Moizmning Konfusiychilik ta’limotiga
tubdan qarama-qarshiligi
Moistchilar maktabi o‘z nomini uning asoschisi Mo-szi (Mo Di) (er.ol.479-
391 yillar) dan olgan. Unda asosiy e’tibor ijtimoiy axloq muammolariga
qaratilgan edi. Ijtimoiy axloqning amalga oshirilishi istibdodiy hokimiyat
boshlig‘i tuzgan jiddiy tashkilot bilan bog‘liq edi. Bu maktabda jismoniy mehnat
uning o‘quvchilarining asosiy ozuqasini vujudga keltirishligi ta’kidlangan.
Moistchilarning ta’limoti Konfusiy ta’limotiga tubdan qarama-qarshi edi. Uning
barcha mazmuni umumiy muhabbat (szyan ai), har sohada muvaffaqiyatlarga
erishish, o‘zaro foyda g‘oyalarida ifodalangan. Jamiyatda barcha kishilar uchun
majburiy bo‘lgan o‘zaro odamgarchilikning umumii me’yori bo‘lishi lozim va
hamma bir-birlarining o‘zaro foydasi haqida g‘amxo‘rlik qilishi zarur.
Bu ta’limotga ko‘ra, nazariy tadqiqotlar – foydasiz hashamdir; mehnat
faoliyatida belgilangan amaliy maqsadga muvofiqlik – zaruriyatdir. Mo Di
o‘zining aqidalarini barqaror etishga ta’sir ko‘rsatadigan samoviy irodani tan
olgan.
Moistchilar aqidasi eramizdan oldingi V-Sh asrlarda Xitoyda katta ta’sirga
ega bo‘lgan edi. Bizning kunlargacha bu ta’limotning yagona yodgorligi sifatida
“Mo-szi” risolasi yetib kelgan.
Bu falsafiy-siyosiy risola ta’limot asoschisi Mo Dining qarashlaridan
tashqari, uning keyingi maslakdoshlari g‘oyalarini ham ifodalagan.
Mo-szi o‘rta tabaqadan kelib chiqqan bo‘lib, uning mafkurasini ifodalagan
shaxs edi. Boshida asosan xalqni musiqa (yue) va urf-odatlar (li) vositasida
tarbiyalash haqidagi ta’limotni tanqid kilish bilan chiqqan edi. (“Mo-szi”
risolasining Fey ju bobi). Keyinchalik konfusiychilikning axloqiy-siyosiy
tizimini tanqid qilgan.
Tanqid asosida Mo-szi ishlab chiqqan shansyan qoidasi (iste’dodlarni
hurmat kilish), shantun (o‘zaro ehtirom), szeyun (iqtisod), feygun (hujum
qilmaslik) va szyanoy (umumiy muhabbat) yotgan edi. Mo-szi fikricha,
hokimiyat kelib chiqishi aslzoda bo‘lganlargagina emas, balki qobiliyatli va
iste’dodli barcha kishilarga ochiq bo‘lishi lozim. U aslzodalarning hashamatli
hayoti va isrofgarchiligiga (szeyun qoidasi), urushlarga (feygun qoidasi) qarshi
chiqdi; “Qo‘shni podsholiklarga hujum kilish, xalqni o‘ldirish, chorvani
bosib olish va boylikni o‘g‘irlash mumkin emas” (“Mo-szi” risolasi, Lu ven
bobi).
Do'stlaringiz bilan baham: |