Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
6 - pedagogik konferensiyalar va ilg‗or tajriba maktablari ishlarida ishtirok etish; ilg‗or korxonalarda ish tajribasini o‗rganish; - o‗quv - ishlab chiqarish ishlaridan namunalar tayyorlash. - o‗quv darslarida, mehnat muhofazasi me‘yorlari va qoidalari talablariga mos holda o‗quv ustuxonalari, laboratoriyalari, o‗quv ishlab chiqarish maydonchalarini o‗quv yiliga tayyorlashda ishtirok etish; - moslamalar, jihozlar, ko‗rsatmali qo‗llanmalar hamda ta‘limning texnik vositalarini tayyorlash va ta‘mirlashni o‗rganish. Oliy ta‘lim muassasalarining professor-o‗qituvchilari har bir talabada o‗quv- bilish faoliyati bilan birgalikda barcha aql-idrok, fikrlash sifatlarini ham rivojlantirishga harakat qilishlari shart. Rivojlantirish masalasi haqida gap ketar ekan, asosan, talaba shaxsning psixik sifatlarini rivojlantirishni ham nazardan chetda qoldirib bo‗lmaydi. Bu sifatlar intellekt, diqqat, xotira, fikrlash va bilish qobiliyatlaridir[2]. Fikrlashni rivojlantirish: muhim belgilar va xususiyatlarni ajrata bilishni, voqelikdagi hodisalar o‗rtasida aloqa va munosabatlar o‗rnatish va hokazolarni shakllantirish yagona, umumiy belgilarni aniqlash mahoratini rivojlantirish, o‗rganiladigan material rejasini tuzish, biror qurilma va shu kabilarning ishlash prinsipini bilib olish; faktlarni tasniflash malakalarini rivojlantirish, umumlashma xulosalar chiqarish, umumiy va muhim belgilarni, bog‗lanish va munosabatlarni belgilash, bilimlarni amalda qo‗llash mahoratini o‗stirish; fikrlashning ijodiy komponentlarini rivojlantirish-nostandart yechimlarni topa bilish. Umumkasbiy politexnik malakalarni rivojlantirish konstruktiv-texnik malakalarni rivojlantirishni eng turli-tuman vazifalarni hal qilishga shablon tarzda emas ijodiy yondoshishni, shart-sharoitlarni analiz qilish, umumlashmalar qilish, asosiy fikrlar tuzish, ularni eksperement qilish, modellashtirish eskizlashtirish va hakozo; tashkiliy-texnologik malakalarni o‗stirish-faoliyat vazifasini aniqlab olish, biror murakkab vaziyatda yo‗l topa olish, zarur vositalar tanlash, ish rejasini ishlab chiqish, ishlab chiqilgan rejani baholash,pribor va asboblardan foydalana bilish malakalarini baholash, o‗z xatti-harakatini tartibga solish va nazorat qila bilish mahoratini rivojlantirishni o‗z ichiga oladi[3]. O‗quv-bilish faoliyatini rivojlantirish lozim darajadagi sur‘at bilan ishlash, o‗qish, yozish, hisoblash chizish, konspekt olish, o‗quv mashg‗ulotlariga tayyorlik, uyushqoqlikni rivojlantirish, ta‘limining zarur metodlaridan foydalanish, xotirada saqlab qolish, materialni ma‘no jihatidan guruhlariga ajratib, tayanch nuqtalariga e‘tibor qaratish kabi harakatlarni amalga oshirishga qaratilgan. Iroda va mustaqillikni rivojlantirish tashabbusini, o‗z kuchiga ishonchni rivojlantirishga; qat‘iyatlikni o‗stirish, ko‗zlangan maqsadga erishish uchun qiyinchiliklarni yenga bilish malakasini rivojlantirish; mustaqil harakat qilish malakasini o‗stirish; bilimlarni egallash, qanday harakat qilish faoliyatini shakllantirish, uni qanday amalga oshirish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling