Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
208 asoslangan tarzda ifoda etish, fikrlar, muhokama yoki sohaga oid maqola yuzasidan umumlashgan xulosa chiqarish kabi bilim, ko‗nikma va malakalari namoyon bo‗ladi. Uning sotsiolingvistik kompetensiyalari: tilning madaniyat jihatlari (masalan, idiomalar, maqollar va hokazo) dan to‗g‗ri foydalanishi, xulq-atvor, o‗zini tutish va etiket qoidalariga amal qilishi, noverbal kommunikatsiya vositalarini ishlatishi, ijtimoiy va ilmiy doiraga xos tarzda tilni moslashtirishi, madaniyatlararo muloqotni chuqurroq tushunib yetishi, o‗zga millat vakillariga nisbatan hurmat va tolerantlik sifatlariga ega bo‗lishi, o‗zga madaniyat va turli vaziyatlarga moslasha olishida namoyon bo‗ladi. Uning pragmatik va strategik kompetensiyalari nutqni tushunib talqin etishi va muloqotga tegishli strategiya va uslublardan foydalana olishi, turli diskurslar tarkibi va mazmunini bilishi, muloqotdagi bo‗shliqlarning oldini olish maqsadida til kamchiliklarini bartaraf etishga harakat qilishi, rasmiy va norasmiy doiralarda nutqni bo‗lish, aniqlik kiritish, boshqacha talqin etish, jumlalarni tuzatish, to‗ldirish va kabi strategiyalarga ega bo‗lishi bilan izohlanadi. Izlanishlarimiz natijasida bo‗lajak kommunikativ kompetentli ingliz tili o‗qituvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasilarini namoyon etuvchi muhim indikatorlarni aniqladik. Bizning nazarimizda, bo‗lajak ingliz tili o‗qituvchisi o‗zining mutaxassisligi bo‗yicha chuqur bilimlar bazasiga ega bo‗lishi, pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, falsafa, lingvistika, psixolingvistika, xususiy metodika, nutq madaniyati, pedagogik mahorat fanlaridan yetarli ma‘lumotga ega bo‗lishi, ijtimoiy-siyosiy va media savodxonlik, layokatlilik, tolerantlik, ijodkorlik, talabchanlik, mas‘uliyatlilik, izlanuvchanlik, kommunikativlik, ma‘naviy komillik, adolatparvarlik, yangiliklarga intiluvchanlik, tankidiy fikrlovchi, innovatsion va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, zamonaviy chet tili ta‘lim- tarbiyasining kommunikatsion maqsadlarni amalga oshiruvchi yangi interaktiv shakl va metodlaridan amaliyotda samarali foydalanish texnikasini mukammal egallashi talab etiladi. UNESCO ta‘rifi bilan aytganda, bo‗lajak o‗qituvchi (shaxs) jamiyatda to‗laqonli va samarali faoliyat olib borishi uchun zarur bo‗lgan egallagan bilimlarini amalda qo‗llay olish bilan bog‗liq XXI asr ko‗nikmalari:(soft skills: empathy (empatiya) leadership (yetakchilik), sense of responsibility (mas‘uliyat hissi), integrity (halollik, haqqoniylik), self-esteem (o‗zini hurmat qilish), self-management (o‗zini boshqarish, o‗z-o‗zini tarbiyalash), motivation (motivatsiya), flexibility (moslashuvchanlik), sociability (xushmuomalalik), time management (vaqtni boshqarish) and making decisions (qabul qilish) muhim ahamiyat kasb etadi[6]. Shuningdek, mustaqil fikrlash, o‗z-o‗zini rivojlantish va baholash, o‗qituvchi avtonomiyasi, ya‘ni o‗z ustida doimiy mustaqil ishlash, elektron ta‘lim turlaridan kasbiy malaka oshirishga mo‗ljallangan kurslar, vebinarlar, seminarlar, so‗rovnoma kabilarda faol ishtirok etish hamda chet tili o‗qitish nazariyasi bo‗yicha ilmiy-nazariy yangiliklardan o‗z vaqtida xabardor bo‗lishi va mazmun-mohiyatini anglashi uni zamonaviy, intelektual, kompetentli o‗qituvchisi bo‗lishida muhim rol o‗ynaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling