Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Nometall foydali qazilmalar


Download 0.7 Mb.
bet8/9
Sana29.10.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1732626
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
G\'apporova Muhayyo

2.3 Nometall foydali qazilmalar
Nometall foydali qazilmalar – bu O'zbekiston Respublikasida foydali qazilmalarning eng keng tarqalgan va turli-tuman guruhi bo'lib, ular sanoatning turli tarmoqlarida, qurilishda, qishloq xo'jaligida, aholining kundalik eqtiyoji uchun keng foydalaniladi. Ularga O'zbekistonda qazib olinadigan va xalq xo'jaligida foydalaniladigan mineral xom ashyoning 70 dan ortiq turi mansub.Bu metallurgiya (yoki too’ma'danli) xom ashyosi – plavik shpati, turli flyus va issiqbardosh xom ashyo, grafit, asbest, issiqlik izolyatsion xom ashyo, vermikulit, turli kompozitsion materiallar, talk.Too’-kimyo xom ashyosi (tuzlarning turli qazilmalari, oltingugurt, kaustik soda uchun xom ashyo, turli tuzlar, iod va brom, mineral pigmentlarning keng qatoriga ega neft konlarining namakoblari) kimyo sanoatining asosi bo'lib xizmat qiladi.Agronomik mineral xom ashyo konlari O'zbekistonda keng tarqalgan va qishloq xo'jaligining rivojlanish uchun muhim ahamiyatga ega. Bunga fosforitlar, bentonitlar va bentonitsimon gillar, glaukuonitlar, kaliyli tuzlar, ko'mir xom ashyo hisoblangan gumin o'o’itlari mansub.Shisha-keramik xom ashyoga nafis keramika uchun xom ashyo hisoblangan dala shpati, kvars va kvars qumlari, kaolin, vollastonit kiradi.Mineral sorbentlar turli sanoat va oziq-ovqat mahsulotlarni tozalash uchun hamda abraziv materiallar singari xom ashyolar O'zbekistonning xalq xo'jaligida keng foydalaniladi.
Qurilish materiallari (tsement, o’isht, agloporit xom ashyolari, qum-graviyli materiallar, shao’al, burda tosh, gips, angidrit, ganch, turli dekorativ-qoplama toshlar) guruhi juda turli-tumandir.Turli-tuman bezak, yarimqimmatbaho va kam uchraydigan qimmatbaho toshlardan keng foydalaniladi.
Minerallashgan yerosti suvlaridan, shu jumladan gazneftli suvlardan olinadigan gidromineral xom ashyo (yod, brom va boshqa kimyoviy elementlar) o'ziga xos foydali qazilma hisoblanadi.
Neft va gaz.Neft, gazokondensant va tabiiy gaz konlari Faro’ona neftegazli viloyatida joylashgan. Bir qancha neft va gaza konlari, shu jumladan neftli – Sharqiy Izbaskent, Chanqirtosh, Qarao’och, Togap-Beshkent, neftegazli – Moylisuv-IV, Izboskan, Moylisuv-III, Shimoliy Rishton, gazli – Qizilolma, Suzoq, Chio’irchiq, Sariqamish, Saritok, gazokondensatli – Shimoliy Qoraqchiqum konlari ma'lum.
Ko'pchilik konlarning zaxiralari katta emas. Asosiy neft zaxiralari paleogen yotqiziqlarada to'plangan, tabiiy gazniki esa yura va bo'r jinslarida uchraydi.
Ko'mir.O'rta osiyo ko'mirli provintsiyasida toshko'mir va qo’no’ir ko'mir zaxiralarining yarimiga yaqini Qiro’iziston hududiga to’o’rii keladi. Bu yerda beshta ko'mirli rayonlar (Janubiy Faro’ona, Uzgen yoki Sharqiy Faro’ona, Kavak, Issiqko'l va Oloy ko'mirli rayonlari) ajratiladi va ularda 45 ta ko'mir konlari ma'lum.
KO’MIR TURLARI
Qiro’izistondagi ko'mirning umumgeologik zaxiralari 28,3 mlrd. tonna deb baholanadi; ulardan 2,3 mlrd. t. – razvedka qilingan, 26 mlrd. t – sanoat talablariga javob beruvchi bashorat qilingan. Ulardan 20 % gachasi qo’no’ir ko'mirga, qolgan 80% ga yaqini turli markadagi toshko'mirga (kokslanuvchi ko'mir, yarimantratsitlar va antratsitlar) to’o’rii keladi.
Yonuvchi slanetslar.Yonuvchi slanetslar konlari paleozoy yotqiziqlarida Sulyukta, Ko'kyono’oq va Kargashan ko'mirli rayonlarida ma'lum. Faqat kam qalinlikdagi, unchalik uzun bo'lmagan linzalar qablida uchraydi va yuqori zolligi bilan xarakterlanadi, shuning uchun amaliy ahamiyatga molik emas.7
Torf to'plamlari Chuy vodiysida, Uzgen va boshqa too’oralio’i botiqliklarida uchraydi. Ular prolyuvial-allyuvial botqoqlik hosilalari bilan boo’liq. Torf to'plamlarining o'lchamlari chegaralangan. Torf ancha miqdordagi qum-gilli materiallar qo'shimchalariga ega, yuqori zolligi va o'simlik materiallarning sust parchalanganligi bilan xarakterlanadi.
O'zbekiston Respublikasi hududlarida uranning anchagina zaxiralari aniqlangan bo'lib, uni qazib olish bo'yicha O'zbekiston dunyoning yirik davlatlari qatoriga kiradi. MAGATE ma'lumotlari bo'yicha O'zbekiston uran zaxiralari bo'yicha ettinchi (dunyo uran zaxiralarining 4 % ga yaqini) va uni qazib olish bo'yicha beshinchi o'rinda turadi.
O'zdavgeolqo'mi ma'lumotlari bo'yicha uranning razvedka qilingan va baholangan zaxiralari 185,8 ming tonnani tashkil etadi, ulardan 138,8 ming tonnasi qumtoshlar turkumidagi konlarda, 47 ming tonnasi – qoraslanetslar turkumidagi konlarda to'plangan.
Bugungi kunga kelib O'zbekistonda uranning 40 dan ortiq konlari Respublikamizning uran bazasini tashkil etadi va ulardan 27 tasi Markaziy-Qizilqum mintaqasida joylashgan.
Uran konlarining poligen seriyasiga Bukantov uranma'danli rayonida Xo'jaaxmat, Ovminza-Beltov rayonida Rudnoe, Koscheka, Jontovur va boshqa konlari mansub. Konlar kechki paleozoy granitoidlarining ekzokontaki zonasida joylashgan va yer yoriqlari bilan nazoratlanadi. Uranli eritmalar bu yer yoriqlari zonasida to'rtlamchi davrga qadar bir necha bor harakat qilgan.
Markaziy Qizilqum provintsiyasining cho'kindi qoplamasi yotqiziqlarida 20 dan ortiq uran konlari mavjud. Ulardan Uchkuduq, Sugrali, Sobirsoy, Ketmenchi, Bukinay, Janubiy Bukinay, Shimoliy Konimex, Janubiy Konimex, Lavlakon, Beshqoq, Alendi va boshqalari yirik konlar toifasiga mansub. Buxali, Meylisoy, Kindikto'ba, Oqtov, Omontoy, Teriquduq, Varajon, Toxumbet, Avulbek, Shimoliy Mayzak, Tutli, Sharq, Agron va boshqalari o'rta va mayda konlar guruhiga kiradi. Ulardan ko'pchiligi bo'r yotqiziqlari bilan boo’liq, Lavlakon, Beshkak va Oqtov – konlari paleogen yotqiziqlarida topilgan. Turli fatsiyalarga mansub bo'lgan qumli, gil-qumli va karbonat-qumli yotqiziqlar ma'dantutuvchi jinslar sanaladi.
Yonuvchi slanetslar.Yonuvchi slanetslar Janubiy va O’arbiy O'zbekistonda va O'rta Osiyoning unga yondosh hududlarida paleogen yotqiziqlarida ma'lum. Bu mintaqalarda Amudaryo-Hisoroldi va Qizilqum yonuvchi slanetslar havzalari ajratiladi, bunda erta eotsen yotqiziqlari yashil alevritli gillar va mergellari orasida qalinligi 0,1-2,5 m qora yonuvchi slanetslar qatlami mavjud.
Too’-kimyoviy va too’-ma'danli xom ashyolar.Too’-kimyoviy xom ashyosi Qiro’izistondagi Chu viloyatidagi sof oltingugurt, pirit, flyuorit, barit va osh tuzi konlaridan iborat. Cof oltingugurt Chano’irtosh neft konida uchraydi, bunda u paleogen yotqiziqlarining neft-oltingugurtli qambarda joylashgan. Oltingugurt qazib olish uchun Qiro’iz tizmasining janubiy yonbao’irida joylashgan Achchiqtosh oltingugurt-kolchedanli koni ayniqsa ahamiyatli.
Flyuoritli ma'danlashuv Qiro’izistonda ancha keng rivojlangan, ammo uning sanoatiy baholanishi faqat simob-surmali va polimetalli konlardagina o'tkazilgan.
Barit. Qiro’izistonda barit mineralizatsiyasining asosan ikki turkumi: barit-flyuoritla va polimetalli yoki polimetalsiz mineralizatsiyali barit-kvarsli tomirlar hamda karst bo'shliqlaridagi baritli hosilalar ma'lum.8
Tuz konlari. Qiro’iziston hududlarida osh tuzi konlari neogen (ustivorlikka ega), bo'r va karbon yotqiziqlari orasida mavjud.
Karbon yoshidagi tuz konlari Jergalan rayonida (Jergalan koni) va Kyokyomeren daryosining quyi oqimida (Kyokyomeren, Burumjor konlari), bo'r yoshidagi konlar – faqat Oloy botiqligining o’arbiy qismida (Chon-Oloy koni) ma'lum. Neogen yoshidagi asosiy tuz konlari orasida (Chon-Tuz, Ketmento'ba va b.) quyidagi turlari: toza osh tuzi konlari, gil va glauberit aralashmasiga ega hamda tenardit, gips-mirabilitli konlar ajratiladi. Odatda tuz konlari 2-3 xildagi tuzlarni o'z ichiga oladi va kompleks konlar sanaladi, ammo osh tuzi konlari ustivorlikka ega.
Noma'dan industrial xom ashyo Qiro’iziston hududida o'lchami katta bo'lmagan magnezit, talk, korund konlarini tashkil etadi. Magnezit sanoat ahamiyatiga ega bo'lgan miqdorda faqat Sho'rob konida (Katran-Too tizmasining shimoliy yonbao’ri) qalinligi 1,5-2 sm va uzunligi 5 m gacha amfibol-asbest tomirchalari shaklida serpentinlarda kuzatiladi.
Talk Oqtuz qo'ro’oni yaqinidagi Tuktugurbuloq konida hamda Shematalkazi konida ma'lum, bunda serpenitlarda 18 ta ma'danli tanalar mavjud. Korundning Qiro’izistonda Chorqumtov (Turkiston tizmasi) va Surmatosh (Oloy tizmasi) konlarida mavjud. Qurilish materiallari foydali qazilmalarning har xil turlaridan iborat. Konlar dao’al keramika gillari (Boshqorasuv, Jalolobod, O'sh, Saribuloq va b.) hamda burdali tosh, graviy, shao’al, qum konlari amalda respublikaning barcha rayonlarida uchraydi.
Zaxiralari yirik bo'lgan ohaktosh, marmar, mergel, qurilish va qoplama (asosan rangli) toshlar hamda turli gil, qum va qumtosh konlari keng tarqalgan. Qurilish materiallarning boshqa turlaridan deyarli barcha qo’no’ir ko'mir konlarida uchraydigan portlandtsementga faol mineral qo'shimcha sifatida foydalaniladigan gliejlar hamda gips va uglerod-gilli slanetslar amaliy ahamiyatga ega.
Surma.Surma ma'danlari zaxiralari bo'yicha Tojikiston O'rta Osiyoda yetakchi o'rinni egallaydi. Uning konlar va nishonalari Zarafshon-Hisor simob-surmali qambarida joylashgan. Ulardan ko'pchiligi brekchiyalangan djasperoidlar orasida qatlamsimon va linzasimon shakllardagi stratiformli hosilalarni tashkil etadi va kvars-flyuorit-antimonitli formatsiyaga mansub. Surmali va simob-surmali ma'danlar (Jijikrut koni, konlarning Shing-Magian guruhi). Gidrotermal-tomirli va shtokverkli konlar (Konchoch ma'danli maydoni) kamroq tarqalgan bo'lib, bunda yo'ldosh komponent sifatida Au, ahyon-ahyonda flyuorit uchraydi. 9
Respublikaning janubiy-o’arbda tselestin konlari topilgan.
Too’-kimyo xom ashyosi Tojikistonda barit, bor ma'danlari, ohaktoshlar va dolomitlar, osh tuzi, mineral pigmentlar, ozokerit, flyuorit, fosforit va boshqalardan iborat. Baritning eng yirik konlari Shimoliy Tojikistonda (Baritli tepa, Ctanovaya tomiri, Muzbek) to'plangan.Sanoat ahamiyatiga molik bor ma'danlarining skarnli yagona koni Pomir topilgan. Sassiqko'l rayonida vulkanogen-cho'kindi turkumidagi bor ma'danlarining nishonalar ma'lum. Borning sanoat kontsentratsiyasi Janubiy Tojik depressiyasidagi ba'zi suvli gorizontlarida topilgan. Soda, ohak, kaltsiy karbidi, magniy metalli olish uchun yaroqli kimyoviy toza ohaktoshlar va dolomitlarning katta zaxiralari Isfara rayonida (Arab, Vorux) va Janubiy Tojikistonda (Pusxur, Yavan va b.) topilgan. Osh tuzining konlari respublikaning ko'plab rayonlarida mavjud bo'lib, ulardan asosiylari Janubiy - O’arbiy Tojikistonda (Alimtoy, Tanobchi, Xo'jamo'min, Xo'jasart) va Faro’ona botiqligida (Hamishqo'ro’on va b.) joylashgan. Uncha katta bo'lmagan konlari (Sho'rbuloq) mavjud. Osh tuzining bashorat zaxiralari 100 mlrd. tonnadan ortiq, razvedka qilinganlariniki esa 4 mlrd. tonnani tashkil etadi.
Mineral pigmentlarning konlari Shimoliy Tojikistonda (Sho'rob va b.) topilgan. Uchta razvedka qilingan konlarning balansdagi zaxirasi 500 ming tonnaga yaqin. Margimush ma'danlashuvi Qoramozorda va Markaziy Tojikistonda keng tarqalgan, ammo ularning ko'pchiligida sanoat zaxiralari asosan qazib olingan.
Flyuorit konlari Tojikistonning ko'plab rayonlarida topilgan. Gidrotermal genezisdagi sanoat konlari sulfid-flyuoritli, kvars-flyuoritli va kaltsit-baritli ma'danlashuv turkumlariga mansub. Ularning dastlabki ikkitasi Qoramozor (Naugarzan, Sharqiy Konimansur) va Hisor tizmasining janubiy yonbao’ridagi (Tovoqsoy) konlar uchun xarakterli. Kaltsit-baritli turkumdagi flyuorit konlari Pomirda tarqalgan. Ohaktoshlardagi optik flyuorit koni (Kulikolon) to'liq qazib olingan. Optik flyuoritning yangi konlarini ochish istiqboli Zarafshon-Hisor ma'danli zonasidagi gidrotermal tomirlar bilan boo’liq.
Fosforli ma'danlarning zaxiralari 112 mln. tonnani tashkil etadi. Donali va uyushiqli fosforitlarning mayda cho'kindi konlari Markaziy (Zidda) va Shimoliy (Oqchechak) Tojikistondagi paleogen va bo'r ohaktoshlarida, qumtoshlarida va alevrolitlarida tarqalgan. Industrial xom ashyo. Asbestning konlari va nishonalari Tojikistonning janubiy-sharqida (Bunay, Udob, Daraitexarv) to'plangan. Ma'danli tanalar xrizotil-asbest va amfibol-asbestning tomirchalari shaklida perm serpentinitlarda joylashgan. Island shpati, optik kvars va kaltsit konlari Markaziy Tojikistonda va Pomirda topilgan va paleozoy karbonatli jinslaridagi gidrotermal tomirlarda to'plangan. Mamlakatning shimolida quyi paleogen yotqiziqlarida kvars qumlari koni ma'lum (Qo'ro’onchi).
Ozokeritning sanoat ahamiyatga ega bo'lgan yagona koni Shimoliy-Sharqiy Tojikistonning Isfara rayonida joylashgan va paleogenning turkiston qatlamlari qumtoshlari va ohaktoshlari bilan boo’liq.
Janubiy-Sharqiy Tojikistonda talk ma'danining Mulvoj koni arxey yoshidagi magnezial marmar qatlamchalarida uchraydi. Mulvoj konining bashorat zaxiralari 1 mln. tonnadan ortiq. Industrial xom ashyoning boshqa konlaridan gips, angidrit konlarini va flogopit nishonalarini ko'rsatish mumkin.
Noma'danli qurilish materiallari 150ga yaqin konlarda razvedka qilingan, shu jumladan keramik o’isht va keramzit xom ashyosi, ohak olish uchun ohaktoshlar, shisha sanoati kvars qumlari, qum-graviyli materiallar, qurilish toshi va tsement xom ashyosi mavjud. Tarkibi va rang jilolari bo'yicha chiroyli qoplama toshlar, ularning orasida rangli marmarlar (Oo’ajo'l), qizil granitlar (Shaydan va b.), chipor konglomeratlar (O'rta Takeli), granodioritlar (Mogoltov, Shimoliy), marmar (Dashtak), gabbro va b. ajraladi. Tojikistonda turli-tuman rangli va qimmatbaho toshlarning konlari uchraydi.
Tojikistonning mineral suvlari asosan sulfat-xloridli natriyli (Shaambari, Xavatoo’, Qoratoo’), gidrokarbonatli-sulfat-kaltsiyli (Yavroz). Faro’ona artezian havzasida paleogenning suvli gorizontlarida vodorod oltingugurtli va karbonat angidritli tarkibdagi suvlar mavjud. Radonli suvlar Pomirning paleozoy yotqiziqlarida (Shaxdara) uchraydi. Termal suvlar ham keng tarqalgan (Garmchashma, Obigarm). Faro’ona botiqligi paleogen va bo'r yotqiziqlarida yodli suvlar mavjud. Afo’on-Tojik botiqligi suvli komplekslari J, Br, nodir elementlar bilan boyigan. Bu elementlarning yuqori miqdori yura tuzli yotqiziqlarining namakoblarida kuzatiladi.
XULOSA
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki foydali qazilmalarga boy bo’lgan Orta Osiyo davlatlar boshqa davlatlar bilan foydali qazilmalar borasida bemalol bellasha oladi.O'rta Osiyo hududi foydali qazilmalarning yirik imkoniyatiga ega. Mineral xom ashyolarning turli-tumanligi va darslik hajmining chegaralanganligi tufayli biz ma'muriy-hududiy tamoyil asosida joylashgan foydali qazilma konlari to’g’risida faqat umumiy ma'lumotlar berish maqsadga muvofiq deb topdik.
O’rta Osiyo hududi xilma-xil turdagi qazilma boyliklarga boy bo’lib, bu yerda olmosdan tashqari hamma tabiiy boyliklarning konlari topilgan. Avvalo shuni aytish kerakki, o’tgan asrning 50-yillarida O’rta Osiyoning foydali qazilmalari aniqlanib bo’lindi, degan uzil-kesil xulosaga kelingan edi. Ammo, 50-yillarning boshlaridan boshlab, geologlarning juda katta muvafaqqiyatlarga erishganining guvohi bo’ldik. Foydali qazilmalarning butunlay yangi turlari va ular tarqalishining yangi rayonlari topildi. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, bu muvafaqqiyatlarning eng muhim shartlaridan biri, hozirgi zamon geologik nazariy bilimlari va texnikalari bilan qurollangan, xalq orasidan chiqqan yirik mahalliy olimlardir. Bular akademik H.M.Abdullayev, I.Hamraboyev, O.Akramxo’jayev, X.A.Akbarov, K.I.Satpayev, Uteshev va boshqalardir.
O’rta Osiyodagi eng qadimgi neft topilgan rayonlardan biri Farg’ona vodiysi bo’lib, bu yerda neft uchun burg’ulash ishlari 1880 yillarda boshlangan edi. Burg’ulash ishlaridan eng muvafaqiyatlilaridan biri Chimyon qishlog’ida qazilgan quduq bo’lib, bu yerda 1900 yilda «Chimyon» jamiyati tashkil etildi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida Farg’ona vodiysining Polvontosh (1942), Janubiy – Olamushuk (1943 y), urushdan so’ng Maylisoy (1948 y) va boshqa hududlardan neft qazib olina boshlandi. Surxon – Sherobod vodiysida neft paleogen ohaktoshlarining qatlamlaridan - Xovdog, Uchqizil, Ko’kayti va boshqa konlardan olinmoqda. 1930-yillarda yirik geolog olim, akademik O.S.Vyalov, Buxoro-Xiva neft va gaz saqlovchi tuzilmasini (diperessiya) topgan edi. Buxorodan 140 km shimoli-sharqda yirik Gazli, 1958 yilda Jarqoq konlari ochildi. 1957 yilda Turkmanistonda Nebit Tog’dan janubda yirik neft va gaz konlari topildi. Keyingi yillarda Turkmanistonning markazida va g’arbiy rayonlarida katta zahiraga ega bo’lgan neft va gaz konlari ochildi. Gaz konlari Ustyurt plotasidagi Shohpata, Kuyanish (yura davri cho’kindi tog’ jinslari qatlamlari orasida) ochilgan.O’rta Osiyoda joylashgan barchab davlatlarning qazilma boyliklari o’zlarining istiqbolli kelajaklari uchun xizmat qiladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling