrda harbiylar faoliyatini mardlik va qahramonlik bilan bog‗lash an‘anasi 
shakllangan.
Harbiy xodimlar professiogrammasida maxsus o‗rganishni taqozo etadigan 
mavzu. Bu borada ma‘lum bir qarashlar, fikrlar uchrasada, u hali ilmiy eksperimental 
asoslangan emas. U yoki bu sohadagi taxminiy – nazariy qarashlarni harbiy xodimlar 
professiogrammasiga ko‗chirish har doim ham to‗g‗ri xulosa chiqarishga olib 
kelavermaydi. 
Milliy 
harbiy 
doktrinamiz 
o‗zbek 
harbiy 
kadrlarning 
professiogrammasini maxsus tadqiq etishni, uning o‗ziga xos mental va kasbkor 
xususiyatlarini aniqlashni talab qiladi. Bizning fikrimizcha, harbiy xodimlar 
professiogrammasi quyidagi yo‗nalishlarda tadqiq qilsa, zarur, obyektiv holat 
aniqlanadi: 

maxsus bilimlar; 

maxsus tayyorgarlik – ko‗nikmalar; 

umumnazariy bilimlar; 

g‗oyaviy – ma‘naviy bilimlar 

ijtimoiy – axloqiy fazilatlar;
Mazkur yo‗nalishlarning har biri yana kichik yo‗nalishlarga bo‗linadi. 
Masalan, maxsus bilimlarga harbiy ishlar tarixi va nazariyasi, harbiy psixologiya va 
pedagogika, harbiy sosologiya, harbiy geografiya, harbiy taktika, harbiy informatika 
kabi fan sohalari va nazariyalar kirishi mumkin. Ushbu kichik yo‗nalishlar umumiy 
fan - harbiy ish nazariyasi va tarixini to‗ldirishga, boyitishga yo‗naltiriladi. Bo‗lg‗usi 
harbiy kadrlar yuqoridagi fanlar sohalari va nazariyalari orqali o‗zida maxsus 
bilimlarni shakllantiradilar. Jangovarlik va mardlik harbiy xodimlarda vatanga, el-
yurt osoyishtaligini ta‘minlashga, mustaqillikni asrashga, xizmat qilish fazilatlari 
mohiyatan vatanga sadoqat belgisi, tinch va osoyishta yashayotgan, yaratuvchilik 
bilan shug‗ullanayotgan xalq, millatga xizmat qilish ramzidir. Shuning uchun, 
jangovarlik va mardlik harbiy xodimlar professiogrammasida markaziy o‗rinda 
turuvchi, kadrlar kasbiy mahoratini belgilovchi fazilatlardir.
Mustaqillikning dastlabki yillarida mahalliy harbiy kadrlar harbiy 
xizmatchilar umumiy sonining 0,6 foizini tashkil etardi, xolos. Ofiser kadrlar 
tayyorlash uchta harbiy bilim yurtida va uchta harbiy sohada tayyorlangan. 
Respublikamiz prezidenti va oliy bosh qo‗mondoni sh.m.mirziyoyev ta‘kidlaganidek, 
qisqa davr ichida o‗zbekistonda ―harbiy kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash hamda 
malakasini oshirish tizimi prinsipial jihatdan mutlaqo yangi asosga o‗tkazildi‖. 1995-
yili qurolli kuchlar akademiyasi, 2001-yilda serjantlar tayyorlash maktablari, 2017-
yilda milliy gvardiya harbiy texnika instituti tashkil etildi. Sh.m.mirziyoyev 
ta‘kidlaganidek ―bugungi kunda milliy armiyamiz ming-minglab o‗g‗lonlarimiz 
uchun chinakam mardlik, fidoyilik, haqiqiy vatanparvarlik maktabiga aylangani, hech 
shubhasiz shu yo‗lda erishgan eng katta yutug‗imizdir. Bu haqiqatni yurtimizdagi 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling