Toshkent davlat sharqshunoslik instituti falsafa kafedrasi qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Qodirov M Qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar transformatsiyasi (1)
Konfusiyda tartib tushunchasi
G‘arbiy Chjou sulolasi davridagi muayyan me’yorlar, munosabatlar, harakatlar, huquq va burchlarni ifodalovchi tartib tushunchasining (li) ilk ma’nosini Konfusiy namunaviy g‘oya sifatida tavsiya etadi. Uning fikricha, tartib insonning tabiatga, jumladan, kishilar o‘rtasidagi munosabatlarida namoyon bo‘ladigan umumiy orzudagi istak tufayli o‘rnatiladi. Tartib (li) tashqi xatti-harakatni, ya’ni etiketni ham o‘z ichiga oluvchi axloqiy tushuncha sifatida namoyon bo‘ladi. Tartibga asliy kelib chiqish jihatdan rioya etish burch majburiyatlarini maqsadga muvofiq ravishda bajarishga olib keladi. “Agar oliyjanob er (szyun szi) aniq ish tutuvchi va vaqtni bekorga sarflamaydigan bo‘lsa, basharti u boshqalarga nisbatan hurmat bilan muomala qiladigan va tartibga rioya etuvchi bo‘lsa, unda to‘rt dengiz orasida yashovchi kishilar unga birodar bo‘ladilar”. Tartib (li) xayrli ish (de) bilan to‘ldiriladi: “Szichan haqida gapirgan muallim, uning oliyjanob er kishiga taalluqli to‘rt xayrli ishini ta’kidlab o‘tgan. Xususiy xatti-harakatida u muloyim, xizmatda-aniq ish tutuvchi, insonparvar va odamlarga nisbatan adolatli”. Konfusiy fikricha, o‘z vazifalarini ana shunday tartibga binoan bajarish zaruriy ravishda odamgarchilikning (jen) namoyon bo‘lishiga olib keladi. Odamgarchilik – insonga nisbatan qo‘yiladigan barcha talablarning asosidir. Insonning yashash tarzi shunchalik ijtimoiydirki, u uni boshqarib turuvchi quyidagilarsiz yashay olmaydi: a) o‘zing nimaga erishmoqchi bo‘lsang, boshqalarga ham shunga erishishga yordam ber; b) o‘zing xohlamagan narsani, boshqalarga ham ravo ko‘rma. Odamlar oilaviy sharoitga bog‘lik ravishda, keyin esa, ijtimoiy holatlarga nisbatan bir-birlaridan farqlanadilar. Oilaviy otasolorlik (patriarxal) munosabatlaridan Konfusiy o‘g‘illik va birodarlik oliijanobligi (syao ti) asosiy qoidasini keltirib chiqaradi. Ijtimoiy munosabatlarga oilaviy munosabatlar tengdirlar. Fuqaroning hokimga, boshliqning o‘z qo‘l ostidagi xizmatchiga bo‘lgan munosabati o‘g‘ilning otaga va ukaning akaga bo‘lgan munosabati kabidir. Xizmat yuzasidan boshliqqa nisbatan bo‘lgan muomala tartibiga rioya etish uchun Konfusiy adolatlilik va ijrochilikning asosiy qoidalarini (i) ishlab chiqdi. Adolatlilik va ijrochilik haqiqatni borliq sifatida tushunishga bog‘liq bo‘lmaganligi tufayli, Konfusiy bu masala bilan maxsus shug‘ullanmaydi. Inson tartib va uning holati taqozo etgandek, xatti-harakat etmog‘i lozim. To‘g‘ri ijrochilik xatti-harakati – bu shunday odobki, unda tartib va odamgarchilikka qatiy ravishda rioya qilinadi, negaki, “oliyjanob er qaysi narsa yaxshi ijrochilikka kirishini, xuddi kichik lavozimdagi odamlar nima foydaligini bilganidek, uning farqiga boradilar”. Konfusiy aqidasicha, ma’lumotli kishilarning yo‘li (dao) shunday bo‘lib, ular axloqiy kuchga (de) egadirlar va shuning uchun ham jamiyatni boshqarish ularga ishonib topshirilishi kerak. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling