Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
210 
rejalashtirilgan ko‗rsatmalar talabalarning ijtimoiy-lingvistik, ijtimoiy-pragmatik va 
amaliy bilim va ko‗nikmalarini rivojlanishiga olib keladigan eng muhim omil 
hisoblanadi.‖[1: 132-148-b.]. 
Ikkinchidan, mustaqil ta‘lim jarayonida barcha til hodisalari kontekstda 
o‗qitilishini ta‘minlash zarurligini ko‗rsatadi. ―Sotsiopragmatik nuqtayi nazardan, 
hech qanday so‗z yoki jumla hech qanday ma‘noga ega bo‗la olmaydi. ―Men hozir 
shu yerdaman‖ jumlasi har bir vaziyatda o‗ziga xos kontekstli ma‘noga ega. Agar 
do‗stingiz Nyu York shahridagi Markaziy Grand bekatidan qo‗ng‗iroq qilib, ―men 
hozir shu yerdaman‖ degan xabar bersa, telefon tarmog‗idagi tinglovchi bu yerda va 
hozir nimani anglatishini oldindan kelishib olgan bo‗lishlari kerakligini anglatadi‖[8: 
353-b.]. 
Uchinchidan, 
bo‗lajak 
ingliz 
tili 
o‗qituvchilarining sotsiolingvistik 
kompetentligini mustaqil ta‘lim jarayonida rivojlantirishning yana bir o‗ziga xos 
bo‗lgan prinsipi shuni ko‗rsatadiki, talabalar inson hayotining turli sohalaridagi turli 
xil ijtimoiy o‗zaro ta‘sirlarda foydalanishi mumkin bo‗lgan linvistik, sotsiolingvistik 
va pragmatik kompetensiyalarga oid bilim, ko‗nikma va malakalarini rivojlantirish 
zaruratini o‗z ichiga oladi. Ya‘ni, talaba dunyo haqida qanchalik ko‗p bilsa, 
madaniyatlararo muloqot jarayonida paydo bo‗ladigan signallarni to‗g‗ri boshqara 
oladi. 
Yuqorida sanab o‗tilgan pedagogik tamoyillar bilan chambarchas bog‗liq 
bo‗lgan prinsip bo‗lajak ingliz tili o‗qituvchilarining oldindan taxmin qilish 
qobiliyatiga taalluqli bo‗lib, ―oldindan taxmin qilish - bu ko‗rinmas ma‘lumotlarning 
bir qismi sifatida namoyon bo‗lib, taxminning shaffof bo‗lishi quyidagicha 
ifodalanadi: so‗zlovchi yig‗inda baham ko‗riladigan taomga quyidagicha baho beradi: 
―Kim bu dahshatli (awful lasagna) lazanyani olib keldi?‖ Ushbu jumla 
tinglovchining makaron taomini bemaza deb o‗ylashi, so‗zlovchining tinglovchi bilan 
hazillashishi va bazmda boshqa kishiga makaron ta‘mi yoqmaganligi haqidagi 
taxminlarni ko‗rsatadi. So‗zlashuvchi mazkur jarayonda tinglovchining oldindan 
aytib bo‗lmaydigan taxminlarni xulosa qilishiga ishonadi‖ [8; 353-b.].
Shuningdek, mazkur pedagogik tamoyillar qatoriga yana bir pedagogik 
tamoyilni ―xabardorlikni oshirish‖ (awareness building) ni kiritish mumkin. Ta‘lim 
va tarbiya jarayonida bo‗lajak ingliz tili o‗qituvchilarining lingvistik, sotsiolingvistik 
va pragmatik kompetensiyalarini muloqotdagi o‗rni to‗g‗risida xabardor bo‗lishi 
ularni kommunikativ kompetentli chet tili o‗qituvchilar sifatida tayyorlash yo‗lidagi 
muhim qadam hisoblanadi. Mazkur jarayonda talabalar chet tiliga va madaniyatiga 
oid tafovutlarni kognitiv tuzatish, ona tili va chet tillaridagi xatti-harakatlarni 
solishtirish orqali o‗rganadilar.
Tadqiqotlar shuni ko‗rsatadiki, bo‗lajak ingliz tili o‗qituvchilarining 
sotsiolingvistik kompetentligini mustaqil ta‘lim jarayonida faol rivojlantirishga oid 
puhta ko‗rsatmalarni takomillashtirish, buning uchun o‗qituvchi tomonidan maxsus 
ko‗rsatmalar asosida talabalarning lingvistik, ijtimoiy lingvistik va pragmatik 
kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‗naltirilgan o‗quv materiallarini izlab topish, 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling