Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Ключевые
слова: будущий учитель английского языка, социолингвистическая компетентность, самостоятельное обучение, педагогические условия, педагогические принципы, педагогические факторы, учебные пособия. Ma‘lumki, so‗nggi o‗n yillikda xorijiy tillarni o‗rganish, o‗qitish va baholashga qo‗yilgan malaka talablari ijtimoiy-siyosiy omillar tufayli takomillashtirilmoqda. Yangi tendensiyalarning paydo bo‗lishi natijasida chet tili didaktikasida kommunikativ burilish, ya‘ni chet tilini o‗qitishda kommunikativ kompetensiya tushunchasi asosiy konsepsiyaga aylandi va natijada o‗qituvchining roli bilimlar vositachisi sifatida emas, aksincha u yordamchi, (fasilitator, instruktor, mentor) sherik va maslahatchiga aylandi. Kommunikativ yondashuvga asoslangan chet tilini o‗qitish shaxsga (talabaga) yo‗naltirilgan (learner-centered) til kompetensiyalarini egallashga mo‗ljallangan integrativ yondashuv asosida tashkil etiladi va bu jarayonda talaba axborot sohibi (kognizant) maqomida nutqiy va TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 207 madaniy malakalari (kompetensiyalar)ni auditoriya va auditoriyadan tashqarida egallagan bilim, ko‗nikmalarini kengaytiradi hamda mustahkamlaydi. ―Bu yondashuv g‗arb lingvodidaktikasida madaniyatlararo yondashuv nomi bilan yuritilib, kognitologiya, konseptologiya, lingvokulturologiya va boshqa zamonaviy fanlarning so‗nggi yutuqlari asosida mazkur metodik nazariya shakllangan bo‗lib, keng ko‗lamda amaliyotda joriy etilmoqda‖[7:40-41]. Bir jumla bilan ifodalaganda, chet tili va madaniyat yaxlit (integratsiyalashgan) holda o‗rgatilmoqda. Mazkur metodik qoida doirasida chet til o‗qitish maqsadi va mazmuni belgilanadi. ―Chet tili o‗qitish maqsadi: amaliy (practical goal), madaniy (cultural goal), ta‘limiy/tarbiyaviy (educational goal) va rivojlantiruvchi (developmental goal) to‗rtta maqsadlarni amalga oshiradi‖[3; 21-29]. Amaliy va madaniy maqsad doirasida talabalarning lisoniy dunyoqarashini va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish, ularning dunyo haqidagi bilimlarini tili o‗rganilayotgan xalqlarning hayoti, urf-odatlari va an‘analari bilan tanishish, ularning ijodiy, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, real va pedagogik muloqot jarayonda talabaning o‗ziga va boshqalarga nisbatan ijodiy va tanqidiy munosabatini, turli xarakter, qarashlar, e‘tiqodlar, axloqiy-estetik va hissiy tajriba, motivatsiya, hamkorlik qilish va ijtimoiylashish istagini rivojlantirish; madaniy an‘analarni saqlash, hurmat qilish, turli madaniyatlarni taqqoslash kabi bilim, ko‗nikma va malakalarini rivojlantirishni nazarda tutadi. Ingliz tilini o‗rganishning ta‘limiy/tarbiyaviy maqsadi talabalarning xotirasini, mantiqiy tafakkurini, mustaqil ishlash ko‗nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Rivojlantiruvchi maqsad (G. V. Rogova va I. N. Vereshagina tomonidan kiritilgan) esa talabalarda ijodkorlik, aqliy va intellektual, xotirani yaxshilash, oldindan sezish, bashorat qilish, taxmin qilish qobiliyatlarni, mantiqiy tafakkur, tashabbuskorlik kabi qobiliyatlarini rivojlantirishni nazarda tutadi[4: 34-37]. Demak, ingliz tilini o‗qitishning amaliy, madaniy, ta‘limiy/tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari bir-biri bilan uzviy bog‗liq bo‗lib, mazkur maqsadlarni chet tili o‗qitish tizimida muvaffaqiyatli amalga oshirishda chet tili o‗qituvchilari kommunikativ kompetensiyalarga (linvistik, sotsiolingvistik, pragmatik va strategik) va zarur kasbiy bilim, ko‗nikma va malakalarga ega bo‗lishlari vazifalarini qo‗yadi. Bo‗lajak ingliz tili o‗qituvchilarining kommunikativ kompetensiyasi o‗ziga xos pedagogik shart-sharoitlarni o‗z ichiga oladi. O‗qituvchining kommunikativ kompetensiyasi talabalar, pedagogik jamoa, keng jamoatchilik, atrof-muhit bilan bo‗ladigan uzluksiz munosabatlarda namoyon bo‗ladi. ―Madaniyatlararo yondashuv sharoitida kommunikativ kompetensiya bir qator kompetensiyalarni birlashtirgan murakkab polimorfik tushuncha sifatida qaraladi. ‖[5: 48] Ya‘ni uning lingvistik kompetensiyalari: nuqtayi nazar va qarashlarni ifodalovchi so‗z va iboralarni to‗g‗ri qo‗llash, muloqotni mazmunini tushunish, shaxslararo muloqot va suhbatlar, ommaviy munozaralar va rasmiy muhokamalarda o‗z mutaxassislik sohasiga oid bo‗lmagan mavhum va murakkab mavzulardagi muloqotlarda konkret yoki mavhum mavzular bo‗yicha o‗z mulohazasini bildirish va uni asoslay olish, o‗z fikrini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling