TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
205
barcha ota-onalar, butun xalqimiz g‗ururi bilan, minnatdorlik bilan e‘tirof etmoqda‖.
Ammo, bu degani harbiy xodimlarda jangovarlik va mardlik fazilatlari o‗zidan o‗zi,
mexanik tarzda shakllanadi, degani emas. Ular avvalo, maxsus maktablar va o‗quv
yurtlarida, poligonlardagi amaliy mashqlar va harbiy taktik mashg‗ulotlar paytida
shakllantiriladi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytganda, harbiy xodimlar prfessiogrammasida
g‗oyaviy ma‘naviy va ijtimoiy fazilatlar muhim o‗rin egallaydi. Harbiy xodim ham
jamiyat a‘zosi, oilasida yashaydi, farzandlar tarbiyalaydi, qonunda qaror topgan
qadriyatlarga, ijtimoiy normalar va axloqiy imperativlarga rioya etadi. Bu aloqalar
uni jamiyat tomonidan yuklatilatilgan burch va vazifalarni to‗la-to‗kis bajarishga
undaydi. Bugun ijtimoiy munosabatlarni insonparvarlashtirish va oliyjanoblashtirish
asosiy maqsadga aylanayotganda harbiy xodimlarni tayyorlash ushbu maqsaddan
chekkada qolishi mumkin emas. Yuksak harbiy bilim va ko‗nikmani shakllantirish
pedtexnologiyasini yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalash bilan uyg‗unlashtirish, ular
o‗rtasida dialektik uzviy bog‗liqlikni ta‘minlash harbiy pedagogika va psixologiya
oldiga qator vazifalar qo‗yadi.
-birinchidan, harbiy tarbiyaning o‗zagini saqlagan holda unga gumanistik
merosdagi insonparvar g‗oyalarni tatbiq, etish;
Ikkinchidan, ezgulik va yovuzlikni farqlash ko‗nikmasini shakllantiruvchi
psixologik tajribalardan foydalanish;
Uchinchidan, harbiy professionalizmni oshirishni izchil olib borilishi, u
vatanparvarlik tuyg‗usi bilan uyg‗unlashtirilishi darkor.
Adabiyotlar
1.
Mirziyoyev sh.m. Milliy taraqqiyot yo‗limizni qat‘iyat bilan davom
ettirib, yangi bosqichga ko‗taramiz. 1- tom. – toshkent: ―o‗zbekiston‖ nmiu, 2017.
2.
Temur tuzuklari – toshkent: yozuvchi, 1993-y
3.
Sun – szi. Iskusstvo – Moskva: eksmo; spb: midgrad, 2007 g
4.
Замилова р.р. герои и героическое: этико- философский анализ.
Ташкент: ношир, 2003г.
Do'stlaringiz bilan baham: |