Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

1-rasm. 
Talabalarning 
kasbiy 
kompetentligini 
rivojlantirishni 
ta‟minlovchi pedagogik shart­sharoitlar 
 


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 

shakllanib, o‗z ustida ishlash, o‗ziga bo‗lgan ishonchga egalik, o‗z-o‗zini rivojlantira 
olishi, fikrini erkin bayon etishi, o‗z fikrini dadil himoya qilishi, ijtimoiy va 
kommunikativ kompetentlikka egalik kabi sifatlar namoyon bo‗ladi.
Kasb ta‘limi sohasida talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish 
bugungi kunda dolzarb ekanligini hisobga olgan holda, sohaga oid barcha bilimlarni 
o‗zlashtirish uchun zarur bo‗lgan o‗quv va malakani shakllantirish va rivoj toptirish 
nihoyatda muhimdir[4]. 
Bilim – nazariy va amaliy faoliyat natijasida o‗rgangan, esda saqlab qolingan, 
qabul qilingan va fikrlashtirilgan hodisa va predmetlar haqidagi tushunchalar 
tizimidir. 
Bilimlar o‗z navbatida tizimli va tizimsiz, nazariy va amaliy, keng va tor, 
chuqur va yuzaki, moslanuvchan va shablonli, mustahkam va mustahkam bo‗lmagan 
turlariga bo‗linadi. Bularning ichida kasbiy ta‘lim natijasida hosil bo‗ladigan nazariy 
va amaliy bilimlarni oshirish mumkin.
Amaliy bilim esa texnika va texnologiya sohasidagi jarayonlarning aloqasini, 
hodisasini va boshqalarning to‗g‗ridan to‗g‗ri amaliy faoliyatga kiritilganligini 
bildiradi. 
Malaka – bu o‗quvchining avtomatik ravishda yo‗naltirilgan holda birorta 
ishni baholash qobiliyatidir. 
Ko‗nikmalar: aqliy (xotira va fikrlash), sensorli (qabul qilish ko‗nikmasi), 
dvigatelli harakati.
Ko‗nikma - yangi sharoitda insonning (mutaxasisning) ishni sifatli
keraklihajmda va ajratilgan – belgilangan vaqtda bajarish qobiliyatidir. 
Ko‗nikmani shakllantirish bu kasbiy ta‘limning majburiy oxirgi maqsadi 
bo‗lib, bu ko‗nikma o‗qish, amaliyot jarayonida bosqichma-bosqich shakllanib 
boradi. 
Shakllangan 
ko‗nikma 
va 
malakalarni 
mustahkamlash 
va 
takomillashishini ta‘minlovchi asosiy omillari: 
- ko‗nikma va malakalarning ongli tushunib va mustahkam shakllanishi. 
- ularni shakllantirishda o‗zlashtirilgan bilimlarga tayanilishi. 
- xatolarning oldini olish, ularni o‗z vaqtida tuzatish, yani noto‗g‗ri ish 
usullariga yo‗l qo‗ymaslik. 
- topshiriqlarni bajarishda sekin-asta eng oddiy ish harakat usullaridan 
murakkab ish harakatlariga o‗tib borish. 
- mashqlar uchun ajratilgan vaqtdan to‗g‗ri foydalanish. 
- malakalar to‗liq shakllangunicha mashqlar davom ettirish. 
- talabalarning e‘tiborliligi. 
- mashqlarning muntazam ravishda o‗tkazilishi. 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling