Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Download 0.7 Mb.
bet2/9
Sana29.10.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1732626
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
G\'apporova Muhayyo

Kurs ishining vazifalari:
Ushbu kurs ishining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat.

  • O’rta Osiyo hududidagi foydali qazilmalarni taniflash

  • Foydali qazilma boyliklarning davlat va tabiat uchun foydalarini yoritib berish

  • O’rta Osiyo hududida foydali qazilmalarning tarqalganlik darajasi

  • O’zbekiston va boshqa O’rta Osiyo davlatlarida foydali qazilmalarning mavjudliligi va uning darajalarini ko’rsatib berish

Kurs ishining obyekti:
Ushbu kurs ishining ob’ekti O’rta Osiyo davlatlarida tarqalgan foydali qazilma boyliklari va ularning tasnifi
Kurs ishining predmeti:
O’rta Osiyo foydali qazilma boyliklarning tarqalishi,ulardan davlatlar tomonidan foydalanish va ularning asoslari
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, asosiy qism: ikki bob, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati, xulosadan iborat.
I BOB O’RTA OSIYO DAVLATLARI FOYDALI QAZILMALARI
1.1 O’rta Osiyo foydali qazilmalari haqida tushuncha
Foydali qazilmalar, mineral xom ashyolar — Yer poʻstida qattiq, suyuq va gazsimon holatlarda uchraydigan, turli geologik jarayonlar natijasida toʻplangan hamda miqdori, sifati, joylashish sharoitlariga koʻra sanoatda ishlatishga yarokli boʻlgan tabiiy mineral moddalar. Foydali qazilmalar turli konlarni hosil qiladi. Paydo boʻlish sharoitiga koʻra Foydali qazilmalar konlari seriyalar — sedimentogen (gipergen), magmatogen (gipogen) va metamorfogen konlarga bulinadi (qarang Gipergen konlar, Gipogen konlar, Metamorfogen konlar). Geologik davr jihatidan Foydali qazilmalar konlari ichida arxey, proterozoy, rifey, paleozoy, mezozoy va kaynozoy yoshidagi konlar farq qilinadi. Shakllanish joyi jihatidan geosinklinal (burmalagan oblastlar) va platformalardagi konlar boʻladi. Qanday chuqurlikda paydo boʻlishiga koʻra, Foydali qazilmalar konlari ultraabissal (10-15 km dan chuqur), abissal (3-5 km dan chuqur), gipabissal (1,5 km chuqurlikda joylashgan) konlarga boʻlinadi. Foydali qazilmalar uch guruhga: metall, nemetall va yonuvchilarga boʻlinadi. Metall Foydali qazilmalar sof metallar, qora, rangli, siyrak va radioaktiv metall rudalari, shuningdek, nodir yer elementlaridan iborat. Nemetall Foydali qazilmalarga konchilikkimyo xom ashyosi (turli tuzlar, gips, barit, oltingugurt, fosforitlar, apatitlar), olovbardosh, elektrotexnik, pyezooptik, issikdik va tovushni izolyatsiya qiluvchi, kislota va ishqorlarga chidamli xom ashyo, qurilish materiallari, qimmatbaho va texnik toshlar kiradi. Neft, yonuvchi gaz, toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir, torf, yonuvchi slanetslar yonuvchi Foydali qazilmalarga mansub. Fizik holatiga koʻra, qattiq (qazilma koʻmirlar, rudalar, noruda Foydali qazilmalar), suyuq (neft, mineral suvlar) va gazsimon (yonuvchi tabiiy va inert gazlar) Foydali qazilmalar boʻladi.1 Mineral resurslar mamlakat, qitʼa yoki butun dunyo zaminidagi Foydali qazilmalar yigʻindisi boʻlib, sanoat ishlab chiqarishining muhim tarmoqlari (energetika, qora va rangli metallurgiya, kimyo sanoati, qurilish) taraqqiyoti negizi hisoblanadi.
Mineral resurslar sanoatda ishlatilishiga qarab, bir qancha guruxlarga ajratiladi:

  • yoqilgʻi energetika resurslari (neft, tabiiy gaz, kazilma kumir, yonuvchi slanetslar, torf, uran rudalari);

  • kora va rangli metallurgiya xom ashyosi hisoblangan ruda resurslari (temir va marganets rudalari, xromit, boksit, mis, qoʻrgʻoshinrux, nikel, volfram, molibden, qalay, surma rudalari, nodir metallar rudalari va boshqalar);

  • v) konchilikkimyo xom ashyosi (fosforit, apatit, osh tuzi, kaliy va magniy tuzlari, oltingugurt va uning birikmalari, barit, bor rudalari, brom va yod tarkibli eritmalar);

  • g) tabiiy qurilish materiallari va noruda Foydali qazilmalarning katta guruhi, shuningdek, bezak, texnik va qimmatbaho toshlar (marmar, granit, yashma, agat, togʻ xrustali, granat, korund, olmos va boshqalar);

  • gidrotermal mineral resurslar (yer osti chuchuk va mineral suvlari). Mineral boyliklar koʻp tabiiy resurslardan farqli ravishda qaytadan tiklanmaydi.

Dunyo okeani suvlari va yer osti shoʻr suvlari mineral xom ashyoning muhim rezervlari hisoblanadi.2
O’rta Osiyo foydali qazilm alarga juda boy. Tog ‘-kon sanoati O’rta Osiyoda uzoq tarixga ega. Qadimgi konlar va metall eritish o‘choqlari, konchilar manzilgohlarining izlari O’rta Osiyoning hamma joylarida aniqlangan. Faqat Olmaliq shahri atrofida XX asrning 30- yillarida 500 dan ortiq qadimgi konlar izlari va qoldiqlari aniqlangan. O’rta Osiyo hududida yoqilo’i, rudali va rudasiz foydali qazilmalar tarqalgan. Yoqilo’i foydali qazilmalar ko‘mir, neft, gaz va yonuvchi slaneslardan iborat. Yuqori sifatli toshko‘mirning yirik koni Markaziy Qozoo’istonda joylashgan (Qarao’anda , Ekibastuz). Uncha k atta bo‘lmagan tosh ko‘mir konlari Faro’ona vodiysini o‘rab turg an too’larda (Ko‘kyono’oq , Qizilqiya, Toshko‘mir), Surxondaryo vodiysining shim olida (Sh arg ‘un, Boysun) joylashgan. Qo‘no’ir ko‘mirning yirik koni Ohangaron vodiysida joylashgan. Faro’ona vodiysining sharqiy qismida ham qo‘no’ir ko‘mir konlari bor. O’rta Osiyo neft va gazga ham boy. Birinchi neft koni Faro’ona vodiysida (Chimyon koni) 188 0 -yilda ochilgan va 1904 -yilda ishga tushirilgan. Keyinchalik, Faro’ona vodiysining sharqiy qismida yana bir qancha neft konlari ochilib , ishga tushirildi. (Polvontosh,Xo‘jaobod,Janubiy Olamushuk va h. k.). Yirik gaz va neft konlari, shuningdek, Qoraqumda, Qizilqumda,Kaspiy bo‘yida, Ustyurtda, Qarshi cho‘lida, Surxondaryo vodiysida ochildi va ishga tushirildi. Oxirgi paytlarda Qozoo’istonda Tengiz, O’zbekistonda Ko‘kdumaloq yirik neft konlari ochildi. Rudali foydali qazilmalardan rangli va qora metall konlari keng tarqalgan. Yirik temir ruda konlari Qozoo’istonda ochilgan va ishga tushirilgan. U lardan en g yirigi To‘ro’ay supasimon o‘lkasida joylashgan Sokolov -Sarbay konidir.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling